Xolmurotov Fozil Saribaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda eksportni rivojlantirishning ekonometrik tadqiq etish va prognozlash” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt976.
Ilmiy maslaxatchi: Ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayorov Piratdin Otaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda eksportni rivojlantirishning ekonometrik modellarini takomillashtirish asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
mintaqaning eksport salohiyatidan foydalanish darajasini baholashda ishlab chiqarish quvvatlari (Q), resurslar (R) va tashqi talab (D) omillarini integratsiya qiluvchi funksional model [E_pot=0,4⋅Imv+0,3⋅L+0,3⋅Imp] taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiy o‘sishiga eksportning ta’sirini baholashda qisqa muddatli statik blok [ln(Y_t)=β_0+β_1 ln(X_t)+ϵ_t], strukturaviy o‘zgarishlar bloki, uzoq muddatli dinamik blok (ARDL) hamda (Threshold) bloklarining integratsiyasi asosida statik va dinamik yondashuvlarini o‘zida birlashtirgan (MEMM) mintaqaviy eksport multiplikatori modeli taklif etilgan;  
mintaqaviy eksport multiplikatori konseptual modeli natijalari asosida besh asosiy yo‘nalishga asoslangan eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlar taklif etilgan;
eksport tarkibini diversifikatsiya qilish va “yangi monopoliya” xavfini kamaytirish maqsadida Herfindahl-Hirschman indeksi (HHI) va eksport samaradorlik indeksi (ESI) dinamikasiga asoslangan holda, “eksport inkubatori” va “Xorazm ekport” raqamli platformasini joriy etish mexanizmi taklif qilingan;  
Xorazm viloyati eksporti samaradorligini oshirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirishda eksportni rivojlantirishning ekonometrik tadqiq etish va prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqaning eksport salohiyatidan foydalanish darajasini baholashda ishlab chiqarish quvvatlari (Q), resurslar (R) va tashqi talab (D) omillarini integratsiya qiluvchi funksional model [E_pot=0,4⋅Imv+0,3⋅L+0,3⋅Imp] bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14118-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda eksport salohiyatidan foydalanish darajasi 79,2 foizni tashkil etishi aniqlanib, foydalanilmayotgan 20,8 foizlik zaxirani ishga solish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
mintaqa iqtisodiy o‘sishiga eksportning ta’sirini baholashda qisqa muddatli statik blok [ln(Y_t)=β_0+β_1 ln(X_t)+ϵ_t], strukturaviy o‘zgarishlar bloki, uzoq muddatli dinamik blok (ARDL) hamda (Threshold) bloklarining integratsiyasi asosida statik va dinamik yondashuvlarini o‘zida birlashtirgan (MEMM) mintaqaviy eksport multiplikatori modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14118-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2018-yildan keyingi davrda eksport elastikligining ijobiy va barqaror qiymatga β_umumi≈0.70 o‘zgarganligi aniqlanib, viloyatning eksportga yo‘naltirilgan yangi iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
mintaqaviy eksport multiplikatori konseptual modeli natijalari asosida besh asosiy yo‘nalishga asoslangan eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlar Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14118-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida viloyatda eksport siyosatini vaqt, sifat, tarmoq va tizim bo‘yicha to‘rt qatlamli strategik asosda shakllantirish imkoniyati yaratilgan hamda tarkibiy islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘nalishi belgilangan;
eksport tarkibini diversifikatsiya qilish va “yangi monopoliya” xavfini kamaytirish maqsadida Herfindahl-Hirschman indeksi (HHI) va eksport samaradorlik indeksi (ESI) dinamikasiga asoslangan holda, “eksport inkubatori” va “Xorazm export” raqamli platformasini joriy etish mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14118-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2027-yilga borib faol eksportchilar sonini 2 barobarga oshirish va eksport xarajatlarini 20-30 foizga qisqartirish va eksport samaradorlik indeksini 0.75 dan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirilgan;
Xorazm viloyati eksporti samaradorligini oshirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha  taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14118-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksport hajmining o‘sish tendensiyasini prognoz senariylarini qiyoslash hamda strategik qarorlar qabul qilish uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish