Yusupov Shoxzod Maxmatmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida kredit portfeli sifatini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5791
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: International School Of Finance Technology And Science instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Norov Akmal Ruzimamatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Xujamuratov Abbos Mardonovich PhD.
Yetakchi tashkilot: Aksionerlik tijorat banki “Xalq bank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida kredit portfeli sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha risklarni pasaytirish va kredit portfeli samaradorligini oshirishda kredit ta’minoti miqdorini 125 foizga oshirish, uning tarkibida ko‘chmas mulk obektlari ulushini 70 foizga etkazish hamda texnologik uskunalar ulushini 55 foiz darajasida cheklash orqali barqaror va muvozanatli ta’minot tuzilmasini shakllantirish taklif etilgan;
kredit portfelida jamoaviy asosda qadrsizlanadigan kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar va zaxira xarajatlarini kamaytirishda davlat dasturlaridan qatʼiy nazar aktivlar sifati bo‘yicha moliyaviy beqaror va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifadagi qarzdor mijozlarga kredit ajratish yoki shartlarni qayta ko‘rib chiqishni to‘xtatish taklif etilgan;
investision kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarda yuzaga keladigan muammolarni bank tomonidan o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kreditni qaytarish yukining pul oqimlariga mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlashda kreditning asosiy qismiga nisbatan imtiyozli davrni chegaralash, operatsion jarayonning davomiyligidan kelib chiqqan holda “investision davr+6 oy” muddatgacha belgilash taklif etilgan;
kredit portfelini dinamik diversifikatsiya qilish algoritmi asosida “Risk – daromad” qonuniyati doirasida kredit portfeli hajmini oshirishning 2025-2030-yillar uchun prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida kredit portfeli sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investision loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha risklarni pasaytirish va kredit portfeli samaradorligini oshirishda kredit ta’minoti miqdorini 125 foizga oshirish, uning tarkibida ko‘chmas mulk obektlari ulushini 70 foizga etkazish hamda texnologik uskunalar ulushini 55 foiz darajasida cheklash orqali barqaror va muvozanatli ta’minot tuzilmasini shakllantirishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvining 2020-yil 18-avgustdagi 84-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Bozor tavakkalchiligni boshqarish tartibi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston Sanoatqurilish banki”ning 2025-yil 24-sentyabrdagi 231-son ma’lumotnomasi). Natijada, bozor tavakkalchiligini monitoringini olib borish mexanizmi takomillashtirilgan va tavakkalchilikni boshqarish usullari xorijiy standartlarga muvofiqlashtirilishiga erishilgan;
kredit portfelida jamoaviy asosda qadrsizlanadigan kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar va zaxira xarajatlarini kamaytirishda davlat dasturlaridan qatʼiy nazar aktivlar sifati bo‘yicha moliyaviy beqaror va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifadagi qarzdor mijozlarga kredit ajratish yoki shartlarni qayta ko‘rib chiqishni to‘xtatishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston Sanoatqurilish banki”ning 2025-yil 24-sentyabrdagi 231-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-yil davomida 38,9 mlrd. so‘mlik subsidiyalangan kreditlar berishdan voz kechilgan;
investision kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarda yuzaga keladigan muammolarni bank tomonidan o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kreditni qaytarish yukining pul oqimlariga mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlashda kreditning asosiy qismiga nisbatan imtiyozli davrni chegaralash, operatsion jarayonning davomiyligidan kelib chiqqan holda “investision davr+6 oy” muddatgacha belgilash taklifi 2021-yil 20-dekabrdagi 152/6-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbankda risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish bo‘yicha YO‘riqnoma”da o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston Sanoatqurilish banki”ning 2025-yil 24-sentyabrdagi 231-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreditni monitoring qilishda operatsion risklarni baholash mezoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishga erishilgan;
kredit portfelini dinamik diversifikatsiya qilish algoritmi asosida “Risk – daromad” qonuniyati doirasida kredit portfeli hajmini oshirishning 2025-2030-yillar uchun prognoz ssenariylariga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatini baholashda joriy etilgan (“O‘zbekiston Sanoatqurilish banki”ning 2025-yil 24-sentyabrdagi 231-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit portfelini diversifikatsiyalashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik tahlil natijalarga tayangan holda kredit portfelini “Risk – daromad” qonuniyati asosida dinamik diversifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yilgan.