Tursunov Temur Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ipakdan trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4921.
Ilmiy rahbar: Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmal Alisherovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tabiiy ipakdan xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy duragay pillalarini saralash jarayonida nuqsonlilarini chuvish jarayoniga o‘tkazmaslik orqali trikotaj to‘qimasi olishda foydalanish uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli xom ipak ishlab chiqarish texnologik rejimlari takomillashtirilgan;
eshilgan iplardagi qoldiq serisin miqdori, iplar qo‘shilish soni, berilgan buramlarni uning qattiqligiga va mustahkamligiga bog‘liqligi ishlab chiqilgan va olingan natejalar asosida regression modellar orqali ratsional texnologik parametrlar aniqlangan; 
trikotaj iplarini tayyorlash uchun qattiqlik va mustahkamlikni inobatga olgan holda tabiiy ipakdan eshilgan iplarni qaynatish rejimi va resepti ishlab chiqilgan;
tabiiy ipakdan trikotaj ipi ishlab chiqarish uchun eshilgan ip tayyorlashni texnologiyasi amaldagiga nisbatan ikkinchi qo‘shib eshish hamda buramlarni mustahkamlash jarayonlarini qisqartirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: tabiiy ipakdan trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish hisobiga olingan ilmiy natijalar asosida:
ipakdan trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishning yangi texnologik tizimlari va ko‘rsatkichlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Namangan viloyatidagi “Verigorow Ipagi” ma’suliyati cheklangan jamiyatining iplarni to‘qishga tayyorlash sexida (2 ta qo‘shib-eshish mashinasida) joriy etilgan. Natijada eshish jarayonida iplarning uzulishi 6 % ga, xomashyo chiqindilari 5 % ga kamayishiga, mashina unumdorligi 4,18 martaga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish