TEShAEV Fatullo Jo‘raqulovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Turli agrotadbirlarning g‘o‘za navlari defoliatsiyasi samaradorligiga ta’siri», 06.01.08 – «O‘simlikshunoslik», (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma LA № 0001493/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx132.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx/V.24.01
Rasmiy opponentlar: I.Rahmatov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori; F.H.Hoshimov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; O.Ibragimov qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida har xil agrotadbirlarda parvarishlanib, turlicha o‘sib rivojlangan g‘o‘za maydonlarini sun’iy bargsizlantirishda defoliantlarni maqbul qo‘llash me’yor va muddatlarini belgilash, ularning samaradorligini aniqlash hamda defoliantlar me’yorlarini tabaqalashtirgan holda qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turli oziqlantirish (N150R100K75; N200R140K100; N250R175K125 kg/ga) tartiblarida parvarishlangan Buxoro–102, Buxoro–8 g‘o‘za navlarining amal davri o‘suv fazalarida o‘sib-rivojlanishi, barg sathi hamda defoliatsiyadan oldin morfobiologik holati aniqlanib, ularda Sadaf va Avguron-ekstra defoliantlarining maqbul qo‘llash me’yorlari belgilangan. Defoliantlarning g‘o‘za barglarini to‘kishiga, ko‘saklar ochilishiga, 1-terim salmog‘iga, bir dona ko‘sak vazniga, paxta hosiliga ta’siri hamda iqtisodiy samaradorligi o‘rganilib, ushbu ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro korrelyasion va regression bog‘liqliklari birinchi marotaba aniqlangan. Shuningdek, o‘rganilayotgan defoliantlarning tola texnologik xususiyatlari, chigitning urug‘lik sifati va kimyoviy tarkibiga ta’siri hamda navning keyingi avlodi chigitining unib chiqishi, o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga so‘nggi ta’siri ilk bor o‘rganilgan;
birinchi marotaba majmui ravishda turli sug‘orish (ChDNSga nisbatan 65-65-60%; ChDNSga nisbatan 75-75-65%) va oziqlantirish (N150R100K75; N200R140K100 kg/ga) tartiblari hamda ko‘chat qalinliklarida (90-100 ming/ga va 110–120 ming/ga) parvarishlangan Navro‘z va Buxoro–8 g‘o‘za navlarining o‘suv davri fazalarida o‘sib-rivojlanishi, barg sathi hamda defoliatsiyadan oldin morfobiologik holati aniqlangan. UzDEF va Avguron-ekstra defoliantlarni tabaqalashtirilgan qo‘llash me’yorlari ishlab chiqilgan, o‘tkazilgan agrotadbirlar va defoliantlar samarasi orasidagi korellyasion va regression bog‘liqliklar o‘rganilgan. Turli agrotadbirlarga bog‘liq holda tolaning texnologik xususiyatlari, chigitning urug‘lik sifati va kimyoviy tarkibiga ta’siri hamda defoliantlarning g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorligi birinchi marotaba aniqlangan;
ilk bor Andijon–36, Zarafshon va Xorazm–127 g‘o‘za navlari ko‘saklarining turli ochilish muddatlarida UzDEF, PoliDEF va FanDEF defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari belgilanib, tola va chigitning sifatiga, chigitning kimyoviy tarkibiga ta’siri o‘rganilib, olingan natijalar va defoliantlar me’yori orasidagi korrelyasion va regression bog‘liqliklari aniqlanib, defoliantlarning g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
ilk bor defoliantlar sarfini g‘o‘za paykallaridagi o‘simlikning morfobiologik holatini inobatga olgan holda tabaqalashtirib qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi: ilmiy-tadqiqot natijalari asosida g‘o‘za parvarishida amal davrida o‘tkaziladigan agrotadbirlarga bog‘liq holda ularning morfobiologik holatini inobatga olib, defoliantlarni tabaqalashtirib qo‘llash bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi g‘o‘za maydonlarida Avguron-ekstra 5700 ga, Sadaf 77300 ga, UzDEF 16200 ga, PoliDEF 6600 ga; Surxondaryo viloyatida Avguron-ekstra 34200 ga; Namangan viloyatida Sadaf 12700 ga, Avguron-ekstra 45900 ga, UzDEF 29600 ga, PoliDEF 10800 ga va Qashqadaryo viloyatida UzDEF 24200 ga, PoliDEF 7430 ga, Avguron-ekstra 22200 ga (2006–2011 yy.); UzDEF, PoliDEF va FanDEF defoliantlarini g‘o‘za ko‘saklarining turli ochilish muddatlarida qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida UzDEF 68100 ga; Buxoro viloyatida UzDEF 49770 ga va PoliDEF 37440 ga maydonda (2012–2014 yy) joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 27 maydagi 02/20-477-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida defoliatsiya samaradorligi oshib, ko‘saklar ochilishi 15–20 foiz, birinchi terim salmog‘i 18–22 foiz, paxta hosildorligi 1,2–2,6 s/ga oshgan va iqtisodiy samara gektariga 180–260 ming so‘mni tashkil etgan.