Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarining kundalik turmush tarzi”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar.152.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Mamatov Normurat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston yoshlarining kundalik hayoti, madaniyati, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining zamonaviy axborot texnologiyalar va globallashuv jarayonlari ta’sirida o‘zgarishi mexanizmlarini etnosotsiologik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv jarayonida yoshlar madaniyati (jamiyat va oila munosabati, o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy me’yorlar)da zamonaviy va milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi etnopedagogik tarbiya vositasida amalga oshishi nazariy jihatdan asoslangan;
transformatsion jarayonlar (innovatsion ta’lim, axborot almashish, urbanizatsiyalashuv)da yoshlarning kundalik faoliyati, an’anaviy mashg‘ulotlari va qiziqishlari, oilaviy munosabatlarning sub’ekti sifatidagi vazifalari hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvi tizimli tarzda ko‘rsatib berilgan;
yoshlarning strategik maqsadlari asosida bo‘sh vaqtdan foydalanish madaniyati (qiziqarli mashg‘ulotlar, kitobxonlik, madaniy hordiq, ijtimoiy tarmoqda faollik)dagi o‘zgarishlar dinamikasi Toshkent shahri va Buxoro viloyati kesimida ochib berilgan;
zamonaviy axborot texnologiyalari ta’sirida yoshlarga xos yangi madaniyat (etiket, kiyinish, axborot olish)ning shakllanishi, virtual makondagi yoshlar submadaniyati asosida milliy, umuminsoniy, diniy va ekologik qadriyatlar tizimi hamda hayotiy ideallari transformatsiyasi etnosotsiologik materiallar asosida ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston yoshlarining kundalik madaniyatiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida:
zamonaviy axborot texnologiyalari ta’sirida yoshlarga xos yangi madaniyatlarning shakllanishi, virtual makondagi yoshlar submadaniyati asosida milliy, umuminsoniy, diniy va ekologik qadriyatlar tizimi hamda hayotiy ideallari transformatsiyasining etnosotsiologik tahliliga doir materiallardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yilgi Yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan “Yoshlarning hududiy muammolari va echimlari” bandini ijro etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 12 martdagi 04-13/1174-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar yoshlar kundalik hayotini chuqur ilmiy asosda o‘rganish orqali ayrim yoshlar hayotiga ta’sir etuvchi salbiy mafkuraviy va informatsion xurujlarga qarshi axborot immunitetini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarning kundalik faoliyati, an’anaviy mashg‘ulotlari va qiziqishlari, oilaviy munosabatlarning sub’ekti sifatidagi vazifalari hamda transformatsion jarayonlarda jamiyatga ijtimoiy moslashuviga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilgan A-1-055 raqamli “Yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini etnosotsiologik tadqiqot asosida o‘rganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2019 yil 13 fevraldagi 05-327-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning joriy etilishi O‘zbekiston yoshlarining jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, ularning ta’lim-tarbiyasidagi o‘zgarishlarni yoritishda asos bo‘lgan;
globallashuv jarayonida yoshlarning milliy urf-odat va an’analarga ijobiy munosabati, turmush madaniyatidagi zamonaviy o‘zgarishlar va milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuviga oid materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi tadqiqotni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 15 fevraldagi 02/09-171-19-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalari Respublika yoshlari orasida bandlik muammolari, ularning hududlar kesimidagi holati, yosh avlodning salomatligini mustahkamlash, turmush madaniyatini yuksaltirish hamda mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini belgilab olishga yordam bergan;
yoshlarning bo‘sh vaqtdan foydalanish madaniyatining hududiy, yosh va gender xususiyatlari, kundalik hayotda vaqt me’yorlari va undan foydalanish samaradorligiga doir etnosotsiologik materiallar va ularning tahliliy natijalaridan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining “O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, ma’naviyat, madaniyat” nomli amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazining 2018 yil 2 maydagi 01-16/160-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar O‘zbekiston yoshlarining milliy o‘zlikni anglashi, ularning bo‘sh vaqtdan foydalanish madaniyatini shakllantirishdagi o‘zgarishlar mexanizmini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.