Ibragimov Baxrom Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasini strategik tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt1063
Ilmiy rahbar: Sapaeva Nilufar Kadambaevna , iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mavlanova Barchinoy Shonazar qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasini strategik tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasi jarayonni yumshatish uchun markaz–periferiya tizimidagi iqtisodiy oqimlarni qayta yoʻnaltirish, periferiyada klasterlarni shakllantirish, transport-logistika, raqamli infratuzilma va ko‘nikmalar siyosatini kuchaytirish asosida markaz–periferiya tafovutlarining shakllanish mexanizmi taklif etilgan;
hududlarning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini strategik tartibga solishning “davlat – biznes – ilm-fan – NNT – mahalla” ko‘p markazli sinergiya maydonini yaratishga qaratilgan integratsiyalashgan “multi-hub” hududiy boshqaruv tizimi taklif etilgan;
iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va infratuzilma bilan bogʻliq omillar ta’sirida hududlarning tabaqalashuv darajasini “variatsiya”, “desil”, “jini” koeffisientlari hamda teyl jamlanma indekslarini yuqori (〖0,70≤I〗_j≤1,0), o‘rtacha yuqori (〖0,50≤I〗_j≤0,70) va o‘rtacha past (〖0.35≤I〗_j≤0,50), past (〖0≤I〗_j≤0,35) rivojlangan hududlarga ko‘ra guruhlash va strategiyalar belgilashga asoslangan axborot-analitik dasturiy tizimi taklif etilgan;
Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi omillar ta’sirida aholi jon boshiga real umumiy daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasini strategik tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasi jarayonni yumshatish uchun markaz-periferiya tizimidagi iqtisodiy oqimlarni qayta yoʻnaltirish, periferiyada klasterlarni shakllantirish, transport-logistika, raqamli infratuzilma va ko‘nikmalar siyosatini kuchaytirish asosida markaz–periferiya tafovutlarining shakllanish mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13854-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarida aholining ijtimoiy xizmatlar va iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boruvchi farqlanishlarni yuzaga chiqaruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oqibatlar nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududlarning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini strategik tartibga solishning “davlat -biznes-ilm-fan-NNT-mahalla” ko‘p markazli sinergiya maydonini yaratishga qaratilgan integratsiyalashgan “multi-hub” hududiy boshqaruv tizimi bo‘yicha taklif bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13854-son ma’lumotnomasi). “Multi-hub” tizimi asosida Xorazm viloyati tumanlari ijtimoiy tabaqalashuv darajasiga ko‘ra guruhlanib, har bir guruh uchun manzilli ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Natijada tumanlar bo‘yicha davlat resurslarini samarali taqsimlash, kam rivojlangan hududlarda aholi daromadlarini oshirish, bandlikni kengaytirish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga erishilgan;
taklif etilgan ishlab chiqilgan iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va infratuzilma omillari ta’sirida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuv darajasini variatsiya koeffisienti, desil nisbatlari, Jini koeffisienti hamda Teyl jamlanma indekslari asosida baholash, hududlarni yuqori (〖0,70≤I〗_j≤1,0), o‘rtacha yuqori (〖0,50≤I〗_j≤0,70) va o‘rtacha past (〖0.35≤I〗_j≤0,50), past (〖0≤I〗_j≤0,35) rivojlangan guruhlarga ajratish hamda har bir guruh uchun mos strategik yoʻnalishlarni belgilashga qaratilgan axborot-analitik dasturiy tizimi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13854-son ma’lumotnomasi). Ushbu tizimdan foydalanish natijasida Xorazm viloyati tumanlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra aniq guruhlanib, har bir guruh uchun investisiya jalb etish, bandlikni oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan manzilli strategik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Axborot-analitik tizim hududiy farqlarning dinamikasini muntazam monitoring qilish va davlat resurslarini samarali taqsimlash imkonini bergan;
Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi omillar ta’sirida aholi jon boshiga real umumiy daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan aniqlangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13854-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda aholi jon boshiga daromadlarining 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda 2,1-marta oshirish imkoni aniqlanib, hududiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.