Abdukadirova Kamola Azimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligini oshirishda tranformatsion jarayonlarning nazariy asoslari”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4861
Ilmiy rahbar: Rasulev Alisher Fayzievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xoshimov Pazliddin Zuxurovich - iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent amaliy fanlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligini oshirishda transformatsion jarayonlarning nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy ta’lim muassasalari faoliyatining manfaatdor tomonlari talablari hamda ta’sischi tomonidan qo‘yilgan maqsadlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmlari mamlakatdagi mavjud davlat, xususiy, xorijiy va qo‘shma ta’lim dasturlari kabi guruhlar orasida oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi jihatidan takomillashtirilgan;
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy, pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish natijasida raqobatbardosh xizmatlar taqchilligini bartaraf etishda asos bo‘luvchi oliy ta’lim muassasalari rivojlanishining transformatsiya bosqichlarini tabaqalashtirish taklifi asoslangan;
OTM xizmatlarining ustunligini baholashda joylashuv, milliy reyting va to‘lov arzonligining ta’lim sifatiga ta’sirini baholash uchun olib borilgan so‘rovnomaga asosan tuzilgan multinomial logistik regressiya modeli natijalari yordamida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligining nazariy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oliy ta’lim muassasalari faoliyatining manfaatdor tomonlari talablari hamda ta’sischi tomonidan qo‘yilgan maqsadlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bogʼliq nazariy va uslubiy ishlanmalardan iqtisodiyotning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot va biznes» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi talabalarda “Oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra oliy ta’lim xizmatlari bozori raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmlarini mamlakatdagi mavjud davlat, xususiy, xorijiy va qo‘shma ta’lim dasturlari kabi guruhlar orasida oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiy tarmoqlarini barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan iqtisodiyotning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot va biznes» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi orqali oliy ta’lim xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirishda nazardan chetda qolgan omillarga ham e’tibor qaratish kerakligi isbotlanib, bu iste’molchilarga taqdim etilayotgan xizmatlarni yanada samarali tashkil etish imkonini yaratgan;
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlanish transformatsiyasi samaradorligini bosqichma-bosqich o‘zini–o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish, pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish natijasida raqabotbardosh xizmatlar taqchilligini bartaraf etilishida asos bo‘luvchi oliy ta’lim muassasalari rivojlanishining transformatsiya bosqichlarini tabaqalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 19-maydagi “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 24-oktyabrdagi 01/01-01-423-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatimizda mavjud davlat, xususiy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari orasida raqabotbardosh xizmatlar taqchilligini bartaraf etilishini ta’minlash imkoni yaratiladi;
O‘zbekiston oliy ta’lim xizmatlari ustunligini baholashda joylashuv, milliy reyting va to‘lov arzonligining ta’lim sifatiga ta’sirini baholash uchun olib borilgan so‘rovnomaga asosan tuzilgan multinomial logistik regressiya modeli natijalari yordamida ilmiy asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni chora tadbirlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 24-oktyabrdagi 01/0101-423-son ma’lumotnomasi). Professor o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilar fikrini o‘rganish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalni joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar orqali kelajakda OTM ta’lim sifatini sabab qilib o‘qishga kiradigan talabalar ulushini ko‘payishiga erishiladi.