Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘lining
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni gender yondashuv asosida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatga tayyorlash strategiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped730
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat Gaybillaevna,pedagogika fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Hilola Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilaaevich , pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etish va o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirishga oid ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, ijtimoiy kostruktivizm, pragmatizm, klassik merosdan foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, qadriyatli, gender yondashuvlar, gender tenglik, gender sezgirlik, gender mansublik pedagogikasi, interdissiplinar, tizimlilik, modellashtirish, diagnostik-refleksiv metodologiyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashda insonparvarlik, axloqiy tenglik, jamiyatda erkak va ayolning ma’naviy maqomini uyg‘unlashtirishga oid tarixiy tajribalar, qizlar maktablarini ochish, ta’limda yangi modellarni qo‘llash haqidagi ma’rifiy qarashlar, gender ijtimoiylashuvning pragmatik, feministik, stereotiplarga qarshi tura olish, sinfda qiz va o‘g‘il bolalar tengligini ta’minlash, teng imkoniyatlar konsepsiyasi, gender tenglik modullari, gender xabardorlik va tolerantlik, “Gender-sensitive teaching” modullarini qo‘llashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonining modeli maqsadli-qadriyatli, nazariy-metodologik, mazmunli-jarayonli, tashkiliy-amaliy, diagnostik baholash, natijaviy bloklarni gender sezgirlikni tarbiyalash nuqtayi nazardan mujassamlashtirgan holda takomillashtirilgan;
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirshga oid pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni gender xabardorlik, ijtimoiy mas’uliyat, refleksiyani o‘z ichiga olgan bloklardan iborat bo‘lib, kontekstual integratsiya, milliy madaniy qadriyatlarga moslik, amaliy yo‘naltirilganlik, inklyuziv va teng imkoniyatlarni ta’minlash, tadrijiylik prinsiplariga tayanilgan holda tanlangan;
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti konseptual ilmiy asoslar, o‘quv didaktik modullar, amaliy texnologiyalar va usullar, o‘quv metodik vositalar, diagnostika va baholash metodikalari, nazariy tayyorgarlikni ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, qadriyatli translyasiya, baholash va monitoring kabi funksiyalarni uyg‘unlashtirgan holda aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni gender yondashuv asosida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatga tayyorlashga doir natijalar asosida:  
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, ijtimoiy kostruktivizm, pragmatizm, klassik merosdan foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, qadriyatli, gender yondashuvlar, gender tenglik, gender sezgirlik, gender mansublik pedagogikasi, interdissiplinar, tizimlilik, modellashtirish, diagnostik-refleksiv metodologiyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlardan “Gender pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i. Guvohnoma № 194-445). Natijada, oliy pedagogik ta’limda gender yondashuvlarni samarali qo‘llash, amaliyotga tadbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda metodologik ta’minotni kengaytirishga erishilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashda insonparvarlik, axloqiy tenglik, jamiyatda erkak va ayolning ma’naviy maqomini uyg‘unlashtirishga oid tarixiy tajribalar, qizlar maktablarini ochish, ta’limda yangi modellarni qo‘llash haqidagi ma’rifiy qarashlar, gender ijtimoiylashuvning pragmatik, feministik, stereotiplarga qarshi tura olish, sinfda qiz va o‘g‘il bolalar tengligini ta’minlash, teng imkoniyatlar konsepsiyasi, gender tenglik modullari, gender xabardorlik va tolerantlik, “Gender-sensitive teaching” modullarini qo‘llashga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI (Tarbiya pedagogikasi milliy instituti)da  bajarilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/14-3050-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’limda talabalar orasida gender tenglikni ta’minlash, genderga oid “ommaviy madaniyat”ning zararlaridan saqlanish tajribalarini ommalashtirish, mentalitetga xos gender yondashuvlarni amalga oshirishning nazariy asoslari kengaytirilgan;  
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirshga oid pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni gender xabardorlik, ijtimoiy mas’uliyat, refleksiyani o‘z ichiga olgan bloklardan iborat bo‘lib, kontekstual integratsiya, milliy madaniy qadriyatlarga moslik, amaliy yo‘naltirilganlik, inklyuziv va teng imkoniyatlarni ta’minlash, tadrijiylik prinsiplariga tayanilgan holda tanlangan holda takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i. Guvohnoma № 302-716). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatini to‘g‘ri, maqsadli va samarali tashkil etishning nazariy-metodologik ta’minoti didaktik manbalar bilan boyitilgan;   
gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti konseptual ilmiy asoslar, o‘quv didaktik modullar, amaliy texnologiyalar va usullar, o‘quv metodik vositalar, diagnostika va baholash metodikalari, nazariy tayyorgarlikni ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, qadriyatli translyasiya, baholash va monitoring qilishga hamda maqsadli-qadriyatli, nazariy-metodologik, mazmunli-jarayonli, tashkiliy-amaliy, diagnostik baholash, natijaviy bloklarni gender sezgirlikni tarbiyalash nuqtayi nazardan mujassamlashtirgan holda takomillashtirilgan, gender yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni modelini amaliyotga tadbiq etish mexanizmlari “Obshhaya pedagogika” darsligida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i. Guvohnoma № 484696). Natijada, oliy pedagogik ta’limda gender yondashuvni amalga oshirishga oid ta’limiy samarador modellar, pedagogik mexanizmlarni qo‘llashga erishilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish