Axmadov Shokir Islomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bukantov tog‘larida oltin ma’danlashuvining strukturaviy-tektonik sharoitlari va uni prognoz-statistik modellashtirish”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM283.
Ilmiy rahbar: Goipov Akram Bayramovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Razikov Odil Toxirjonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Dulabova Nafisa Yusupovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Bukantov tog‘larida oltin ma’danlashuvining strukturaviy-tektonik sharoitlarini aniqlash va uni bashorat-statistik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltin ma’danli obektlarni lokal bashoratlash bo‘yicha geologik ma’lumotlarni metallogenik-statistik tahlil qilish uslubiyoti ishlab chiqilgan;
Bukantov tog‘larida oltin ma’danlashuvining strukturaviy va ma’dan-formatsion sharoitlari bo‘yicha joylashuvini tasniflash asosida yetakchi ma’dan nazorat qiluvchi omillar aniqlangan; 
ilk bor Qoqpatas chuqur er yorig‘i chap tomonlama siljish tipiga taalluqli ekanligi va antifromaning g‘arbiy qismida tik yotuvchi ma’dan nazoratlovchi er yoriqlarini shakllantirganligi aniqlangan;
ma’danlashuvni bashoratlashning bashorat-qidiruv belgilari, komplekslari va geologik-geofizik va geokimyoviy modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bukantov tog‘larida oltin ma’danlashuvining strukturaviy-tektonik sharoitlari va uni bashorat-statistik modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oltin konlarini lokal bashoratlash va resurs potensialini baholash uchun geologik materiallarni statistik qayta ishlash uslubiyoti “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 08-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Bukantov tog‘laridagi oltin-ma’danli maydonlari va konlari bo‘yicha mintaqaviy geologik ma’lumotlarni tahlil qilish va yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan;
MapMark-4 dasturini qo‘llash asosida Bukantov tog‘larida oltin ma’danlashuviga istiqbolli maydonlarini ajratilishi natijasida hisoblangan bashorat resurslari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 08-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Bukantov tog‘laridagi oltin-ma’danli maydonlari va konlari bo‘yicha mintaqaviy-geologik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida istiqbolli uchastkalar uchun minerallashuv tizimi modelini yaratishga xizmat qilgan;
Bukantov tog‘lari hududi bo‘yicha raqamli geologik, geofizik va geokimyoviy ma’lumotlarni metallogenik-statistik usullari orqali tahlilash natijasida yopiq maydonlarda oltin ma’danlashuviga ajratilgan istiqbolli lokal zonalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 08-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoqpatas, O‘qetmas va Bo‘ztov ma’dan konlariga yondosh maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Bukantov tog‘lari hududida oltin ma’danlashuvining strukturaviy-tektonik, ma’dan-formatsion sharoitlari, joylashuvini tasniflash orqali statistik modellashtirish bo‘yicha aniqlangan ma’dan nazorat qiluvchi omillari aks etgan xarita “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 08-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoqpatas-O‘qetmas tog‘lararo past tekisligining yopiq hududlarida oltin ma’danlashuvi uchun istiqbolli zonalarda tog‘-kon ishlanmalarini o‘tishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish