Kurbanova Maftunaxon Temurbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xanthoria elegans, Dermatocarpon miniatum lishayniklarining kimyoviy komponentlari va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K941.
Ilmiy rahbar: Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06.
Rasmiy opponentlar: Karimov Abdurashid Musahonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi Xanthoria elegans va Dermatocarpon miniatum lishayniklarining kimyoviy komponentlarini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
X. elegans, D. miniatum tarkibidagi 23 ta makro- va mikroelementlar tarkibi hamda birinchi marotaba flavonoid, aminokislota va vitaminlar tarkibi aniqlangan;
X. elegans lishaynigidan 5 ta antraxinon – emodin, parietin, aloe-emodin, reyn, xrizofanol, 4 ta to‘yinmagan moy kislota – olein, palmitin, linol, linolen, depsid – atranorin, dibenzofuran – usnik kislota va 2 ta depsidon – stiktik kislota, norstiktik kislota ajratib olinib, YMR 1H, 13C spektrlari tahlil qilingan. Ulardan aloe-emodin, reyn va xrizofanol, stiktik va norstiktik kislotalari birinchi marotaba ajratib olingan;
birinchi marotaba O‘zbekiston hududida tarqalgan X. elegans lishaynigidan ajratib olingan usnik kislota monokristali rentgen strukturaviy analiz yordamida, S- va R-enantiomer shakllarda bo‘lishi aniqlangan;
birinchi marotaba usnik kislotasi asosida 3 ta supramolekulyar kompleks birikma olinib, mikroblarga va qishloq xo‘jaligi zararkunandasiga qarshi faolligi hamda X. elegans lishaynigining etanol ekstrakti sitotoksikligini o‘rganish natijasida T-limfoblastik leykemiya o‘simtalariga qarshi sezilarli (49-50,1%) faollik namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. X. elegans, D. miniatum lishayniklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aphis craccivora zararkunandasiga qarshi usnik kislota va glisirrizin kislotalarining supramolekulyar kompleksi asosida ishlab chiqilgan pestisid Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa, Oltiariq va Yozyovon tumanlaridagi bog‘dorchilik hamda paxtachilik fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-04-664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bogʻdorchilik maydonlarida asetamiprit asosli insektisid vositalariga nisbatan o‘rtacha 4,6% samaradorlikka erishish imkonini bergan;
X. elegans, D. miniatum lishayniklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlash natijalaridan “Xalq tabobati” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrugʻi, 714621-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv yurtlarida xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.