Xidoyatov Murod Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli marketing vositalaridan oliy ta’lim muassasalarida foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 –Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt5168.
Ilmiy rahbari: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Musaev Bekjon Shukurillaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli marketing vositalaridan oliy ta’lim muassasalarida foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarining raqamli marketing faoliyati samaradorligini reyting baholash indikatorlarining (veb-sayt sifati, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik, onlayn reklama, kontent strategiyasi va mobil moslashuvchanlik) me’yoriy qiymatlarining past (0≤WR≤33), o‘rta (34≤WR≤66) va yuqori (67≤WR≤100) darajasida onlayn reputatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini tanlash taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining “ta’lim-tadqiqot-innovatsiya-raqamli transformatsiya” yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilg‘or ekotizim modeli doirasida “universitet raqamli ekotizim xaritasi”ni ishlab chiqish asosida raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish taklifi asoslangan; 
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari faoliyatida milliy raqamli reyting platformasini yaratish asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishning 2030 yilgacha  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari brendi nufuzi va abiturientlar xabardorligini oshirishga qaratilgan maqsadli onlayn reklama mexanizmida demografik (yosh, joylashuv, daromad darajasi) va psixografik (qi¬zi¬qishlar, motivatsiya, qiymatlar) segmentatsiya parametrlarining integratsiyalashgan modelidan foydalanish natijasida reklama konversiyasini o‘rtacha 20 foizgacha oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli marketing vositalaridan oliy ta’lim muassasalarida foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
oliy ta’lim muassasalarining raqamli marketing faoliyati samaradorligini reyting baholash indikatorlarining (veb-sayt sifati, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik, onlayn reklama, kontent strategiyasi va mobil moslashuvchanlik) me’yoriy qiymatlarining past (0≤WR≤33), o‘rta (34≤WR≤66) va yuqori (67≤WR≤100) darajasida onlayn reputatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini tanlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida va TIQXMMI - Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 4-iyundagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketing ko‘rsatkichlarini normativ mezonlar asosida baholash, indikatorlar asosida samaradorlikni kuzatish va marketing faoliyatini reyting natijalariga asoslangan holda optimallashtirish hamda onlayn reputatsiyani oshirishga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini shakllantirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarining “ta’lim-tadqiqot-innovatsiya-raqamli transformatsiya” yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilg‘or ekotizim modeli doirasida “universitet raqamli ekotizim xaritasi”ni ishlab chiqish asosida raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 4-iyundagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni keng jalb etish va universitetlarning marketing bo‘limlari faoliyatida raqamli marketingdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda strategik raqamli transformatsiya modellari ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari faoliyatida milliy raqamli reyting platformasini yaratish asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida va TIQXMMI - Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 4-iyundagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketing faoliyatini monitoring qilish, platforma orqali kontent samaradorligini baholash va reyting asosida raqamli strategiyalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari brendi nufuzi va abiturientlar xabardorligini oshirishga qaratilgan maqsadli onlayn reklama mexanizmida demografik (yosh, joylashuv, daromad darajasi) va psixografik (qi¬zi¬qishlar, motivatsiya, qiymatlar) segmentatsiya parametrlarining integratsiyalashgan modelidan foydalanish natijasida reklama konversiyasini o‘rtacha 20 foizgacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida va TIQXMMI - Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 4-iyundagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida reklama strategiyalarini optimallashtirish, marketing byudjetining samarali taqsimoti hamda maqsadli raqamli kampaniyalar orqali qabul jarayonida konversiya ko‘rsatkichlarini oshirish amaliyotida qo‘llash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish