Maxmanazarov Orifjon Mirzonazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir ichak tutilishining jigar surunkali diffuz kasalliklari bilan birgalikda kechishida tashhislash va davolash natijalarini takomillashtirish” 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3629.
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir ichak tutulishi jigarning surunkali diffuz kasalliklari bilan birga kelgan xollarda davo choralarini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigarning diffuz kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishi klinik kechishining xususiyatlari va statsionar oldi davr davomiyligining enteral etishmovchilik sindromining rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor jigarning diffuz jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashda jarrohlikgacha bo‘lgan davrda kompleks farmakoterapiya qo‘llanilishining samaradorligi klinik va laborator tahlillar asosida isbotlangan;
ilk bor enteral etishmovchilik darajasiga qarab o‘tkir ichak tutilishi bo‘lgan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni baholash muhimligi isbotlangan;
ilk bor gepatotrop terapiyani terapiya majmuasiga o‘z vaqtida qo‘llash algoritmini kiritish orqali diffuz jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash imkoniyati va samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 2 dekabrdagi 30/09 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: jigarning diffuz kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishi klinik kechishining xususiyatlari va statsionar oldi davr davomiyligining enteral etishmovchilik sindromining rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning amalietga joriy kilinishi: olingan natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№142/1-I sonli Buyruq 7- oktyabr 2024-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy Ilmiy Markazi Qoraqalpog‘iston filiali (№54 soli Buyruq 28-fevral 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: O‘IT va JDK — yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan og‘ir kasalliklar. Ushbu yangilik orqali kasallikning etiologiyasi, patogenezi va klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish, asoratlar sonini va bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli darajada pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: aniq patogenez va klinik xususiyatlarga asoslangan optimallashtirilgan davolash bemorlarning shifoxonada o‘tkazish vaqtini qisqartiradi, bu esa kart-kunlarnin kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun 987600 so‘m, 106 nafar bemor uchun esa 104685600 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik JDK bilan og‘rigan bemorlarda O‘ITning etiologiyasi, patogenezi va klinik xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqali, kasalxonaga yotqizishdan oldingi davrning EES rivojlanishiga ta’siriga alohida e’tibor qaratish zaruriyatini kamaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigarning diffuz jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashda jarrohlikgacha bo‘lgan davrda kompleks farmakoterapiya qo‘llanilishining samaradorligi klinik va laborator tahlillar asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning amalietga joriy kilinishi: olingan natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№142/1-I sonli Buyruq 7- oktyabr 2024-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy Ilmiy Markazi Qoraqalpog‘iston filiali (№54 soli Buyruq 28-fevral 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilik orqali operatsiyagacha bo‘lgan davrdagi kompleks farmakoterapiyani yaxshilab, bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichini keskin kamaytirishga va asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Asoratlar sonining kamayishi va bemor ahvolining tez yaxshilanishi tibbiyot muassasasining resurslaridan samaraliroq foydalanish imkonini kengaytirishi hisobiga ham bir bemor uchun 1165000 so‘m, 106 nafar bemor uchun 123490000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: operatsiyagacha bo‘lgan kompleks farmakoterapiyaning asosiy jihati aynan shu bog‘liqlikni hisobga olgan holda, jigarni himoyalash va EESning oldini olishga qaratilishi kerakligini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik; ilk bor enteral etishmovchilik darajasiga qarab o‘tkir ichak tutilishi bo‘lgan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni baholash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amalietga joriy kilinishi: olingan natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№142/1-I sonli Buyruq 7- oktyabr 2024-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy Ilmiy Markazi Qoraqalpog‘iston filiali (№54 soli Buyruq 28-fevral 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gemostaz buzilishlari natijasida yuzaga keladigan og‘ir asoratlar (masalan, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi) bemorning nogironligiga yoki o‘limiga olib kelishi mumkin. Ushbu yangi tavsiya nogironlikka olib keluvchi oqibatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: EES darajasiga qarab gemostazni boshqarish uchun faqat zarur dori vositalari va muolajalarni o‘z vaqtida qo‘llash orqali 1 nafar bemor uchun 745900 so‘m, 106 nafar bemor uchun 79065400 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik orqali jarrohlik taktikasini va antikoagulyant terapiyani bemorning haqiqiy fiziologik holatiga moslashtirishga imkon beradi. Natijada, trombotik va gemorragik asoratlarning oldi olinadi, davolashning xavfsizligi va samaradorligi oshiriladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor gepatotrop terapiyani terapiya majmuasiga o‘z vaqtida qo‘llash algoritmini kiritish orqali diffuz jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash imkoniyati va samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amalietga joriy kilinishi: olingan ilmiy natijalar RShYoTM Buxoro viloyati filiali (MZ RUz № 8n-z/356, 10-oktyabr` 2024-yil) va RShYoTM Xorazm viloyati filiali (MZ RUz № 8n-z/356, 22-oktyabr` 2024-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gepatotrop terapiyani davolash majmuasiga o‘z vaqtida kiritish algoritmi jarrohlikdan keyingi o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlar (masalan, jigar yoki buyrak etishmovchiligi) sonining kamayishi, ularni davolash uchun ketadigan qimmat reanimatsiya muolajalari, uzoq muddatli intensiv terapiya va qo‘shimcha dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni keskin kamayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 870500 so‘m, 106 nafar bemor uchun 92273000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik natijalari jigar disfunksiyasini korreksiya qilish va oldini olishga qaratilgan bo‘lib, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda davolashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.