Shadmonov Aziz Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv davrida erkinlik fenomenining transformatsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal673
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, professor
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi erkinlik fenomenining zamonaviy sivilizatsion rivojlanishga xos o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkinlik fenomenining adolat, tenglik, masʼuliyat kabi mezonlarini milliy-ma’naviy qadriyatlar (vatanparvarlik, fidoyilik, el-yurtga sadoqat), diniy-axloqiy qadriyatlar (iymon, vijdon va nafsni engish) mazmuniga singdirish orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan ma’naviy tanazzul, iste’molchilik kayfiyati, madaniy standartlashuv kabi destruktiv ta’sirini yumshatishga hamda ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
yoshlar ongida erkinlik hissini shakllantirishda uning ijtimoiy-deterministik mohiyati (qarorlarini ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va huquqiy javobgarlik asosida qabul qilish) asosida tanlov, iroda, intilish, murosa, kelishuv kabi sifatlarni korreksiya (tanqidiy baholash, ichki instinktlarni boshqarish, manfaatlar o‘rtasida muvozanatni saqlash) qilish kompetensiyalari aniqlashtirilgan;
globallashuv sharoitida erkinlikni ta’minlashning metodologik (aksiologik, sinergetik, komparativ) va konseptual (insonparvarlik, erkparvarlik va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan) gipotezalari asosida erkinlikni kafolatlash, siyosiy-huquqiy tizimning samaradorligini ta’minlash, insonning ma’naviy etukligi, ijtimoiy masʼuliyati va gumanistik qadriyatlarni idrok etish omillari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda erkinlik fenomeni asosida yoshlar ongida halollik, adolat, sabr, xayrixohlik, vijdon, haqiqat, muhabbat va sadoqat singari axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi ijtimoiy-ma’naviy mexanizmlarning shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ijtimoiy konsensus kabi tamoyillari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv davrida erkinlik fenomenining transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erkinlik fenomenining adolat, tenglik, masʼuliyat kabi mezonlarini milliy-ma’naviy qadriyatlar (vatanparvarlik, fidoyilik, el-yurtga sadoqat), diniy-axloqiy qadriyatlar (iymon, vijdon va nafsni engish) mazmuniga singdirish orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlarining ma’naviy tanazzul, iste’molchilik psixologiyasi, madaniy standartlashuv kabi destruktiv ta’sirini yumshatishga hamda ijtimoiy barqarorlikka mafkuraviy immunitet va ijtimoiy muloqot madaniyati sifatida ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11 raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdissiplinar platformasini yaratish” (2020-2022 yy) amaliy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-avgustdagi 04/11-6195-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga va yoshlar ongida erkinlik tuyg‘usini shakllantirishga, yoshlar ongida halollik, adolat kabi axloqiy tamoyillarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
yoshlar ongida erkinlik tuyg‘usini shakllantirishda erkinlikning ijtimoiy-deterministik mohiyati (qarorlarini ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy meyorlar va huquqiy javobgarlik asosida qabul qilish) asosida tanlov, iroda, intilish, murosa, kelishuv kabi sifatlarni korreksiya (tanqidiy baholash, ichki instinktlarni boshqarish, manfaatlar o‘rtasida muvozanatni saqlash) qilish kompetensiyalariga oid nazariy xulosalar va metodologik tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yilga mo‘ljallangan yoʻl xaritasidagi “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yoʻnalishi 4-bandi “Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillashtirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish”da foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 21-avgustdagi 01-27/415-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning tadbirlarini amalga oshirishda va partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilgan;
erkinlikni ta’minlashning metodologik (aksiologik, sinergetik, komparativ) va konseptual (insonparvarlik, erkparvarlik va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan) gipotezalari asosida globallashuv sharoitida erkinlikni kafolatlash siyosiy-huquqiy tizimlarning samaradorligi, insonning ma’naviy etukligi, ijtimoiy masʼuliyati va gumanistik qadriyatlarni idrok etishiga bog‘liqligiga oid xulosa hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan I-203-4 raqam “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” (2022-2023 yy) fundamental loyiha doirasida joriy qilingan millatlararo munosabatlarini yoʻlga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2025-yil 27-iyundagi 02-14-06-898-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv jarayonida erkinlik fenomenini o‘rganish orqali hozirgi zamon jamiyat hayotidagi inson ma’naviy-ruhiy olami, istak va intilishlariga oid g‘oyalardan unumli foydalanishga va davlat tizimidagi huquqiy normalardan shaxsning qadr-qimmatini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda erkinlik fenomeni asosida yoshlar ongida halollik, adolat, sabr, xayrixohlik, vijdon, haqiqat, muhabbat va sadoqat singari axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi ijtimoiy-ma’naviy mexanizmlarning shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ijtimoiy konsensus kabi tamoyillariga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yilda efirga uzatilgan “Idrok” ko‘rsatuvi hamda Samarqand radiosining “Xayrli kun” eshittirishining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-avgustdagi 01-07/219-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongida halollik, adolat, sabr, diyonat, vijdon kabi axloqiy tamoyillarni intensiv raavishda shakllantirishning ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish