Abdubanonova Umida Avaz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Resurstejamkorlik asosida tabiiy charm qiyqimlaridan ustki kiyim ishlab chiqish usulini yaratish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5414 
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salih Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03 
Rasmiy opponentlar: Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Bahriddinova Dilrabo Amanboevna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy charm qiyqimlaridan foydalangan holda gigienik xususiyati yuqori bo‘lgan paketni shakllantirish bilan resurstejamkorlik asosida tikuv buyumlarini loyihalash usulini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy charmdan ayollar mavsumiy to‘plamini tayyorlashning xomashyo qiyqimlaridan va chiqindilarni qayta ishlash orqali olinadigan polimer kompozisiyasidan foydalanishni ko‘zda tutuvchi resurs tejamkor usuli taklif etilgan; 
tabiiy charmdan uning lokal qismlarini shakllantirish mexanizmini hisobga olgan holda tikuv buyumlarining gigienik va havo o‘tkazuvchanlik kabi xususiyatlarini ta’minlovchi loyihalash texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tabiiy charm homashyosiga yangi usulda ishlov berib tayyorlangan detallarning uzilish kuchi, uzilishdagi uzayishi, havo o‘tkazuvchanlik va gigienik kabi fizik-mexanik xususiyatlari xarakteristikalarining o‘zgarish qonuniyatlari  tikuv buyumini kiyib yurish orqali sinovlarda aniqlangan;
tabiiy charm qiyqimlaridan shakllangan ayollar mavsumiy to‘plami paketining gigienik xususiyatlarini matematik modellari va grafik bog‘liqliklari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Resurstejamkor texnologiya asosida yuqori gigienik xususiyatli tabiiy charm qiyqimlaridan ayollar ustki kiyimini sifatini taʼminlash texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishning samarali usulini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy charm qiyqimlardan gigienik xususiyati yuqori bo‘lgan tikuv buyumlarini loyihalash va resurstejamkorlik texnologiya asosida ishlab chiqishning yangi usuli “Ideal tekstil-Orzu” MChJda tadbiq etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 14-noyabrdagi №02/06-2693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy charm qiyqimlaridan tikuv buyumlariga ishlov berish texnologik jarayonining samaradorligini 25 % gacha oshirish va mahsulot tannarxini 70 % gacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
innovatsion resurstejamkor texnologiya asosida tabiiy charm qiyqimlaridan fizik-mexanik xususiyati yuqori bo‘lgan tikuv buyumlarini ishlab chiqishning yangi usuli “Home textile NT” MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 14-noyabrdagi №02/06-2693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy charm qiyqimlaridan foydalanib ayollar mavsumiy to‘plamlarini ishlab chiqarishning umumiy yillik iqtisodiy samaradorligi bitta to‘plam uchun 182 200 000 so‘m olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish