Toxirov Jaxongir Mahmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xususiy sherikligi asosida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy masalalari (Namangan viloyati misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3143.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Komoliddin Jo‘rabaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Alisher Oqboev Rasuljanovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Komiljon Tajibaev Qurbanovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat xususiy sherikligi asosida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “davlat-xususiy sherikligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida majburiyatlar, investisiya yuki va boshqaruv vakolatlarining o‘zaro muvofiqlashtirilishi orqali risklar va foydaning belgilangan nisbatda taqsimlanishini nazarda tutuvchi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyatida davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan loyihalar doirasida maktabgacha ta'lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy samaradorligining “qoniqarsiz” (0 ≤ ISTF ≤ 45), “qoniqarli” (45 < ISTF ≤ 60), “yaxshi” (60 < ISTF ≤ 85), “a'lo” (85 < ISTF ≤ 100) miqdoriy chegaralariga muvofiq tadbirlar tizimini qo‘llash orqali yanada samarali va shaffof bo‘lishini ta'minlash asoslangan;
tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan ob'ektni subsidiyalash, kreditlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xususiy sheriklik doirasida davlat idoralari va xususiy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirishda “vaziyatga ko‘ra moslashuvchan” standartlar, texnik talablar va investisiya parametrlarini joiy etish asoslangan;
Namangan viloyatida davlat xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL) bo‘yicha ekonometrik modeli asosida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat xususiy sherikligi asosida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “davlat-xususiy sherikligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida majburiyatlar, investisiya yuki va boshqaruv vakolatlarining o‘zaro muvofiqlashtirilishi orqali risklar va foydaning belgilangan nisbatda taqsimlanishini nazarda tutuvchi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “davlat-xususiy sherikligi” tushinchasining mazmuni, mohiyati, axamiyati va zaruriyati bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar shakillantirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan loyihalar doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy samaradorligining “qoniqarsiz” (0 ≤ ISTF ≤ 45), “qoniqarli” (45 < ISTF ≤ 60), “yaxshi” (60 < ISTF ≤ 85), “a'lo” (85 < ISTF ≤ 100) miqdoriy chegaralariga muvofiq tadbirlar tizimini qo‘llash orqali yanada samarali va shaffof bo‘lishini ta’minlash taklifi Namangan viloyat hokimligi tomonidan davlat xususiy sherikchilik tizimini yaxshilashga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chqishda foydalanilgan (Namangan viloyat hokimligining 2025 yil 16 dekabrdagi 02/10-6637- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan loyihalar doirasida maktabgacha ta'lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy samaradorligini ta’minlash imkonini bergan;
tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan ob’ektni subsidiyalash, kreditlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xususiy sheriklik doirasida davlat idoralari va xususiy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirishda “vaziyatga ko‘ra moslashuvchan” standartlar, texnik talablar va investisiya parametrlarini joiy etish taklifi Namangan viloyat hokimligi tomonidan davlat xususiy sherikchilik tizimini yaxshilashga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chqishda foydalanilgan (Namangan viloyat hokimligining 2025 yil 16 dekabrdagi 02/10-6637- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida davlat xususiy sheriklikning turli shakllari uchun tadbirkorlik faoliyatini subsidiyalash, kreditlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Namangan viloyatida DXSh loyihalari asosida maktabgacha ta’lim muassasalariga qilingan investisiyalar hajmini 3 barorbarga oshirish imkonini bergan;
Namangan viloyatida davlat xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL) bo‘yicha ekonometrik modeli asosida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Namangan viloyat hokimligi tomonidan davlat xususiy sherikchilik tizimini yaxshilashga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chqishda foydalanilgan (Namangan viloyat hokimligining 2025 yil 16 dekabrdagi 02/10-6637- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida qisqa muddatda o‘zgarishini hamda jamiyatga yaqin kelajakda DXSh asosida tadbirkorlar sonining ortishiga sabab bo‘lgan omilni aniqlash hamda tadbirkorlar rivojlanishini asosiy omillarni baholash imkonini bergan.