Berdixanova Arzayım Jalgasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq tiliga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning semantik-struktur tahlili”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3829.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori, professor; Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tiliga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarni semantik-tuzulmaviy asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zlashma so‘zlar manba tilda polisemantik xususiyatga ega til birligi bo‘lsa-da, o‘zlashtirish jarayonida barcha ma’nolarini bir tildan ikkinchi tilga o‘tishda to‘liq o‘zlashtirilmasligi aniqlangan;
inglizcha o‘zlashmalarning qabul qiluvchi til tizimida tovush tarkibi, talaffuz modeli, grafik shakl, grafema–fonema mosligi, tovush almashinuvi kabi jarayonlar bo‘yicha moslashuvi birlamchi manbalar asosida qoraqalpoq tilida fonetik adaptatsiya, grafik standartlashuv va variantlarning barqarorlashuviga doir umumiy qonuniyatlar asoslangan;
ingliz tilidan kirgan so‘zlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, sport, IT texnologiyalari, iqtisodiyot kabi tematik guruhlarga ajratilgan va ularning qaysi sohalarda eng faol o‘zlashayotgani aniqlanib, IT va oziq-ovqat yo‘nalishida eng tez o‘zlashuvchi so‘zlar qatlami ochib berilgan;
struktural-semantik tahlil yordamida o‘zlashmalarning ichki strukturasi va semantik qatlamlarida o‘zlashish jarayonida til me’yorlari bir qadar integratsiyalashuvi isbotlangan, bunda o‘zlashma so‘zlarni tadqiq qilishda struktur-semantik tahlil chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarni o‘zlashtirilayotgan tilga moslashuvchanlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zlashma so‘zlar manba tilda polisemantik xususiyatga ega til birligi bo‘lsa-da, o‘zlashtirish jarayonida barcha ma’nolarini bir tildan ikkinchi tilga o‘tishda to‘liq o‘zlashtirilmasligi haqidagi tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 "Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligidagi tarixini ilmiy o‘rganish" nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 28-yanvar 35/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik fanlari tarixini ilmiy o‘rganish jarayonida turli davrlarda o‘zlashgan so‘zlarning semantikasini tushuntirishga yordam bergan;
inglizcha o‘zlashmalarning qabul qiluvchi til tizimida tovush tarkibi, talaffuz modeli, grafik shakl, grafema-fonema mosligi, tovush almashinuvi kabi jarayonlar bo‘yicha moslashuvi birlamchi manbalar asosida tahlil qilingan, qoraqalpoq tilida fonetik adaptatsiya, grafik standartlashuv va variantlarning barqarorlashuviga doir umumiy qonuniyatlar haqidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 29-yanvar 11-09/9-01/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tiliga ingliz tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning davrlardagi xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
ingliz tilidan kirgan so‘zlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, sport, IT texnologiyalari, iqtisodiyot kabi tematik guruhlarga ajratilgan va ularning qaysi sohalarda eng faol o‘zlashayotgani aniqlanib, IT va oziq-ovqat yo‘nalishida eng tez o‘zlashuvchi so‘zlar qatlami hamda struktural-semantik tahlil yordamida o‘zlashmalarning ichki strukturasi va semantik qatlamlarida o‘zlashish jarayonida til me’yorlari bir qadar integratsiyalashuvi isbotlangan, bunda o‘zlashma so‘zlarni tadqiq qilishda struktur-semantik tahlil chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarni o‘zlashtirilayotgan tilga moslashuvchanlik darajasi haqidagi ma’lumotlar “Xabar” dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Telekanalining 2025-yil 14-fevral 05-22/90-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot dasturlaridagi ssenariylarni xalqqa tushunarli, aniq va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda etkazishga erishilgan.