Rabbimov Jaxongir Eshboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida operatsion risklarni baholash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3776
Ilmiy rahbar: Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: professor Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Zunnunova Xulkar Muxtorovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida operatsion risklarni baholashning zamonaviy yo‘llari, usullari va mexanizmlarini aniqlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarda operatsion risklarni baholash tizimini takomillashtirishda risk va nazorat bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash (RCSA) modeli asosida bank biznes jarayonlaridagi zaif nuqtalarni aniqlash va ularni operatsion risklarni baholash jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida integratsiya qilish asoslangan;
banklarning operatsion barqarorligini ta’minlashda bankning birinchi himoya bo‘g‘inida “Risk-koordinator” institutini joriy etish asnosida operation risk insidentlari reestrini shakllantirish taklif etilgan;
banklarda operatsion risklar ustidan vizual va analitik nazoratni ta’minlashda operatsion risklarni baholashda ehtimollik va ta’sir matrisasiga asoslangan rangli issiqlik xaritasini 6x6 shkala asosida baholash hamda ularni integral risk balliga ko‘ra “past”, “o‘rta” va “yuqori” kabi risk toifalariga ajratish taklif etilgan;
banklarda operatsion risklarni baholash samaradorligini oshirishda miqdoriy baholash imkonini beruvchi xabardorlik, mas’uliyat, munosabat, rag‘batlantirish kabi 4 ta asosiy komponent asosida risk madaniyatini baholash indeksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida operatsion risklarni baholash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda operatsion risklarni baholash tizimini takomillashtirishda risk va nazorat bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash (RCSA) modeli asosida bank biznes jarayonlaridagi zaif nuqtalarni aniqlash va ularni operatsion risklarni baholash jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida integratsiya qilish taklifi “KDB Bank O‘zbekiston” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“KDB Bank O‘zbekiston” AJning 2025-yil 5-sentyabrdagi 09/2025-0332-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning operatsion risklarni boshqarish siyosati yanada takomillashtirilgan va risk nazorati va o‘z-o‘zni baholash tartibi ishlab chiqilgan, bankning operatsion risklarni erta aniqlash ko‘rsatkichi 28% ga oshgan, profilaktik chora ko‘rish muddati 15% ga qisqargan, boshqarmalarda ichki nazorat samaradorligi yaxshilanishi ta’minlangan.
banklarning operatsion barqarorligini ta’minlashda bankning birinchi himoya bo‘g‘inida “Risk-koordinator” institutini joriy etish asnosida operation risk insidentlari reestrini shakllantirish taklifi “KDB Bank O‘zbekiston” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“KDB Bank O‘zbekiston” AJning 2025-yil 5-sentyabrdagi 09/2025-0332-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha operatsion risk insidentlari reestri shakillantirilib, ularning kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilgan, 2025 yil boshida risk monitoringi jarayonida aniqlangan 11 ta o‘rta darajadagi risk holati bartaraf etilgan.
banklarda operatsion risklar ustidan vizual va analitik nazoratni ta’minlashda operatsion risklarni baholashda ehtimollik va ta’sir matrisasiga asoslangan rangli issiqlik xaritasini 6x6 shkala asosida baholash hamda ularni integral risk balliga ko‘ra “past”, “o‘rta” va “yuqori” kabi risk toifalariga ajratish taklifi “KDB Bank O‘zbekiston” AJ risklarni boshqarish siyosatida foydalanilgan (“KDB Bank O‘zbekiston” AJning 2025-yil 5-sentyabrdagi 09/2025-0332-son ma’lumotnomasi). Natijada, risk ko‘rsatkichlarining vizual monitoringi yo‘lga qo‘yilgan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tahliliy axborot tezligi 1,4 barobar oshgan, riskning yuqori nuqtalari (“hot spots”) tezkor aniqlanishi ta’minlangan.
banklarda operatsion risklarni baholash samaradorligini oshirishda miqdoriy baholash imkonini beruvchi xabardorlik, mas’uliyat, munosabat, rag‘batlantirish kabi 4 ta asosiy komponent asosida risk madaniyatini baholash indeksi taklifiga ko‘ra “KDB Bank O‘zbekiston” AJ operatsion risklarni boshqarish siyosati takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan (“KDB Bank O‘zbekiston” AJning 2025-yil 5-sentyabrdagi 09/2025-0332-son ma’lumotnomasi). Natijada, riskdan xabardorlik darajasi oshirilgan, yuqori risk profiliga ega boshqarmalarda qo‘shimcha o‘quv-treninglar tashkil etilgan, bankda risk madaniyati darajasini oshirishga erishilgan.