Ramazonov Akmal Samadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larning hisobi va ichki auditini takomillashtirish”. 08.00.08–"Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4755
Ilmiy rahbar: Tuychiev Alisher Juraevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02
Rasmiy opponentlar: Sattarov Alisher Hasan o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va ichki auditini takomillashtirish borasida taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar turar joylari” uchun tushgan mablag‘lar hamda professor-o‘qituvchilarning o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobi va nazoratini yaxshilash bo‘yicha ichki audit dasturi, rejasi va hisobot shaklini ishlab chiqish zarurligi asoslangan;
byudjetdan tashqari pul mablag‘larini bank depozitlariga joylashtirishdan daromadlarni  520 151 (252/1) – «Muassasaning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklarida depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlar», ular hisobidan qilinadigan  xarajatlarni 730 100 (251/1)  –ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan; 
rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari schyoti tarkibida 520 311 (262/1) – «Talabalar turar joylaridan foydalanilganlik uchun tushadigan daromadlar» hamda xarajatlari schyoti tarkibida 741 100 (261/1) – «Talabalar turar joylari uchun tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlar» nomli alohida ishchi schyotlari ochish taklif etilgan;
rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari schyoti tarkibida 520 312 (262/2) – «OTM professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar» hamda xarajatlari schyoti tarkibida 741 200 (261/2) – «Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlar» nomli alohida ishchi schyotlari ochish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi nazoratini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    Oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylari uchun tushgan mablag‘lar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirishdan olingan mablag‘lar bo‘yicha ichki auditni o‘tkazishning dasturi, rejasi va hisobot shaklini yaratish taklifi Guliston davlat universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 2025 yil 19 fevraldagi 03/29-408-son ma’lumotnoma)da o‘z aksini topgan. Natijada, Oliy ta’lim muassasasida talabalar bilan turar joylari uchun undiriladigan to‘lovlar doirasida hisob-kitoblar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirishdan olingan mablag‘lar bo‘yicha ichki audit dasturi, rejasini tuzish, audit dalillarini olish, o‘rganish, audit hisobotini tizimlashtirish imkoniyati yaratilgan.
    Shaxsiy hisob raqamidagi  vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklarida depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlarni  520 151 (252/1) – «Muassasaning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklarida depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlar», bu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlarni 730 100 (251/1) – «To‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklarida depozitga joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlar» nomli alohida ishchi schyotida hisobga olish taklifi Guliston davlat universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 2025 yil 19 fevraldagi 03/29-408-son ma’lumotnoma)da o‘z aksini topgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklarida depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlar hamda bu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar yuzasidan alohida analitik hisob ishlarini yuritish va ularga oid davriy, tezkor hamda tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirishga erishilgan;
    Rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari schyoti tarkibida talabalar turar joylaridan foydalanilganlik uchun tushadigan daromadlarni 520 311 (262/1) – «Talabalar turar joylaridan foydalanilganlik uchun tushadigan daromadlar» nomli alohida ishchi schyotida hamda bu mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni haqiqiy xarajatlar schyoti tarkibida 741 100 (261/1) – «Talabalar turar joylari uchun tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlar» nomli alohida ishchi schyotida hisobga olish taklifi  Guliston davlat universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 2025 yil 19 fevraldagi 03/29-408-son ma’lumotnoma)da o‘z aksini topgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida rivojlantirish jamg‘armasida talabalardan turar joylari uchun tushadigan daromadlar hamda bu mablag‘lar hisobiga talabalardan turar joylari uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni alohida hisobga olish, ularga oid davriy, tezkor hamda tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalarini tijorat-lashtirishdan olinadigan daromadlarni 520 312 (262/2) – «Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida erishilgan yutuqlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar» nomli, bu mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni 741 200 (261/2) – «Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlar» nomli alohida ishchi schyotida hisobga olish taklifi Guliston davlat universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 2025 yil 19 fevraldagi 03/29-408-son ma’lumotnoma)da o‘z aksini topgan. Natijada, oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatlari natijasida erishilgan yutuqlarini tijoratlashtirishdan tushadigan daromadlar hamda bu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar yuzasidan alohida analitik hisob ishlarini yuritish va tezkor tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish