Kamilova Gulmira Alimovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish” 13.00.08 – maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3937
Ilmiy maslahatchi: Xurvalieva Tarmiza latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Jamilova Nargiza Nuritdinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Abduraximova Dilfuzaxon Alievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paremik janrlar vositasida maktabgasha yoshdagi bolalarda ekologik tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgasha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirishning pedagogik, psixologik, metodik jihatlari tabiiy savodxonligiga erishishning nazariy va amaliy darajasi o‘rtasidagi sinergiyaning maqbulligini qat’iy belgilash konsepsiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish jarayoni o‘qitish modeli (kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya)ning taktik bilimlarni optimallash bilan bog‘liq yondashuvlar va funksional, tabiiy savodxonlik qoidalarning maqbulligiga erishish tamoyillarining validligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish mazmuni tabiat hodisalarini kuzatish, eslash orqali ularni faollashtirish maqsadida bajariladigan o‘quv-bilish faoliyatini yakuniy bosqich sifatida amalga oshirishga doir mantiqiy-strukturani loyihalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni o‘rganishning metodik tuzilmasi tabiiy fanlar savodxonligi qay darajada o‘zlashtirilishi, tahliliy jarayonlar asosida mustaqil fikrlashga erishish kabi didaktik parametrlarning identifikasiyasi produktivligiga erishish orqali takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish metodikasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, kommunikativ ko‘nikma va malakalar, amaliy til tajribasi bilan bog‘liq uch bosqichli metodik algoritmni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgasha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan:
Maktabgasha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan: maktabgacha yoshdagi bolalarda paremik janrlar (maqollar, matallar, topishmoqlar) vositasida ekologik tushunchalarni (tabiatga ehtiyotkor munosabat, atrof-muhitni asrash, tirik va jonsiz tabiat haqidagi dastlabki bilimlar) shakllantirish muammosining pedagogik va metodik imkoniyatlari integrativ va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236 “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 27 martdagi 01-04/1406-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 3-7 yoshdagi bolalarda peremik janrilar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantitrish bo’yisha ta’lim-tarbiyaviy jarayonni aniq indikatorli mezonlar asosida tashkil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirishga oid pedagogik jarayon (o‘yin, mashg‘ulot va erkin faoliyatlar integratsiyasi) o‘rganilib, uning samarali omillari va tamoyillari (faollik, ko‘rgazmalilik, izchillik, takroriylik, bolalarning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash) metodik amaliyotga joriy etilgan. (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgasha ta’lim agentligining 2024-yil 06 fevraldagi 03-03/1-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarda sohaga oid kompetensiyalarini rivojlantirish bo’yisha markazlarda tarbiyashi va bolalar o’rtasidagi hamkorlikni maqsadli tashkil etishga hamda metodik jihatdan ta’minlashga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda paremik janrlar (maqollar, matallar, topishmoqlar) vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirishning pedagogik mexanizmi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, shakli, metod va vositalari uzviy integratsiyalashgan holda hamda ekologik tushunchalarni shakllantirish texnologiyalari erkin faoliyatlarni uyg‘unlashtirish va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni variativ dasturlarga implementatsiyalash asosida ishlab shiqilgan tavsiyalar “Maktabgasha ta’limda innovatsion faoliyat ” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgasha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantitrish orqali fuqarolik burshi shakllanishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish modeli — maqsad, mazmun, jarayon va natija komponentlarining pedagogik jarayon bilan uzviy integratsiyasi, interaktiv metodlarni vizuallashtirish hamda modelni amalga oshirish bosqichlarida (tayyorgarlik, asosiy faoliyat, yakuniy refleksiya) metodik parametrlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ishlanmalar maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etilgan. (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgasha ta’lim agentligining 2024-yil 06-fevraldagi 03-03/1-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgasha yoshdagi bolalarda paremik janrlar vositasida ekologik tushuncha shakllangan, maktab ta’limiga kompleks tayyor bola shaxsi tarbiyalanishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida ekologik tushunchalarni shakllantirish metodikasi “Badiiy-ekologik modellashtirish” va “Eko-interpretatsiya” kabi innovatsion metodlar, hamda “ Tabiat zanjiri ”, “Sehrgar” kabi tizimlashtirilgan didaktik o‘yinlar majmuasini integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda frontal va jamoaviy qo‘llashga oid takliflar “Bolalarni maktabga tayyorlash” (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son nashr ruxsatnomasi ) nomli darslik mazmuniga singdirilgan. Natijada, bolalarda ekologik tushunchalar shakllantirishga oid tizimli o’quv topshiriqlaridan oila, ta’lim muassasalarida foydalanish imkoniyati kengaytirilgan va metodik jihatdan ta’minlangan.