Madumarova Shoxsanam Muxtorali qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning o‘rni” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1492
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD. PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Temurbek Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Siddiqov Ilyosbek Baxramovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning ahamiyatini aniqlash va uni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqotda fuqarolik jamiyati va huquqiy madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning dialektik determinizmi, sabab-oqibat munosabatlari hamda tizimlilik va tarixiylik tamoyillari asosida falsafiy jihatdan keng va izchil tarzda aniqlangan;
huquqiy madaniyat fuqarolik jamiyatining aksiologik poydevori, normativ-regulyativ mexanizmi va ijtimoiy legitimlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida talqin etilib, uning jamiyat barqarorligi, huquqiy tartibot va fuqarolik faolligiga ta’sir etish mexanizmlari asoslangan;
O‘zbekiston sharoitida huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayoni ijtimoiy modernizatsiya, huquqiy ongning yangilanishi, fuqarolik identifikatsiyasining shakllanishi hamda sivilizatsion taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqlikda, kompleks va tizimli falsafiy tahlil asosida ochiqlangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy madaniyatni takomillashtirishga qaratilgan gnoseologik, aksiologik va prakseologik paradigmalar integratsiyasi asosida ilmiy jihatdan yangicha konseptual yondashuv hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy yutuqlaridan quyidagilarni joriy qilishga erishildi:
tadqiqotda fuqarolik jamiyati va huquqiy madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning dialektik determinizmi, sabab-oqibat munosabatlari hamda tizimlilik va tarixiylik tamoyillari asosida falsafiy jihatdan keng va izchil tarzda aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 15-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2025-yil 22-yanvardagi 10/35-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini yuksaltirishda huquqiy madaniyatning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishga xizmat qilgan.
huquqiy madaniyat fuqarolik jamiyatining aksiologik poydevori, normativ-regulyativ mexanizmi va ijtimoiy legitimlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida talqin etilib, uning jamiyat barqarorligi, huquqiy tartibot va fuqarolik faolligiga ta’sir etish mexanizmlari asoslanganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijod birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qator dasturlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari 2024-yil noyabr-dekabr oylaridagi sonlari)da ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijod birlashmasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va ilmiy xulosalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi huquqiy madaniyatning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston sharoitida huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayoni ijtimoiy modernizatsiya, huquqiy ongning yangilanishi, fuqarolik identifikatsiyasining shakllanishi hamda taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqlikda, kompleks va tizimli falsafiy tahlil asosida ochiqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 15-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2025-yil 22-yanvardagi 10/35-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlatirishda huquqiy madaniyatning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy madaniyatni takomillashtirishga qaratilgan gnoseologik, aksiologik va prakseologik paradigmalar integratsiyasi asosida ilmiy jihatdan yangicha konseptual yondashuv hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar tizimi ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijod birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qator dasturlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari 2024-yil noyabr-dekabr oylaridagi sonlari)da ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijod birlashmasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va ilmiy xulosalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi huquqiy madaniyatning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.