Maxmudova Shoxista Raximjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston florasidagi Crocus sativus va Senecio subdentatus o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va xossalari”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K892.
Ilmiy rahbar: Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.20.01.M.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Sherzodbek Niyatqobulovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamiz hududlarida o‘suvchi Crocus sativus hamda Senecio subdentatus o‘simliklarini fitokimyoviy tadqiq qilish va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston florasidagi Crocus sativus va Senecio subdentatus o‘simliklari efir moylarining tarkibi ilk bor to‘liq tadqiq qilinib, ulardan mos ravishda 67 va 72 ta uchuvchan atsiklik monoterpen uglevodorodlar, monotsiklik monoterpenlar hamda monotsiklik seskviterpen birikmalari identifikatsiya qilingan;
Crocus sativus o‘simligi gultojibarglari tarkibidan birinchi marta 4 ta fenolkarbon kislotalar, 6 ta aglikon va glikozid holdagi flavonoidlar, shuningdek, o‘simlik gulchangchilari tarkibidan 16 ta aglikon va glikozid holdagi flavonoidlar hamda 2 ta azot saqlovchi geterotsiklik birikmalar individual holda ajratib olingan. Shulardan tilirozid, izoramnitin-3-O-neoGESperidozid, ramnitin-3-O-β-D-Glcp, brassisin hamda flazin birikmalari Crocus L. turkumidan birinchi marotaba ajratilgan;
Seneceo subdentatus o‘simligi er ustki qismidan birinchi marotaba 4 ta fenolkarbon kislotalar va 7 ta aglikon hamda glikozid holdagi flavonoidlar YSSX usuli yordamida identifikatsiya qilingan;
ilk bor kempferol-3-O-soforozid va gelixrizozid birikmalarining rentgen tuzilishi tahlili o‘tkazildi va mutlaq konfiguratsiyalari aniqlangan;
birinchi marotaba Crocus sativus o‘simligi gultojibarg va gulchangchilarining lipidlari tarkibi tadqiq qilindi va o‘simlik gultojibargining neytral lipidlari tarkibida 269,50 mg%, lipofil moddalar tarkibida 1438,32 mg% miqdorda karotinoidlar, shuningdek, gulchangchining neytral lipidlari tarkibida 2231 mg%, lipofil moddalar tarkibida esa 4958 mg% miqdorda karotinoidlar mavjudligi aniqlangan. Mazkur o‘simlikning gulchangchilari karotinoidlarga boy manba sifatida xizmat qilishi mumkinligi tasdiqlangan;
farmakologik tadqiqotlar natijasida Crocus sativus o‘simligi gul organlaridan ajratilgan flavonoidlar yig‘indisi kuchli antioksidant va gipoksiyaga qarshi, gipolipidemik, yallig‘lanishga qarshi hamda gepatoprotektor faolliklarga ega vosita sifatida tavsiya qilinadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Crocus sativus hamda Senecio subdentatus o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va xossalarini tadqiq qilish asosida:
Crocus sativus o‘simligi gultojibarglaridan ajratilgan flavonoidlar yig‘indisi asosida antioksidant, gipoksiyaga va yallig‘lanishga qarshi hamda gipolipidemik ta’sirlarga ega BFQ “Saflavin” ni ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnomasi tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TY 03535440-070:2025, 24.06.2025), shuningdek, ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma (№1313274; R-153412402, 13.01.2026) olingan. Natijada antioksidant, gipoksiyaga va yallig‘lanishga qarshi hamda gipolipidemik ta’sirga ega BFQ ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ajratilgan kempferol-3-O-soforozid va gelixrizozid birikmalarining RTT ma’lumotlari Buyuk Britaniyaning Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilib (The Cambridge Structural Database, ccdc.cam. ac.uk/strutures/) ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ularga tegishli CCDC (mos holda CCDC 2486410 va 2465519) hamda ENOKUR hos ID raqamlari olingan. Natijada bu elektron dasturiy ta’minot yordamida bazaga kiritilgan shu turdagi moddalarning fazoviy tuzilishlarini aniqlash va farmakologik faolliklarini bashorat qilish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish