Pardaev Asror Abdujabborovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoiti (1985-2021yy.)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Tar151
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Qobulov Eshbolta Atamurotovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Ishquvvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1985–2021-yillardagi Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoiti tarixini ilmiy nuqtai nazardan yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining yuqori va quyi hududlarida aholi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatida bir qator o‘ziga xosliklar kuzatilib, XX asrning 80-yillarida faqat paxtachilik bilan shug‘ullanib kelgan yuqori hududlar aholisi, bugungi kunda asosan bog‘dorchilik, uzumchilik bilan, quyi hudud aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi, viloyat aholisining boshqa hududlarga nisbatan demografik tarkibdagi o‘zgarishlar, shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan ortishi dinamik o‘zgarishlarda namoyon bo‘lganligi, mustaqillikning dastlabki yillarida ishsizlikning ortishi natijasida XX asrning 90-yillaridan viloyatda mehnat migratsiyasi aholi kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
Mustaqillik arafasida Qashqadaryo viloyati aholisining mehnat va maishiy sharoitlari qiyin ahvolda bo‘lganligi, umumiy aholining taxminan 24,1 foizi ishsiz bo‘lgan, qishloq joylardagi aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi juda pastligi, shuningdek, ko‘plab qishloqlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, mustaqillik yillarida esa bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, mehnat yarmarkalarining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ishsizlik darajasi pasayganligi, aholining kommunal xizmatlar, jumladan, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanib, 2016-yildan boshlab barcha gazlashmagan aholi gaz balonlari bilan ta’minlanishi natijasida 64,8 foizdan oshganligi statistik tahlillar va og‘zaki tarix ma’lumotlari asosida ko‘rsatib berilgan;
Qashqadaryo viloyati aholisining daromadlari va xarajatlari yordamchi xo‘jalik bilan shug‘ullanishi natijasida daromadlarining ortishi, daromadning aksar qismi kundalik xarajatlarga ishlatilishi, 1985–1990-yillarda aholini xalq iste’mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda kamchiliklar mavjudligi, 1992-yildan bozor sharoitlariga o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida ularga oziq-ovqat va turli xomashyo mahsulotlari sotishning imtiyozli yo‘llarini ishlab chiqilishi qator ijobiy holatlarga olib kelganligi, xususan, o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida un, makaron mahsulotlari, guruch, o‘simlik moyi, choy, shakarqand, tuxum, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kir sovun, ip-gazlama matolarni sotishda cheklangan narxlar belgilanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ularni imtiyozli narxlarda sotish yo‘llari ishlab chiqilganligi, keyingi yillarda aholining real daromadlari hamda xarid qobiliyatini ortgaligi, shuningdek kam ta’minlangan oilalar hamda aholi qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar farqini qisqartirish borasida qilingan ishlar mavjud ma’lumotlar asosida dalillangan;
Qashqadaryo viloyatida mustaqillikning dastlabki yillarida umumta’lim va kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim muassasalaridagi moddiy-texnika bazalari nihoyatda achinarli holatdaligi, so‘nggi yillarda viloyatdagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining ham moddiy-texnika bazasi tubdan yangilanganligi, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida maktablarning mavqei yanada mustahkamlanganligi, maktabgacha ta’lim tizimida bolalar qamrovi oshganligi, bundan tashqari, viloyatdagi sog‘liqni saqlash tizimining ahvoli, sohadagi muammo va kamchiliklar, voha iqlim sharoitidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularning bartaraf etilishi, hududlardagi tibbiy muassasalarning holati, sohada amalga oshirilgan ishlarning viloyat hayotiga ta’siri ko‘rsatib berilgan;
Sovet davrida O‘zbekistonda, jumladan, Qashqadaryo viloyati shaharlari madaniy hayotida ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, lekin tumanlarda tashkil etilgan madaniy muassasalarda etarli sharoit yaratilmaganligi, ular qoshidagi ansambllarning faoliyati qoniqarli emasligi, mustaqillik yillarida viloyat va tumanlarda faoliyat olib borgan madaniyat uylari qaytadan tashkil etilganligi, viloyatdagi barcha istirohat bog‘lari qaytadan rekonstruksiya qilinganligi, natijada aholi kundalik hayotida madaniyat uylari va istirohat bog‘lari alohida o‘rin tutadigan maskanlarga aylanganligi mavjud ma’lumotlar ma’lumotlar asosida yoritib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, avvalo, 1985–2021 yillarda Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoitiga oid materiallar davriy izchillikda, muammoviy yondashuv asosida tahlil qilindi, ularning sabab va oqibatlari aniqlandi hamda tegishli xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati keltirilgan materiallar va xulosalar 1985 – 2021-yillarda Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayotiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borishda, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etishda hamda ushbu o‘quv kurslaridan o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, avvalo, 1985–2021-yillarda Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoitiga oid materiallar davriy izchillikda, muammoviy yondashuv asosida tahlil qilindi, ularning sabab va oqibatlari aniqlandi hamda tegishli xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati keltirilgan materiallar va xulosalar 1985 – 2021-yillarda Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayotiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borishda, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etishda hamda ushbu o‘quv kurslaridan o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoitiga (1985–2021yy.) oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyatining yuqori va quyi hududlarida aholi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatida bir qator o‘ziga xosliklar kuzatilib, XX asrning 80 yillarida faqat paxtachilik bilan shug‘ullanib kelgan yuqori hududlar aholisi, bugungi kunda asosan bog‘dorchilik, uzumchilik bilan, quyi hudud aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi, viloyat aholisining boshqa hududlarga nisbatan demografik tarkibdagi o‘zgarishlar, shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan ortishi dinamik o‘zgarishlarda namoyon bo‘lganligi, mustaqillikning dastlabki yillarida ishsizlikning ortishi natijasida XX asrning 90-yillaridan viloyatda mehnat migratsiyasi aholi kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariyini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-44-428-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti tarixi bo‘yicha yangi ma’lumotlarga va teletomoshabinlarda viloyat aholisining 1985–2021 yillardagi hayoti haqida taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatini bergan;
Mustaqillik arafasida Qashqadaryo viloyati aholisining mehnat va maishiy sharoitlari qiyin ahvolda bo‘lganligi, umumiy aholining taxminan 24,1 foizi ishsiz bo‘lgan, qishloq joylardagi aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi juda pastligi, shuningdek, ko‘plab qishloqlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, mustaqillik yillarida esa bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, mehnat yarmarkalarining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ishsizlik darajasi pasayganligi, aholining kommunal xizmatlar, jumladan, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanib, 2016-yildan boshlab barcha gazlashmagan aholi gaz balonlari bilan ta’minlanishi natijasida 64,8 foizdan oshganligiga oid ilmiy natijalardan Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining № 01-23/22-04-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoiti haqida juda qimmatli ma’lumotga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati aholisining daromadlari va xarajatlari yordamchi xo‘jalik bilan shug‘ullanishi natijasida daromadlarining ortishi, daromadning aksar qismi kundalik xarajatlarga ishlatilishi, 1985–1990-yillarda aholini xalq iste’mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda kamchiliklar mavjudligi, 1992-yildan bozor sharoitlariga o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida ularga oziq-ovqat va turli xomashyo mahsulotlari sotishning imtiyozli yo‘llarini ishlab chiqilishi qator ijobiy holatlarga olib kelganligi, xususan, o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida un, makaron mahsulotlari, guruch, o‘simlik moyi, choy, shakarqand, tuxum, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kir sovun, ip-gazlama matolarni sotishda cheklangan narxlar belgilanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ularni imtiyozli narxlarda sotish yo‘llari ishlab chiqilganligi, keyingi yillarda aholining real daromadlari hamda xarid qobiliyatini ortgaligi, shuningdek kam ta’minlangan oilalar hamda aholi qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar farqini qisqartirish borasida qilingan ishlar asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023–2024 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-avgustdagi 344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy etilgan ma’lumotlar aholi ma’naviy saviyasining oshishiga, xalqimizning mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi, bag‘rikengligi kabi fazilatlari haqidagi tasavvurlarning yanada kengayishiga xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyatida mustaqillikning dastlabki yillarida umumta’lim va kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim muassasalaridagi moddiy-texnika bazalari nihoyatda achinarli holatdaligi, so‘nggi yillarda viloyatdagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining ham moddiy-texnika bazasi tubdan yangilanganligi, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida maktablarning mavqei yanada mustahkamlanganligi, maktabgacha ta’lim tizimida bolalar qamrovi oshganligi, bundan tashqari, viloyatdagi sog‘liqni saqlash tizimining ahvoli, sohadagi muammo va kamchiliklar, voha iqlim sharoitidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularning bartaraf etilishi, hududlardagi tibbiy muassasalarning holati, sohada amalga oshirilgan ishlarning viloyat hayotiga ta’siriga oid ilmiy natijalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi dasturida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 22-oktyabrdagi № 01-27/541-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish imkonini bergan.