Allanov Muso Berdiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aqlli issiqxonalardagi jarayonlarni boshqarishning intellektual tizimi va qaror qabul qilish”, 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3886.
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, professor. Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Karabaev Dilshod Timurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Maraximov Avazjon Raximovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqlli issiqxonalarda qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirilgan (ilg‘or) boshqarish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskret qiymatlarni tanlash asosida issiqxonani mikroiqlim parametrlarini bashoratlash va boshqarish imkonini beruvchi formallashtirilgan yondashuv takomillashtilgan;
Kalman filtri asosida tashqi ta’sirlar va noaniqliklar mavjud sharoitda boshqarish tizimining barqarorligini oshirish hamda bashoratlashdagi stoxastik xatoliklarni kamaytirishni ta’minlaydigan bashoratlar va o‘lchovlarni muvofiqlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
radial-bazisli neyron tarmoq (RBF-NN) asosida issiqxonadagi haroratni qisqa muddatli bashoratlash imkonini beruvchi parametrik optimallashtirilgan imitatsion model ishlab chiqilgan;
uzoq muddatli noaniqlik sharoitida barqaror boshqarish strategiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi tayanch nuqtaga asoslangan maqsadli dasturlash metodologiyasi (RPGP) va optimal qarorlar generatsiyasi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aqlli issiqxonalardagi jarayonlarni boshqarishning intellektual tizimi va qaror qabul qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqxonani bashoratlash va real vaqt rejimida parametrlarni boshqarishning dasturiy vositasi “LUX ACTIVE BUSINESS” MChJ da joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04-04-746-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan optimallashtirilgan boshqaruv modeli asosida issiqxonada energiya sarfini 1.2–1.8% ga kamaytirish va mikroiqlim parametrlarining barqarorligini 2 % ga oshirish imkonini bergan;
issiqxonadagi haroratni bashoratlash uchun ishlab chiqilgan optimallashtirilgan dasturiy tizimi “LUX ACTIVE BUSINESS” MChJ da joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04-04-746-son ma’lumotnomasi). Natijada mikroiqlim parametrlarining qisqa muddatli bashorat aniqligini 1.5% ga oshirish hamda boshqaruv tizimining tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchanligini yaxshilash imkonini bergan;
uzoq muddatli noaniqlik sharoitida barqaror boshqarish strategiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar “LUX ACTIVE BUSINESS” MChJ da joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/04-04-746-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq muddatli noaniqlik sharoitida tizim barqarorligini 1.4 % ga oshirishni ta’minlash imkonini bergan.