Jonqobilov Bektemir Ulug‘muradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuqlikning beqaror harakatida naporli quvurning gidravlik hisobini takomillashtirish»,
05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6288
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fatxulloev Alisher Mirzotilloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 10/2025.27.12..T.01.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, professor, Shakirov Baxtiyor Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: suyuqlikning beqaror harakati davomida naporli quvurlarning gidravlik hisobini joy relefini, napor yo‘qolishini, kavitatsiyani inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naporli quvurlarda statik naporning tiklanishida napor yo‘qolishini, gidravlik ishqalanishning kvadratik qonuniyatini va quvur uzunligi bo‘yicha tekis taqsimlanishini inobatga olib oqim uzlyuksizligining uzilishi bilan sodir bo‘lgan gidravlik zarbaning matematik modeli ishlab chiqilgan;
qiya va gorizontal naporli quvurlarda oqim uzlyuksizligi uzilgan joylarda statik naporga nisbatan to‘g‘ri gidravlik zarba naporining ortishini hisoblash usullari kavitatsiyani inobatga olib takomillashtirilgan;
naporli quvurlarda oqim butunligi uzilishi bilan kechadigan suv zarbi jarayonida er relefi, suv va naporli quvurning fizik-mexanik xossalari hamda beqaror harakatda quvur uzunligi bo‘yicha ishqalanish kuchlarini inobatga olib maksimal naporni hisoblash usuli takomillashtirilgan;
naporli quvurda gidravlik qarshilikni, vakuumni va suvning fizik xossalarini inobatga olib suyuqlikning beqaror harakatida oqim butunligi uzilishi bilan kechadigan gidravlik zarbani hisoblash usuli takomillashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyuqlikning beqaror harakati davomida naporli quvurlarning gidravlik hisobini joy relefini, napor yo‘qolishini, kavitatsiyani inobatga olib takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
naporli quvurlar ishqalanish kuchlarini va bosim quvurlarining er sirtiga nisbatan gorizontal va qiya yotish holatlarini hisobga olgan holda oqim butunligi uzilishi bilan kechadigan gidravlik zarbalarni hisoblash usullari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi tumanida joylashgan Qo‘ng‘irtog‘ nasos stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyuldagi 02/19-2516-son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarining barqaror ishlashini ta’minlash natijasida resurslarni tejashning 15-17 foizga oshirish imkonini berdi;
nasos stansiyasi bosimli quvurlarini er sirtiga yotish holatlarini hisobga olgan holda sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida suv zarbasini hisoblash usullari natijalari O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Amu-Qashqadaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Kitob tumanida joylashgan Varganza-2 nasos stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyuldagi 02/19-2516-son maʼlumotnomasi). Natijada nasos stansiyasining barqaror ishlashini taʼminlash natijasida resurslarni tejashning 6-8 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish