Djalilov Gayrat Kaxramanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.-.PhD/Iqt--
Ilmiy rahbar: Ortikov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Moxichexra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Toshpulatov Davron Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatli depozitlarning 1-darajali asosiy kapitalga uzoq muddatda to‘g‘ri, qisqa muddatda esa teskari proporsional ta’sirini hisobga olish asosida bankning oylik moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda kapital etarliligi va likvidlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan taklif ishlab chiqilgan;
tijorat banklari aktiv va majburiyatlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda kredit va lizing operatsiyalari leverej koeffisientiga uzoq muddatda teskari ta’sir ko‘rsatishi empirik tahlillar asosida aniqlanib, bank moliyaviy ko‘rsatkichlarining qayta muvozanatga kelish darajasi bir oy muddatda 72 foizga etishi asoslangan;
bankning barqaror moliyalashtirish manbasiga qisqa muddatli davrda bank daromadlari va depozitlari ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish asosida likvidlik va moliyaviy barqarorlikka salbiy qisqa muddatli tebranishlarning oldini olish hamda ushbu manbaning uzoq, ya’ni 45–50 kunlik davrda bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ta’minlash taklif etilgan;
bankning barqaror moliyalashtirish hajmi qisqa muddatli davrda lkvidlikni qoplash koeffisientini oshirishiga erishish orqali bankning ichki moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash jarayonida daromad keltiradiga likvid aktivlarni oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvorliklarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
muddatli depozitlarning 1-darajali asosiy kapitalga uzoq muddatda to‘g‘ri, qisqa muddatda esa teskari proporsional ta’sirini hisobga olish asosida bankning oylik moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda kapital etarliligi va likvidlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan taklifi AT Aloqabank bank faoliyatida qo‘llanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 31-oktyabrdagi 25-04/5371-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank muddatli depozitlari ulushi 2024-yilda o‘tgan 2023-yil yakuniga nisbatan 1,5 barobarga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari aktiv va majburiyatlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda kredit va lizing operatsiyalari leverej koeffisientiga uzoq muddatda teskari ta’sir ko‘rsatishi empirik tahlillar asosida aniqlanib, bank moliyaviy ko‘rsatkichlarining qayta muvozanatga kelish darajasi bir oy muddatda 72 foizga etishiga doir taklifi AT Aloqabank bank faoliyatida qo‘llanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 31-oktyabrdagi 25-04/5371-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank aktivlari 2024-yilda o‘tgan 2023-yil yakuni nisbatan 6,7 trln so‘mga yoki 150 foizga oshgan;
bankning barqaror moliyalashtirish manbasiga qisqa muddatli davrda bank daromadlari va depozitlari ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish asosida likvidlik va moliyaviy barqarorlikka salbiy qisqa muddatli tebranishlarning oldini olish hamda ushbu manbaning uzoq, ya’ni 45–50 kunlik davrda bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ta’minlashga doir taklifi AT Aloqabank bank faoliyatida qo‘llanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 31-oktyabrdagi 25-04/5371-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank sof barqaror moliyalashtirish ko‘rsatkichi 2024-yilda o‘tgan 2023-yil yakuni nisbatan 3,8 foizga oshgan;
bankning barqaror moliyalashtirish hajmi qisqa muddatli davrda lkvidlikni qoplash koeffisientini oshirishiga erishish orqali bankning ichki moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash jarayonida daromad keltiradiga likvid aktivlarni oshirish taklifi AT Aloqabank bank faoliyatida qo‘llanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 31-oktyabrdagi 25-04/5371-son ma’lumotnomasi). Natijada bank likvid aktivlari 2024-yilda o‘tgan 2023-yil yakuni nisbatan 6,4 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish