Pirmatova Ozodaxon Saparboevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek tilining sholichilik leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil1088.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomli Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomli Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aqmanova Shahnoza Alimboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi sholichilikka oid leksik  birliklarning tarixiy taraqqiyoti, leksik-struktur xususiyatlari va derivatsiyasiyasini tahlil qilishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sholichilikka oid leksik birliklarning o‘zbek tili lug‘aviy qatlamida  tutgan o‘rnini belgilash orqali ularga xos terminologik va noterminologik birliklarning biri ikkinchisiga o‘tib turishi, bir-birini to‘ldirishi  dalillangan;
o‘zbek tilidagi sholichilikka oid leksik birliklarning yigirmaga yaqin leksik-semantik guruhlari tasnifi hamda tahlili asosida ularning har bir guruhi alohida ma’noviy-vazifaviy, konseptual xususiyatlarga egaligi, shu bilan birga, ularda ham o‘zaro variantlilik, jins-tur, butun-bo‘lak, darajalanish munosabatlari mavjudligi asoslangan;
 o‘zbek tili  sholichilik leksikasining tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga asoslangan holda soha leksik birliklar tarixiy-etimologik jihatdan  tahlil etilib, o‘z  va o‘zlashgan qatlam asosida shakllanganligi hamda sodda va qo‘shma, birikma va semantik usul bilan yuzaga kelishi dalillar bilan ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek tilining sholichilikka oid leksik birliklari derevatsiyasi tahlil qilinib, ushbu soha birliklari, asosan, affiksatsiya va kompozisiya, nisbatan kamroq o‘rinlarda sof semantik hamda semantik-sintaktik usullarda yasalishi, shuningdek, yasalish qoliplari va vositalari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tili sholichilik leksikasining tadqiqi jarayonida olingan nazariy natija va ilmiy xulosalar asosida: 
dissertatsiyaning ilmiy natijalari va xulosalaridan, xususan, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan va yozuvchilar asarlarida qo‘llanilgan sholichilikka oid leksik birliklar,  jumladan, milliy taomlardan biri bo‘lgan palov konsepti bilan bog‘liq lingvokulturologik xususiyatlar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan FA-F-1-005 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalroq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 28-maydagi №301/1 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot loyihasining mazmuni yangi nazariy va amaliy materiallar bilan boyitilgan hamda sholi va palov konsepti bilan bog‘liq lingvokulturologik xususiyatlar, xususan, turkiy tillar, jumladan, qoraqalpoq tili va qoraqalpoq adabiyotining yuksalish darajasini aniqlashda taom konseptini badiiy jihatdan tahlil qilish samaradorligi oshgan;
tadqiqotning ilmiy natijalari va xulosalaridan, jumladan, dissertatsiya ishidagi metelka – ro‘vak, vimetivanie – ro‘vaklash, kushheniya – to‘plash, endoderma – eng ichki qobiq, perisikl – havo o‘tkazish, transpiratsiya – suyuqlikni chiqarish, koleoptil – birinchi barg, shils – barg qalpoqchasi, sozrevanie – pishish, kojura – sholi qobig‘i singari sholichilik leksik birliklarning o‘zbekcha variantlarini qo‘llash borasidagi, shuningdek, o‘zlashma leksik birliklarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ma’no o‘zgarishi mumkinligi, sholichilik leksik birliklarini milliylashtirish borasidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli Sholichilik ilmiy tadqiqot institutida 2018-2020 yillarda bajarilgan KX-AKX-2018-46 raqamli “An’anaviy va noan’anaviy (biokimyoviy markerlaga asoslangan) seleksiya uslublari asosida noqulay iqlim sharoitlariga chidamli, yuqori hosil beradigan sholining yangi tizma va navlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga qarashli Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 21-maydagi №01/02-05-283-son ma’lumotnomasi). Natijada sholichilikka oid leksik birliklar imlosining bir xilligini ta’minlashga, loyihadagi o‘zlashma leksik birliklarning milliylashtirilishiga erishilgan;
o‘zbek tilida sholichilikka oid tushunchalarning lisoniy ifodasi bo‘lgan leksik  birliklarning ifodalanishida o‘zlashmalarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ma’no o‘zgarishi yuz berishi kabi xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog‘liq ilmiy natijalaridan, xulosalaridan va sholi etishtirishda ishlatiladigan fosfor, azot, gerbisid, ammoniy sulfat, kaliy, chirigan go‘ng, ko‘kat o‘g‘it, maydalangan sholi poxol kabi ma’danli; mikroo‘g‘itlardan molibden, marganes, mis, rux, kobalt kabi o‘g‘it nomlaridan Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022–2023-yillarda bajarilgan AL-442105872 raqamli “Kimyo atamalarining izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi №912-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot materiallari sholichilikka oid leksik  birliklar imlosining bir xilligini ta’minlashga, qolaversa, sholichilik leksik birliklarini milliylashtirish–o‘zlashma leksik birliklarning o‘zbekcha variantlarini qo‘llash samaradorligiga xizmat qilgan;
sholichilikka oid leksik birliklarining agrar soha til tizimidagi o‘rni, ahamiyati, xususan, milliy tildagi leksik birliklarni rivojlantirishda boshqa tillardan kirib kelgan ayrim leksik birliklarning o‘zbek tilidagi muqobillaridan foydalanishga doir tahlil va xulosalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2025-yil 10-mart kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm!” dasturidagi “Tilimizni o‘rganamiz” nomli eshittirishning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-martdagi №212-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda sohaviy leksikada, xususan, sholichilik leksikasiga oid leksik birliklarda ham tilimizning milliy-madaniy til boyligi aks etishini atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish