Safarova Nilufar Rustambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga resurstejovchi texnologiyalarni ta’siri (G‘allaorol tumani tuproqlari misolida)”, 03.00.13 - Tuproqshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1577
Ilmiy rahbar: Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Saydulla Maqsudovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘allaorol tumani sharoitida lalmi tipik bo‘z tuproqlarda turli ishlov berish texnologiyalarining tuproqning agrokimyoviy va mikrobiologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish hamda tuproq unumdorligini oshirishda ilmiy asoslangan samarali agrotexnologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lalmi tipik bo‘z tuproqlar sharoitida resurstejovchi texnologiyalar (No-till) tizimida mineral, rokogumin va nanokremniy o‘g‘itlarni kompleks qo‘llanilishi natijasida an’anaviy ishlov berish usuliga nisbatan tuproqdagi mikroorganizmlar miqdorining oshishi va mikrobiologik jarayonlarning jadallashuviga ijobiy ta’siri isbotlangan;
tuproqlarning gumus va oziqa moddalar miqdori kabi unumdorlik ko‘rsatkichlarining No-till texnologiyalar qo‘llanilgan sharoitda sezilarli yaxshilanishi hamda bu tuproqning mikrobiologik faolligi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
qo‘llanilgan agrotexnologiyalar tizimining tuproqda o‘simlik ildiz va ang‘iz qoldiqlari to‘planishiga ijobiy ta’siri hamda ularning gumus hosil bo‘lishidagi roli asoslangan;
No-till texnologiyasi sharoitida o‘simlik biomassasini tuproqda qoldirish tuproqlarning mikrobiologik faolligi va gumus zahirasini oshirishda, shuningdek tuproqning unumdorlik holatini yaxshilashda mustahkam biologik asos yaratishi ilimiy asoslangan;
lalmi tipik bo‘z tuproqlarda resurstejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali tuproqlar degradatsiyasi jarayonini sekinlashtirish, tuproq xossalarini yaxshilash orqali barqaror uzoq muddatli unumdorlikni ta’minlashda yuqori samara berishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga resurstejovchi texnologiyalarni ta’siri (G‘allaorol tumani tuproqlari misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Resurstejamkor texnologiyalar va turli meyorlardagi o‘g‘itlarning (mineral, organomineral, nanokremniy) lalmi tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga (gumus, va oziqa moddalar) ta’sirini o‘rganish agrotexnologiyalari Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-avgustdagi 05/06-04-455-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, No-till texnologiyasi qo‘llanilganda an’anaviy ishlov berish usullariga nisbatan tuproqlarda gumus - 0,16%, N-NO3-1,1 mg/kg, P2O5 -5 mg/kg, K2O - 27 mg/kg ga ortgan.
Ildiz va ang‘iz qoldiqlari to‘planishiga ijobiy ta’sir etuvchi resurstejovchi hamda o‘g‘itlashning maqbul agrotexnologiyasi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-avgustdagi 05/06-04-455-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, No-till texnologiyasida an’anaviy ishlov berish usullariga nisbatan ildiz qoldig‘i - 102,93 g/m2, ang‘iz qoldig‘i - 45,1 g/m2, umumiy zahirasi esa - 148,2 g/m2 ortishiga erishilgan, bu esa global iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproqni organik modda bilan boyitish imkonini bergan.
“Resurstejamkor texnologiyalarning oziqa elementlariga ta’siri” (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 27.02.2025 yil berilgan №BGU 1864 raqamli Guvohnoma) “Lalmi bo‘z tuproqlarning asosiy xossalarini tavsiflovchi ma’lumotlar bazasi” (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 27.02.2025 yil berilgan №BGU 1865 raqamli Guvohnoma), “Lalmi tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga turli agrotexnologiyalarni ta’siri” (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 27.02.2025 yil berilgan №BGU 1866 raqamli Guvohnoma) nomli ma’lumotlar bazalari yaratilib, mualliflik guvohnomasi olingan va G‘allaorol tumani qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-avgustdagi 05/06-04-455-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arid tuproq hosil bo‘lish sharoitida tuproq unumdorligining asosiy diagnostik ko‘rsatkichlarini degradatsiya jarayonlari ta’sirida o‘zgarishini tahlil qilishda va ularni yaxshilashga doir maqbul agrotexnologiyalar tizimini ishlab chiqishda funksional imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.