Xusniddinov Yorqinjon Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5928
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Munavvarxon Hayot qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Rixsimbaev Odiljon Kabildjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shermuhammedov Abbos Toirovich iqtisodiyot fanlari doktori,professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini baholashga oid mavjud ilmiy qarashlarning iqtisodiy mazmuni tizimli tahlil qilinib, ta’lim muassasalarining raqamli rivojlanish darajasi va raqobatbardoshligini aniqlashga xizmat qiluvchi, ichki va tashqi omillarni o‘z ichiga olgan integrallashgan ko‘rsatkichlar majmuasi asosida baholash metodikasi ilmiy jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’limda raqamli texnologiyalar asosida o‘quv jarayonlari, baholash va boshqaruv faoliyatini real vaqt rejimida monitoring qilish va tahlil etishga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali Raqamli ta’lim monitoring platformasi, konsepsiyasi ishlab chiqilib, uning funksional arxitekturasi hamda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy mexanizmlari ilmiy asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari misolida raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi bo‘yicha empirik tahlil o‘tkazilib, raqamli transformatsiya jarayonlarining ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi va resurslardan foydalanish natijadorligiga ta’siri indikatorlar asosida baholangan hamda ushbu jarayonlarning iqtisodiy natijalari modellashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish sharoitida ta’lim monitoringi, boshqaruv samaradorligi va masofaviy o‘qitish imkoniyatlarining rivojlanish tendensiyalari aniqlanib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamli transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini baholashga xizmat qiluvchi prognoz ko‘rsatkichlari ilmiy asosda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayon sifatida takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 09-oktyabrdagi 01-1015-1164-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli texnologiyalar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, baholash va boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini baholashda ichki va tashqi omillarni o‘z ichiga olgan integrallashgan ko‘rsatkichlar majmuasi asosida baholash metodikasini qo‘llash orqali ta’lim monitoringi va boshqaruv samaradorligini oshirish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 04/17-4/4-720-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli rivojlanish darajasini baholash aniqligi o‘rtacha 20-25 foizga, boshqaruv qarorlarining asoslanganlik darajasi esa 15-18 foizga oshgan;
oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalar asosida o‘quv jarayonlari, baholash va boshqaruv faoliyatini real vaqt rejimida monitoring qilish va tahlil etishga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali “Raqamli ta’lim monitoring platformasi” (RTMP) konsepsiyasini joriy etish orqali o‘quv jarayonini monitoring qilish tezligini oshirish, ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini kuchaytirish hamda boshqaruv jarayonlarini operativligini ta’minlash taklifi oliy ta’lim muassasalarining 2024–2030-yillarga mo‘ljallangan raqamli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 04/17-4/4-720-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘quv jarayonlarini monitoring qilish tezligi 25-30 foizga, ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligi 22-27 foizga, boshqaruv jarayonlarining operativligi esa 20 foizga oshgan;
oliy ta’lim muassasalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida raqamli transformatsiya jarayonlarining ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi va resurslardan foydalanish natijadorligiga ta’sirini baholovchi prognoz ko‘rsatkichlari 2030-yilgacha ishlab chiqilgan hamda mazkur prognozlar oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 04/17-4/4-720-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim monitoringi, boshqaruv samaradorligi va masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish darajasining izchil oshishiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish