Azimov Hazratqul Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda transport koridorlarini rivojlantirishning geosiyosiy jihatlari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ss517
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02
Rasmiy opponentlar:
Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlar doktori, professor.
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoning xalqaro transport yo‘laklarining geosiyosiy jihatlarini kompleks tahlil qilish va O‘zbekistonda transport siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo hamda Kaspiy mintaqasidagi xalqaro koridorlarni tartibga solish va raqamli komponentlarni birlashtirgan global logistika arxitekturasi va mintaqaviy hamkorlikning strategik elementi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘p funksiyali transchegaraviy infratuzilmaning tizimli ta’rifi ishlab chiqildi;
Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirishning geosiyosiy jihatlari va ularning Markaziy Osiyoga ta’siri sharoitida transport infratuzilmasini rivojlantirish va global geosiyosiy tartibning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik, xalqaro transport yo‘laklarining geoiqtisodiy bosim, strategik joylashuv va ko‘p qutblilik hamda geosiyosiy parchalanishning kuchayib borishi sharoitida yangi logistika kuch markazlarini shakllantirish vositalari sifatidagi roli ochib berildi;
Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan institutsional va infratuzilma choralari, jumladan, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish, multimodal logistika markazlarini rivojlantirish, logistikani raqamlashtirish va mamlakatning xalqaro transport tashabbuslarida ishtiroki zarurati dalillandi;
Markaziy Osiyo transport tizimlarini multimodal yo‘nalishlari, raqamli platformalarini rivojlantirish va normativ-huquqiy bazani birlashtirish orqali global logistika zanjirlariga integratsiya qilish modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan asosiy ilmiy tamoyillar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Markaziy Osiyo hamda Kaspiy mintaqasidagi xalqaro koridorlarni tartibga solish va raqamli komponentlarni birlashtirgan global logistika arxitekturasi va mintaqaviy hamkorlikning strategik elementi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘p funksiyali transchegaraviy infratuzilmaning tizimli ta’rifi ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida tahliliy materiallarni tayyorlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 23-iyundagi 14/700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallar mazmunini yaxshilashga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan institutsional va infratuzilma choralari, jumladan, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish, multimodal logistika markazlarini rivojlantirish, logistikani raqamlashtirish va mamlakatning xalqaro transport tashabbuslarida ishtiroki zarurati haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatida foydalanildi. (Transport vazirligining 4/9744-sonli ma’lumotnomasi, 2025 yil 3-oktyabr). Natijada, vazirlik tomonidan tayyorlangan axborot va tahliliy materiallar bazasining boyishiga xizmat qilgan.
Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirishning geosiyosiy jihatlari va ularning Markaziy Osiyoga ta’siri sharoitida transport infratuzilmasini rivojlantirish va global geosiyosiy tartibning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik, xalqaro transport yo‘laklarining geoiqtisodiy bosim, strategik joylashuv va ko‘p qutblilik hamda geosiyosiy parchalanishning kuchayib borishi sharoitida yangi logistika kuch markazlarini shakllantirish vositalari sifatidagi rolini ochib berish borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2025 yil 24 iyundagi №03-3/827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sohaga oid ilmiy-tahliliy materiallar bazasining boyishiga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo transport tizimlarini multimodal yo‘nalishlari, raqamli platformalarini rivojlantirish va normativ-huquqiy bazani birlashtirish orqali global logistika zanjirlariga integratsiya qilish modeli ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatida foydalanildi. (Transport vazirligining 4/9744-sonli ma’lumotnomasi, 2025 yil 3-oktyabr). Natijada, vazirlik tomonidan tayyorlangan axborot va tahliliy materiallar mazmunining yaxshilashga xizmat qilgan.