Sayidova Muxabbat G‘afforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuv omillariga qarshi kurashish mexanizmi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1384
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Turdiev Behruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Narkulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborotlashuv sharoitida madaniy deformatsiyalashuv jarayonlariga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy o‘zlikdan begonalashuv, “ommaviy madaniyat” stereotiplariga taqlid va tarixiy merosga nisbatan nigilistik munosabat natijasida jamiyatda yuzaga kelayotgan ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuv jarayonining qadriyatlar tizimining buzilishi (yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ierarxiyasining buzilishi hamda soxta ideallarning hukmronlik qilishi), jamiyatning parchalanishi (jamoaviylik tuyg‘usining yo‘qolishi, oilaviy rishtalar va avlodlar o‘rtasidagi vorislikning uzilishi) hamda ma’naviy-manipulyativ qaramlik (ruhiy qashshoqlik, axborot xurujlari va yot mafkuralar ta’siriga tez beriluvchanlik) kabi salbiy oqibatlari asoslab berilgan;
moddiy va ma’naviy qadriyatlarning deformatsiyasiga olib keluvchi jamoatchilik nazoratining susayishi, ijtimoiy masʼuliyatning etishmasligi va “tarbiyaviy vakuum” holatlarini bartaraf etishning institutsional (hamkorlikni “raqamli muhit” talablariga moslashtirish va virtual nazorat mexanizmlarini joriy etish), kognitiv (axborot iste’moli madaniyati va media-savodxonlikni shakllantirish), huquqiy-madaniy (milliy kontent ulushini oshirish, huquqiy va axloqiy javobgarlikni kuchaytirish) yo‘nalishlari hamda milliy qadriyatlarga sodiqlik, tanqidiy tafakkur, ijtimoiy faollik kabi mezonlari aniqlashtirilgan;
jamiyatni ma’naviy-madaniy tanazzulga etaklovchi destruktiv g‘oyalar (“ommaviy madaniyat”, vandalizm, kosmopolitizm, nigilizm)ning kuchayishi hamda ijtimoiy ongda adaptatsiyalashuvida loqaydlik (daxldorlik hissining yo‘qolishi, ma’naviy bo‘shliq hosil bo‘lishi), psevdomodernizm tendensiyasining kuchayishi (o‘zga madaniyatlarni ustun qo‘yish, axloqsizlikni faoliyat tarzi sifatida qabul qilish), marginallashuv (tarixiy va madaniy ildizlaridan uzilib qolishi, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tez berilishi) kabi sababiyatlar dalillangan;
ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuvning global madaniy unifikatsiya, texnologik determinizm, iste’molchilik psixologiyasining ustuvorligi kabi tendensiyalari hamda ularning funksional integratsiyalashuvi (bir-birini kuchaytirgan holda ta’sir etishi, marginal madaniyat shaklini hosil qilishi, deformatsiyani evolyusion tarzda keltirib chiqarishi) kabi xususiyatlari hamda ularning ijtimoiy dinamikasi (aksiologik transformatsiya, ijtimoiy stratifikatsiya, ekzistensial inqiroz) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuv omillariga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
milliy o‘zlikdan begonalashuv, “ommaviy madaniyat” stereotiplariga taqlid va tarixiy merosga nisbatan nigilistik munosabat natijasida jamiyatda yuzaga kelayotgan ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuv jarayonining qadriyatlar tizimining buzilishi (jamiyatning parchalanishi (jamoaviylik tuyg‘usining yo‘qolishi, oilaviy rishtalar va avlodlar o‘rtasidagi vorislikning uzilishi) hamda ma’naviy-manipulyativ qaramlik (ruhiy qashshoqlik, axborot xurujlari va yot mafkuralar ta’siriga tez beriluvchanlik) kabi salbiy oqibatlariga doir xulosa va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari umummilliy Konsepsiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha konsepsiya ssenariysini ishlab chiqishda, madaniyat muassasalari xodimlarining ko‘nikmalarini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 7-maydagi 03-12-18-2667-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholini odob-axloq yuzasidan qarashlarini tarbiyalash, ijtimoiy-siyosiy ongini shakllantirish, ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda yoshlarni har xil oqimlarga kirib ketmasligini oldini olishga, himoyaga muhtoj qatlamdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-guruhlar va madaniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ilmiy nazariy va konstruktiv asos sifatida xizmat qilgan;
moddiy va ma’naviy qadriyatlarning deformatsiyasiga olib keluvchi jamoatchilik nazoratining susayishi, ijtimoiy masʼuliyatning etishmasligi va “tarbiyaviy vakuum” holatlarini bartaraf etishning institutsional (hamkorlikni “raqamli muhit” talablariga moslashtirish va virtual nazorat mexanizmlarini joriy etish), kognitiv (axborot iste’moli madaniyati va media-savodxonlikni shakllantirish), huquqiy-madaniy (milliy kontent ulushini oshirish, huquqiy va axloqiy javobgarlikni kuchaytirish) yo‘nalishlari hamda milliy qadriyatlarga sodiqlik, tanqidiy tafakkur, ijtimoiy faollik kabi mezonlariga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yillik ish rejasi asosida 2023-2024 yillarda olib borilgan normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda, o‘quv-seminarlar tashkil etishda, “Yoshlar haftaligi” doirasida o‘tkazilgan seminar dasturini tayyorlashda, “Yoshlar va qonun” loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 16-iyundagi 04-13/492-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga, milliy ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini yanada oshirishga, ularda ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatni ma’naviy-madaniy tanazzulga etaklovchi destruktiv g‘oyalar (“ommaviy madaniyat”, vandalizm, kosmopolitizm, nigilizm)ning kuchayishi hamda ijtimoiy ongda adaptatsiyalashuvida loqaydlik (daxldorlik hissining yo‘qolishi, ma’naviy bo‘shliq hosil bo‘lishi), psevdomodernizm tendensiyasining kuchayishi (o‘zga madaniyatlarni ustun qo‘yish, axloqsizlikni faoliyat tarzi sifatida qabul qilish), marginallashuv (tarixiy va madaniy ildizlaridan uzilib qolishi, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tez berilishi) kabi sababiyatlar aniqlangan xulosa va takliflardan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bajarilgan Evropa Komissiyasi Erasmus+/Oliy ta’limda salohiyatni oshirish dasturi doirasida EDU2022-CBHE-STRAND-2-101082621 “Eko kon va tabiiy xavflarni innovatsion boshqarish bo‘yicha magistrlik dasturi” xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 2026-yil 11-fevraldagi 1-04/571-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur doirasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda, fuqarolarning davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishda, ularning mafkuraviy immunitetini va intellektual salohiyatini yuksaltirishda hamda milliy,ma’naviy, madaniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ruhini mustahkamlashda amaliy jihatdan ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
ma’naviy-madaniy deformatsiyalashuvning global madaniy unifikatsiya, texnologik determinizm, iste’molchilik psixologiyasining ustuvorligi kabi tendensiyalari hamda ularning funksional integratsiyalashuvi (bir-birini kuchaytirgan holda ta’sir etishi, marginal madaniyat shaklini hosil qilishi, deformatsiyani evolyusion tarzda keltirib chiqarishi) kabi xususiyatlari hamda ularning ijtimoiy dinamikasi (aksiologik transformatsiya, ijtimoiy stratifikatsiya, ekzistensial inqiroz)ga doir ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan hamda natijalaridan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali faoliyatida, jumladan 2025-yil mart-aprel oylarida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-813-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda, ularni Vatanga sadoqat burchini anglashiga, milliy qadriyatlarga munosabatini o‘zgartirishga xizmat qilgan.