Maxmudov Izzatillo Nematilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy adolatni ta’minlash – ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1597
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Bafoev Firuz Murtazoevich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy davlat barpo etish sharoitida ijtimoiy adolatni ta’minlash omillarini asoslab berishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy davlat samaradorligi adolatning obektiv (resurslardan teng foydalanish, imkoniyatlar kengligi, boshqaruv legitimligi, ijtimoiy himoya shaffofligi) va subektiv (jamiyat ongida davlatga ishonch, korrupsiyaga murosasiz munosabat, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotdan qoniqish hissi, ,barqaror sotsial mobillik) darajalari o‘rtasidagi muvozanatga bog‘liqligi hamda mahalla institutining ijtimoiy resurs sifatidagi o‘rni, oila adolat va me’yorning reproduktiv moduli ekanligi, ijtimoiy yordamning “manzillilik” kabi indikatorlari takomillashtirilgan;
raqamli muhitda ijtimoiy adolatning klassik distributiv (tabiiy va moddiy resurslarni teng taqsimlash), korrektiv (ziddiyatlarni yumshatish), protsessual (qaror qabul qilishda xolislik) turlariga informatsion adolat (ochiq axborot tizimiga egalik) turini kiritish zarurati metodologik jihatdan asoslangan va uning mezonlari sifatida axborotga kirish imkoniyatining tengligi, davlat xizmatlarining ochiq ma’lumotlar bazalarida shaffof taqdim etilish, foydalanuvchining raqamli huquqlari himoyasi va shaffoflik monitoringi kabi ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
ijtimoiy adolatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy (hududlar bo‘yicha investisiya asimmetriyasi, kichik biznes va mehnat bozoriga kirishdagi imkoniyatlar tengsizligi), ijtimoiy (ta’lim imkoniyatlaridagi tengsizlik, ijtimoiy himoya resurslarining notekis manzilliligi) va huquqiy (huquqlar tengsizligi, jazo nomuqarrarligi), ma’naviy (korrupsiya, axloqiy defisit va ijtimoiy befarqlik) kabi disproporsiyalarni xizmatlar ko‘rsatishni raqamlashtirish, “bir darcha – bir qaror” modelini joriy etish, manzilli ijtimoiy himoya tizimini qayta konfiguratsiya qilish kabi institutsional mexanizmlari isbotlangan;
korrupsiya jamiyatda adolatsizlikning reproduktiv deformatori sifatida ijtimoiy tuzumning sotsial-normativ arxitektonikasini emiruvchi murakkab tizimli disfunksiya ekanligi, ijtimoiy ongda “adolatli davlat” idealini so‘ndirishi, sotsial mobillik imkonini deformatsiyalashi asoslangan hamda uni bartaraf etishda mahallaning ijtimoiy davlatda “fraktal mikromodel” sifatidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy adolatni ta’minlashning maqsadli yo‘naltirilgan mexanizmiga transformatsiyasi, proaktiv iqtisodiy roli (mahalliy byudjetni shakllantirish va hududiy iqtisodiy drayver) hamda shaxs ongini halollik vaksinasi bilan emlash kabi xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy adolatni ta’minlash ijtimoiy davlatning fundamental vazifasi sifatida asoslashhamda adolatni ta’minlashga xizmat qiluvchi institutsional mexanizmlarni tadqiq etish doirasida ishlab chiqilgan xulosalar asosida:
ijtimoiy davlat samaradorligi adolatning obektiv (resurslardan teng foydalanish, imkoniyatlar kengligi, boshqaruv legitimligi, ijtimoiy himoya shaffofligi) va subektiv (jamiyat ongida davlatga ishonch, korrupsiyaga murosasiz munosabat, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotdan qoniqish hissi, ,barqaror sotsial mobillik) darajalari o‘rtasidagi muvozanatga bog‘liqligi hamda mahalla institutining ijtimoiy resurs sifatidagi o‘rni, oila adolat va me’yorning reproduktiv moduli ekanligi, ijtimoiy yordamning “manzillilik” kabi indikatorlariga oid nazariy umumlashma va xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002 raqam “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” va PZ-202005236-raqam “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022 yy.) mavzusidagi innovasion-tadqiqot loyihalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 10-dekabrdagi 01-11-05/7686-son va 01-11-05/7687-son ma’lumotnomalari). Natijada, oilada farzand tarbiyasini, yoshlarda adolatparvarlik tamoyillarini qadrlash, ularga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga Natijada, yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini izchil rivojlantirishga, raqamli ochiqlik, shaffoflik, jazo muqarrarligi va antikorrupsion madaniyat elementlarini tarbiyaviy jarayonlarga integratsiya qilishning samarali metodikasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
raqamli muhitda ijtimoiy adolatning klassik distributiv (tabiiy va moddiy resurslarni teng taqsimlash), korrektiv (ziddiyatlarni yumshatish), protsessual (qaror qabul qilishda xolislik) turlariga informatsion adolat (ochiq axborot tizimiga egalik) turini kiritish zarurati metodologik jihatdan asoslangan va uning mezonlari sifatida axborotga kirish imkoniyatining tengligi, davlat xizmatlarining ochiq ma’lumotlar bazalarida shaffof taqdim etilish, foydalanuvchining raqamli huquqlari himoyasi va shaffoflik monitoringi kabi ko‘rsatkichlariga doir xulosalar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlari 2024 yilning iyul-dekabr oylari uchun mo‘ljallangan ish rejasi III bandidagi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar” doirasida “Ezgulik shiorimiz, ma’rifat qurolimiz”, “Ma’naviyat festivali”, “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” tadbirlarini tashkillashtirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 11-dekabrdagi 10/841-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda adolatga sadoqat, halollik, korrupsiyaga murosasiz munosabat, fuqarolik burchiga mas’uliyat bilan yondashish kabi fazilatlarni qaror toptirish orqali ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini izchil shakllantirishga qaratilgan tadbirlar sifati va mazmunini ilmiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy adolatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy (hududlar bo‘yicha investisiya asimmetriyasi, kichik biznes va mehnat bozoriga kirishdagi imkoniyatlar tengsizligi), ijtimoiy (ta’lim imkoniyatlaridagi tengsizlik, ijtimoiy himoya resurslarining notekis manzilliligi) va huquqiy (huquqlar tengsizligi, jazo nomuqarrarligi), ma’naviy (korrupsiya, axloqiy defisit va ijtimoiy befarqlik) kabi disproporsiyalarni xizmatlar ko‘rsatishni raqamlashtirish, “bir darcha – bir qaror” modelini joriy etish, manzilli ijtimoiy himoya tizimini qayta konfiguratsiya qilish kabi institutsional mexanizmlariga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustav va dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jumladan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining VI bandidagi “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”ni amalga oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni ishlab chiqish”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 10-dekabrdagi 02/04-118-son ma’lumotnomasi). Natijada, saylovoldi dasturida o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni belgilash, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, jamiyatda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni saqlash va rivojlantirish orqali siyosiy-huquqiy hamda ijtimoiy-madaniy sohalardagi ustuvor vazifalarning izchil va samarali amalga oshirilishiga amaliy jihatdan xizmat qilgan;
korrupsiya jamiyatda adolatsizlikning reproduktiv deformatori sifatida ijtimoiy tuzumning sotsial-normativ arxitektonikasini emiruvchi murakkab tizimli disfunksiya ekanligi, ijtimoiy ongda “adolatli davlat” idealini so‘ndirishi, sotsial mobillik imkonini deformatsiyalashi asoslangan hamda uni bartaraf etishda mahallaning ijtimoiy davlatda “fraktal mikromodel” sifatidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy adolatni ta’minlashning maqsadli yo‘naltirilgan mexanizmiga transformatsiyasi, proaktiv iqtisodiy roli (mahalliy byudjetni shakllantirish va hududiy iqtisodiy drayver) hamda shaxs ongini halollik vaksinasi bilan emlash kabi xususiyatlariga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yilda efirga uzatilgan “Davlat ramzlari”, “Konstitutsiya qomusi” teledasturlari doirasida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 10-dekabrdagi 02-09-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlod ongida ijtimoiy adolat, halollik, adolatli jamiyat qurish g‘oyalariga sadoqat, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, qonun ustuvorligini qadrlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash va ijtimoiy davlat qurilishidagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan milliy kontent materiallarini tayyorlab, ularni ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish