Abduraximova Muxabbatxon Alijonovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ____________________
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/13.06.2025.B.05.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, p.f.d.(DSc), professor; Matniyazova Hilola Xudaybergenovna b.f.d.(DSc), professor .
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari mashg‘ulotlarda shifobaxsh o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini xalq tabobati bebaho merosi va zamonaviy dorivor o‘simliklar resursshunosligi hamda etishtirish texnologiyalari bilan integratsiyalash, tibbiy metodologik aspektlarini zamonaviy yondashuvlar asosida aniqlashtirishga ustivorlik berish kontekstida takomillashtirilgan;
talabalarning o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi modeli immersiv ta’lim muhitida o‘simliklarning shifobaxsh va dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish, tarixiy va milliy tabobat durdonalaridan amaliy foydalanish, inson salomatligi bilan bog‘liq vaziyatlarda ilmiy va asosli qo‘llash hamda amaliy faoliyat tajribalari bilan uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlanganlik darajasini baholash (o‘rganish, tatbiq etish, amaliy natija) mezonlari dinamikligini prognostik modellashtirish, loyiha metodi asosida tibbiy savodxonlik va ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini intensiv rivojlantirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy savodxonligini rivojlantirishning resursli va metodik ta’minoti shifobaxsh dorivor o‘simliklarning fitosenologik qo‘llash, tibbiy xususiyatlaridan sanogen foydalanishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simliklarning dorivorlik xususiaytlarini o‘rganish asosida talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari mashg‘ulotlarda shifobaxsh o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini xalq tabobati bebaho merosi va zamonaviy dorivor o‘simliklar resursshunosligi hamda etishtirish texnologiyalari bilan integratsiyalash, tibbiy metodologik aspektlarini zamonaviy yondashuvlar asosida aniqlashtirishga ustivorlik berish kontekstida takomillashtirishga oid tavsiyalari “Farmakopeya dorivor o‘simliklari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i, № 388-290 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning tibbiy savodxonligi uchun asos bo‘ladigan dorivor o‘simliklarga doir kognitiv bililsh darajasi orttirilgan;
talabalarning o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi modeli immersiv ta’lim muhitida o‘simliklarning shifobaxsh va dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish, tarixiy va milliy tabobat durdonalaridan amaliy foydalanish, inson salomatligi bilan bog‘liq vaziyatlarda ilmiy va asosli qo‘llash hamda amaliy faoliyat tajribalari bilan uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirish imkoniyatlari manbalari vositasida integratsiyalashga xizmat qilgan. talabalarning tibbiy savodxonligini rivojlanganlik darajasini baholash (o‘rganish, tatbiq etish, amaliy natija) mezonlari dinamikligini prognostik modellashtirish, loyiha metodi asosida tibbiy savodxonlik va ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini intensiv rivojlantirish imkoniyatlari “Dorivor o‘simliklar resursshunosligi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 maydagi 194-sonli buyrug‘i, № 194-339 nashr guvohnomasi) Natijada, talabalarning tibbiy savodxonligini dorivor o‘simliklar resursini yaratish imkoniyatlari ta’minlashga xizmat qilgan;
talabalarning o‘simliklarni dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy savodxonligini rivojlantirishning resursli va metodik ta’minoti shifobaxsh dorivor o‘simliklarning fitosenologik qo‘llash, tibbiy xususiyatlaridan sanogen foydalanishga doir taklif va tavsiyalari “Farmakopeya dorivor o‘simliklari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-sonli buyrug‘i, № 149035 nashr guvohnomasi) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. Natijada, dorivor o‘simliklardan tibbiy -amaliy foydalanish imkoniyatini orttirishga xazmat qilgan.