Abdimurodov Doston Dilmurod o‘g‘lining 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol-matallarda “ota” va “ona” konseptlarining lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3805
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Muhammadieva Dilafro‘z Axtamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01 
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Dilafro‘z Izatilloevna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent., Sharipova Aziza Abdumanapovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz maqollarida ifodalangan “ota” va “ona” konseptlarining lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– o‘zbek va ingliz xalqlari  lisoniy manzarasini shakllantirishda “ota” va “ona” konseptlarining konseptual hamda aksiologik roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan, shuningdek, ushbu konseptlarning ikki til paremiyalari semantikasida namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlanib, ularning mazmuniy-vazifaviy o‘rni belgilangan;                                ingliz va o‘zbek tillarida “ota” va “ona” konseptlariga xos “tarbiya va ta’lim”, “odob va axloq”, “hurmat va sadoqat”, “mas’uliyat va itoat” kabi semantik mikromaydonlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra tizimlashtirilib, ota = hokimiyat va ma’suliyat; ona = mehr va himoya; ota-ona = hurmat va sadoqat; father = authority & responsibility, mother = love & protection, parens = respect & loyalty kabi milliy-madaniy modellar yaratilgan hamda bu modellar allokonseptni shakllantiruvchi lisoniy birliklar asosida namoyon bo‘lishi ochib berilgan;            qadriyatlarning lingvomadaniy aks etishida “ota” va “ona” tarkibli maqollarning kognitiv vazifalari tekshirilib, ularning milliy dunyoqarash va ijtimoiy qadriyatlarni tilda modellashtirishdagi muhim lingvokulturologik birliklar sifatida ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;                maqollar tarjimasida “ota” va “ona” konseptlarining semantik va leksik transformatsiyasidagi muammolar aniqlanib, shu asosda milliy madaniy xususiyatlarni to‘g‘ri ifodalash va adekvat tarjima yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;                    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotining asosiy ilmiy xulosalari va natijalari qator innovatsion, amaliy va ilmiy loyihalar hamda madaniy-ma’rifiy ishlanmalarda joriy etildi: o‘zbek va ingliz xalqlari  lisoniy manzarasini shakllantirishda “ota” va “ona” konseptlarining konseptual hamda aksiologik roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan, shuningdek, ushbu konseptlarning ikki til paremiyalari semantikasida namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlanib, ularning mazmuniy-vazifaviy o‘rni belgilanganligiga doir ilmiy qarashlardan 2019–2021-yillarda amalga oshirilgan I-OT-2019-42-sonli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida qo‘llanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi № 04/1-616-son ma’lumotnomasi). Natijasida ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol va matallarda “ota-ona” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari ochib berildi hamda paremiologik birikmalar asosida ota-onalik konsepsiyasining kognitiv sohasi ilk bor integrativ tarzda tasvirlandi;    ingliz va o‘zbek tillarida “ota” va “ona” konseptlariga xos “tarbiya va ta’lim”, “odob va axloq”, “hurmat va sadoqat”, “mas’uliyat va itoat” kabi semantik mikromaydonlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra tizimlashtirilib, ota = hokimiyat va ma’suliyat; ona = mehr va himoya; ota-ona = hurmat va sadoqat; father = authority & responsibility, mother = love & protection, parens = respect & loyalty kabi milliy-madaniy modellar yaratilgan hamda bu modellar allokonseptni shakllantiruvchi lisoniy birliklar asosida namoyon bo‘lishi ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalar 2021–2023-yillarda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan PZ-2020042022-sonli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi grant loyihasida tatbiq etilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi №04/1-617-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida gender komponentli paremiologik birliklar asosida ota-onaning oiladagi o‘rni, ichki va tashqi dunyosini ochib beruvchi kognitiv belgilardan samarali foydalanilgan;            qadriyatlarning lingvomadaniy aks etishida “ota” va “ona” tarkibli maqollarning kognitiv vazifalari tekshirilib, ularning milliy dunyoqarash va ijtimoiy qadriyatlarni tilda modellashtirishdagi muhim lingvokulturologik birliklar sifatida ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar 2021-yildan boshlab amalga oshirilgan IL-52 TUR-21091433-sonli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipedia elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi amaliy ilmiy loyiha doirasida joriy etilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-apreldagi № 01/4-1327-son ma’lumotnomasi). Natijasida o‘zbek va ingliz xalq maqollarida ota-ona obrazining allokonseptini qiyosiy talqin etish, leksik-semantik va konseptual ma’no munosabatlarini ochib beruvchi kognitiv belgilarni aniqlashga doir aniq strategik g‘oyalar ishlab chiqildi; maqollar tarjimasida “ota” va “ona” konseptlarining semantik va leksik transformatsiyasidagi muammolar aniqlanib, shu asosda milliy madaniy xususiyatlarni to‘g‘ri ifodalash va adekvat tarjima yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid qarashlar 2024-yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Hamma uchun” dasturi ssenariysini yozishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-dekabrdagi №06-28-873-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar orqali keng auditoriyaning zamonaviy ingliz va o‘zbek maqollari bilan tanishish imkoniyati kengaydi hamda adabiy-madaniy ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish