Mahmudov Aminjon Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida import bojxona boji stavkalarini optimallashtirish», 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4448.
Ilmiy rahbar: Pardaev Tulkin Nasirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yakubova Shamshinur Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida import bojxona boji stavkalarini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishini oldini olish hamda ichki bozorni tayyor zargarlik buyumlari bilan samarali ta’minlash maqsadida tayyor zargarlik buyumlariga bo‘lgan import bojxona boji stavkasini 20 foizdan
10 foizga tushirish bo‘yicha taklifi asoslangan;
TIF TNning 7106920000 kodida tasniflanuvchi ligatura tovari zargarlik sanoatida foydalaniladigan asosiy xomashyo ekanligi sababli, mazkur tovarga import bojxona bojining nol` foizlik stavkasini qo‘llash bo‘yicha taklifi asoslangan;
turizm sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga turizm faoliyatida foydalanish uchun xorijiy davlatlardan keltiriluvchi transport vositalari hisoblanadigan avtobus va mikroavtobuslarga bojxona bojini 20 foizga qadar pasaytirilishini ko‘zda tutuvchi imtiyoz berish orqali soha faoliyatini rivojlantirish taklifi asoslangan; 
import bojining yig‘iluvchanligiga ta’sir etuvchi soliqqa tortiladigan import dinamikasi, importyorlar soni, imtiyoz va preferensiyalar, bojxona bojining o‘rtacha arifmetik stavkasi, AQSh dollari kursi kabi omillar asosida davlat byudjetiga import boji tushumining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida import bojxona boji stavkalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida: 
tovarlarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishini oldini olish hamda ichki bozorni tayyor zargarlik buyumlari bilan samarali ta’minlash maqsadida tayyor zargarlik buyumlariga bo‘lgan import bojxona boji stavkasini 20 foizdan
10 foizga tushirish bo‘yicha taklifi Bojxona qo‘mitasi tomonidan import boj stavkasini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 24 sentyabrdagi
15/05-24-01450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tayyor zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishi, ya’ni, kontrabanda holatlari 2025 yilda 2 barobarga kamaygan. Shuningdek, ushbu tovarlar qonuniy import hajmi ko‘payishi hisobiga davlat byudjetiga tushumlar 1,2 trln so‘mga oshishi ta’minlangan;
TIF TNning 7106920000 kodida tasniflanuvchi ligatura tovari zargarlik sanoatida foydalaniladigan asosiy xomashyo ekanligi sababli, mazkur tovarga import bojxona bojining nol` foizlik stavkasini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2024 yil 23 iyuldagi «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-104-son Farmoni 6-ilovasi 8-bandining «a» kichik bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 24 centyabrdagi 15/05-24-01450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xomashyoning arzonroq va barqaror etkazib berilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tannarxini pasaytirishga va raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan;
turizm sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga turizm faoliyatida foydalanish uchun xorijiy davlatlardan keltiriluvchi transport vositalari hisoblanadigan avtobus va mikroavtobuslarga bojxona bojini 20 foizga qadar pasaytirilishini ko‘zda tutuvchi imtiyoz berish orqali soha faoliyatini rivojlantirish taklifi Bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining
2024 yil 24 centyabrdagi 15/05-24-01450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy davlatlardan keltiriluvchi transport vositalari hisoblanadigan avtobus va mikroavtobuslardan turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlari kengaygan;
import bojining yig‘iluvchanligiga ta’sir etuvchi soliqqa tortiladigan import dinamikasi, importyorlar soni, imtiyoz va preferensiyalar, bojxona bojining o‘rtacha arifmetik stavkasi, AQSh dollari kursi kabi omillar asosida davlat byudjetiga import boji tushumining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat byudjetining tushumlari prognozini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 24 sentyabrdagi
15/05-24-01450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish