Usmanov  Asqar  Abdullayevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped 11654
Ilmiy rahbar: Alijonov Utkir Maxamadalievich,-iqtisod fanlari doktori (PhD), dotsent.                                          Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Nuridinov Baxodir Sabirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni va samarali pedagogik shart-sharoitlari axborot, didaktik, motivatsion va nazorat funksiyalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion modeli maqsadli, tarkibiy, protsessual va refleksiv komponentlar mazmunini kasbiy tayyorlov jarayonining real ish muhitiga yo‘naltirish, hamkorlik va integratsiyalashgan o‘qitish tamoyillarini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlarni integratsiyalash, portfel va ko‘p manbali baholash, ustoz-instruktorlar ishtirokini kuchaytirish va real ish topshiriqlari asosida kompetensiyani dalillash tamoyillarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari amaliy va nazariy ko‘nikmalarni aniqlash, portfel va real ish vaziyatlarida dalil asosida baholash mexanizmlari orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni va samarali pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalar asosida kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsion metodik ta’minot ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02/17-4/2-2323-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotda maxsus fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion modeli va kasbiy ta’lim tashkilotlarida xalqaro tajribalarni integratsiyalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘yicha takliflar asosida o‘qitish jarayonida innovatsion ta’lim yondashuvlaridan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02/17-4/2-2323-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifati oshishiga xizmat qilgan.
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlariga oid takliflari asosida kasbiy ta’lim o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 
02/17-4/2-2323-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotda o‘qitish metodikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish