Mamtaliev Nodirjon Muqumjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalar foydasini ko‘paytirish yo‘nalishlari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3760
Ilmiy rahbar: Urakov Jamshed Radjabovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarining foydasini ko‘paytirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik sanoat korxonalari uchun texnologik laboratoriya va dizayn byurolari tashkil etishni investisiya dasturlariga kiritish hamda servis, texnik xizmat, ta’mirlash, lizing, konsaltingni bir paketda taklif qilish orqali qo‘shimcha qiymatni oshirish va mahsulot portfelini modernizatsiya qilish taklifi asoslangan;
yirik sanoat zonalari va klasterlarda diagnostika, o‘quv, konsalting va pilot loyihalarni amalga oshiruvchi maxsus o‘quv-injiniring tuzilmalar (“Lean markazlari”)ni tashkil etish asosida korxonalarda yo‘qotishlar tahlili, standartlashgan operatsiya kartalari, ish joyini tashkil etish bo‘yicha konsalting va o‘quvlar kurslarini tashkil etish orqali operatsion samaradorlik va resurs tejamkorlikni oshirish taklifi asoslangan; 
korxona foydasining boshqaruv qarorlarining sifati va samarali moliyaviy siyosatga bog‘liqligidan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriyasini menejment hisobi tizimiga o‘tkazish hamda foydaning 15 foizga qadar qismini innovatsiya, modernizatsiya va raqamlashtirish fondiga ajratishni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
“Navoiy don mahsulotlari” AJning uzoq davrdagi ma’lumotlaridagi tendensiya, mavsumiylik va tasodifiylikni inobatga oluvchi ARIMA modeli asosida korxonaning 2030 yilga qadar sof foydasi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat korxonalari foydasini ko‘paytirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yirik sanoat korxonalari uchun texnologik laboratoriya va dizayn byurolari tashkil etishni investisiya dasturlariga kiritish hamda servis, texnik xizmat, ta’mirlash, lizing, konsaltingni bir paketda taklif qilish orqali qo‘shimcha qiymatni oshirish va mahsulot portfelini modernizatsiya qilish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 20-maydagi № 14-1-23/101A- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik sanoat korxonalarida qo‘shimcha qiymatni oshirish va mahsulot portfelini modernizatsiya qilish imkoni yaratilgan;
yirik sanoat zonalari va klasterlarda diagnostika, o‘quv, konsalting va pilot loyihalarni amalga oshiruvchi maxsus o‘quv-injiniring tuzilmalar (“Lean markazlari”)ni tashkil etish asosida korxonalarda yo‘qotishlar tahlili, standartlashgan operatsiya kartalari, ish joyini tashkil etish bo‘yicha konsalting va o‘quvlar kurslarini tashkil etish orqali operatsion samaradorlik va resurs tejamkorlikni oshirish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 20-maydagi № 14-1-23/101A- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik sanoat zonalari va klasterlarda maxsus o‘quv-injiniring tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali operatsion samaradorlik va resurs tejamkorlikni oshirish imkoni yaratilgan;
korxona foydasining boshqaruv qarorlarining sifati va samarali moliyaviy siyosatga bog‘liqligidan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriyasini menejment hisobi tizimiga o‘tkazish hamda foydaning 15 foizga qadar qismini innovatsiya, modernizatsiya va raqamlashtirish fondiga ajratishni rag‘batlantirish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 20-maydagi № 14-1-23/101A- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv qarorlarining sifati va moliyaviy siyosatning samaradorligini oshirish orqali foydasini ko‘paytirish imkoni yaratilgan;  
“Navoiy don mahsulotlari” AJning uzoq davrdagi ma’lumotlaridagi tendensiya, mavsumiylik va tasodifiylikni inobatga oluvchi ARIMA modeli asosida korxonaning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan sof foydasi prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 20-maydagi № 14-1-23/101A sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilgacha korxonaning foydasini muqobil ssenariyalar orqali prognoz qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish