Aktamov Bobirjon Mardon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kapitalini iqtisodiy baholash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5379.
Ilmiy rahbar: Zoyirov Laziz Subxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, DSc, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda baholash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mulk qiymatini baholash jarayonida obektning yakuniy bozor qiymatini optimallashtirish yuzasidan baholash standartlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash, bunda agar baholovchi yagona baholash usulining aniq va to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa, qiymatni baholashning bitta usulidan foydalanish mumkinligi asoslantirilgan;
baholash jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida sudlarning so‘rovnomalariga ko‘ra, bahsli vaziyatlarda baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishda ekspert komissiyasiga kiritilgan materiallarni dastlab baholash hisobotini tayyorlagan baholash tashkiloti a’zo bo‘lgan professional jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va xulosa berilish taklif etilgan;
baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritish taklif etilgan;
professional baholovchi malaka sertifikatini olish uchun baholash faoliyati bo‘yicha bakalavr va magistr diplomiga yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga maxsus o‘quv kursidan o‘tmasdan malaka imtihonini topshirish imkoniyatini taqdim etish zaruriyati asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mulk qiymatini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mulk qiymatini baholash jarayonida obektning yakuniy bozor qiymatini optimallashtirish yuzasidan baholash standartlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash, bunda agar baholovchi yagona baholash usulining aniq va to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa, qiymatni baholashning bitta usulidan foydalanish taklifi “Yagona baholash milliy standarti”da qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 24-iyuldagi 03/45-8-24192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mulk qiymatini baholashda qo‘llaniladigan yondashuvlardan kelib chiqadigan hisob-kitoblardagi xatoliklarni oldini olish hamda muvofiqlashtirish jarayonini soddalashtirishga erishilgan;
baholash jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida sudlarning so‘rovnomalariga ko‘ra, bahsli vaziyatlarda baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishda ekspert komissiyasiga kiritilgan materiallarni dastlab baholash hisobotini tayyorlagan baholash tashkiloti a’zo bo‘lgan professional jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–101-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 24-iyuldagi 03/45-8-24192-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, baholash faoliyati sohasida o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmini yanada rivojlantirish maqsadidaga erishilgan;
baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritish majburiyligi yuzasidan taklifi Vazirlar Mahkamasining “Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 24-iyuldagi 03/45-8-24192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish jarayonini shaffofligini oshirilishi ta’minlangan;
professional baholovchi malaka sertifikatini olish uchun baholash faoliyati bo‘yicha bakalavr va magistr diplomiga yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga maxsus o‘quv kursidan o‘tmasdan malaka imtihonini topshirish imkoniyatini taqdim etish zaruriyati yuzasidan taklifi Vazirlar Mahkamasining “Malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 24-iyuldagi 03/45-8-24192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, baholash faoliyatida kadrlar sifati va sonining oshirilishi ta’minlangan.