G‘afforov Javohir Farhodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4032.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aydaniyazova Baxtigul Abilkasimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy tizimining makroiqtisodiy va institutsional jarayonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va ularning samaradorligini oshirishning ko‘p darajali (multilivel)  konseptual modeli taklif etilgan; 
oliy ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda kirish-chiqish ko‘rsatkichlari shakllanishini ifodalovchi imitatsion modeli taklif etilgan; 
ta’lim xizmatlari bozori samaradorligini baholash maqsadida narx moslashuvi, sig‘im – talab nisbatlari va talabani ushlab qolish darajalarini integrallashgan samaradorlik modeli    
E=(0.4P+0.35C+0.25R)/√(1+σ^2 )   taklif etilgan; 
ta’lim xizmatlari sohasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish ssenariylarini shakllantirishga xizmat qiluvchi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy tizimining makroiqtisodiy va institutsional jarayonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va ularning samaradorligini oshirishning ko‘p darajali (multilivel)  konseptual yondashuvi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha dastur va me’yoriy-uslubiy materiallarni shakllantirish jarayonida amaliy asos sifatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11346 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natija viloyatda ta’lim xizmatlari bozorining tuzilmasini tahlil qilish, ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish imkoniyatini yaratgan;
oliy ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda kirish-chiqish ko‘rsatkichlari shakllanishini ifodalovchi imitatsion modeli Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha dastur va me’yoriy-uslubiy materiallarni shakllantirish jarayonida amaliy asos sifatida foydalanilgan  (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11346 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif Qarshi xalqaro universitetida ta’lim xizmatlari bozorining tuzilmasini tahlil qilish, qabul kvotalarini rejalashtirish, ta’lim xizmatlari hajmini optimallashtirish va ichki monitoring ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni belgilash imkonini bergan;
ta’lim xizmatlari bozori samaradorligini baholash maqsadida narx moslashuvi, sig‘im – talab nisbatlari va talabani ushlab qolish darajalarini integrallashgan samaradorlik modeli Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha dastur va me’yoriy-uslubiy materiallarni shakllantirish jarayonida amaliy asos sifatida foydalanilgan  (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11346 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif ta’lim xizmatlari bozorida narx–talab moslashuvi, sig‘im chegaralari va talabani ushlab qolish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib hududiy barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkonini yaratgan;
ta’lim xizmatlari sohasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish ssenariylarini shakllantirishga xizmat qiluvchi prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha dastur va me’yoriy-uslubiy materiallarni shakllantirish jarayonida amaliy asos sifatida foydalanilgan  (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11346 son ma’lumotnomasi). Aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari ta’lim xizmatlari bozorining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga metodik asos bo‘lib xizmat qilgan hamda Qashqadaryo viloyati ta’lim tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlashga amaliy zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish