Qurbonova Nafosat Sattor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka agrobiotsenozi entomopatogen nematodalari morfologiyasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati (Surxondaryo viloyati misolida)», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B878.
Ilmiy rahbar: Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.22.01.
Rasmiy opponentlar: Saparov Qalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaev Uktam, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati sharoitida kartoshka agrobiosenozi entomopatogen nematodalarining morfologik va biologik xususiyatlarini aniqlash hamda xo‘jalik ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining kartoshka agrobiotsenozlarida entomopatogen nematodalarining morfologik, ekologik va molekulyar-genetik xususiyatlari kompleks yondashuv asosida o‘rganilib, ularning taksonomik tarkibi 2 oila, 2 avlod va 7 turdan iboratligi aniqlangan;
agrobiotsenozdagi nematodalar turlarining barqarorlik darajasi ilk bor Shannon H’=1,746; Simpson (1−λ)=0,826; Pielou J’=0,894 indekslari orqali aniqlangan;
aniqlangan EPN turlarining IS1-5.8S-IS2 rDNA hamda COX gen sohalarining nukleotid ketma-ketliklari ilk bor aniqlangan;
EPNlarning ekologik chidamlilik chegaralari ilk bor tuproq turi va mikroiqlim bilan bog‘liq holda baholanib, loy tuproqda 20-25°C va 60-70 foiz namlikda yashovchanlikning 93,3 % ga etishi, qumli tuproqda yuqori harorat ta’sirida esa, 50,1 % gacha pasayishi aniqlangan;
Galleria mellonella model lichinkalarida letal ta’sir kuchi dinamikasi o‘rganilib, maqbul sharoitda LD50 85 YL/l va LT50 72 soat, noqulay sharoitda LD50 140 YL/l va LT50 46 soatligi isbotlangan;
EPNlarning foydali entomofaunaga ta’siri IOBC va EPPO mezonlari asosida ilk bor to‘liq baholanib, Chrysoperla carnea, Coccinella septempunctata, Trichogramma spp., Bracon hebetor va asalarilarda 88–96 foiz yashovchanlik qayd etilgan va EPNlar ekologik xavfsiz 1–2 sinf agentlari sifatida tasniflandi;
kuzgi tunlam (Agrotis segetum) va simqurt (Agriotes meticulosus) lichinkalariga qarshi EPNlarning biologik samaradorligi ilk bor aniqlanib, 69–92 % letallik diapazoni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kartoshka agrobiosenozi entomopatogen nematodalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kartoshka agrobiotsenozida entomopatogen nematodalarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Mezon”, “Ro‘zi Mamaraimov”, “Abrorbek Xumo Chorvachi” fermer xo‘jaliklarining jami 36 gektar hamda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Bek Shox Chorvachi” fermer xo‘jaligining 5 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 07/21-21-05/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, Steinernema feltiae nematodasini 1 gektarga 100 mln individ me’yorida qo‘llash Turkiston qarsildoq qo‘ng‘izi (Agriotes meticulosus) va kuzgi tunlam (Agrotis segetum) lichinkalariga qarshi yuqori biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida, entomopatogen nematodalarning ribosomal DNK sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan maʼlumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2025-yil 28-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Heterorhabditis bacteriophora (OQ121798), Heterorhabditis indica (OQ186761), Steinernema feltiae (OQ189902), Steinernema carpocapsae (OQ189926), Heterorhabditis megidis (OQ189990), Steinernema scapterisci (OQ189992), Steinernema scarabaei (OQ190051) entomopatogen nematoda turlari namunalariga kirish raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda nematoda turlarini aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.