Raximov Jaxongir Xatamovichning                                                     
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hiqildoq raki bilan og‘rigan bemorlarda tashxislash va ovoz funksiyasining reabilitatsiyasini optimallashtirish. 14.00.04 – Otorinolaringologiya   14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  № B2024.3.PhD/Tib4847
Ilmiy rahbarlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ulmasov Firdavs Gayratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Mamedov Umid Sunnatovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Panaxian Vafa Mustafaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
  II. Tadqiqotning maqsadi: hiqildoq raki kasalligiga chalingan bemorlarda ovoz funksiyasini yaxshilash uchun diagnostika va reabilitatsiya choralarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
   hiqildoq raki bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik amaliyotidan oldin nafas olish funksiyasi va ovozning akustik ko‘rsatkichlarini stroboskopik tekshiruv natijalarining taxlili asosida saratonning III-IV bosqichda nafas olish tizimining disfunksiyasi 74,28% hollarda kuzatilishi, ovoz disfunksiyasi esa 100% hollarda kuzatilishi (II darajali disfoniya bemorlarning 20% da III darajali disfoniya bemorlarning 80% da) aniqlangan;
ilk bor, hiqildoq raki kasalligiga chalingan bemorlarda nafas olish va ovqat hazm qilish yo‘llarini samarali tarzda ajratib, bir vaqtning o‘zida aspiratsion sindromning oldini oladigan xamda fonatsiya uchun havoning erkin o‘tishini ta’minlaydi "biologik klapan" vazifasini bajaruvchi traxeya-halqum shunti modifikatsiyasi orkali jarroxlik usuli takomilashtirilgan;
   hiqildoq raki kasalligiga chalingan bemorlarda jarroxlik amalieti jaraenida halqum-qizilo‘ngach anastomozini shakllantirish an’anaviy laringoektomiya texnikasiga qaraganda tovush hosil bo‘lishi uchun qulay anatomik va fiziologik sharoitni yaratishi va  shakllanayotgan ovozning spektral va chastotaviy xususiyatlarining yaxshilanishi bilan takomillashtirilgan jarroxlik usuli samaradorligi isbotlangan;
  jarroxlik amaliyotidan keyin tashqi nafas funksiyasining obektiv ko‘rsatkichlari va bemorning o‘z ahvolini subektiv baholashini yaxlit hisobga olishga asoslangan fonatsion nafas olishni shakllantirishga karatilgan reabilitatsion nafas mashqlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish bo‘yicha 2025-yil 10-iyundagi 19-sonli xulosasiga muvofiq: 
birinchi ilmiy yangilik: hiqildoq raki bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik amaliyotidan oldin nafas olish funksiyasi va ovozning akustik ko‘rsatkichlarini stroboskopik tekshiruv natijalarining taxlili asosida saratonning III-IV bosqichda nafas olish tizimining disfunksiyasi 74,28% hollarda kuzatilishi, ovoz disfunksiyasi esa 100% hollarda kuzatilishi (II darajali disfoniya bemorlarning 20% da III darajali disfoniya bemorlarning 80% da) aniqlangan; ilmiy ahamiyati: kasallikning III-IV bosqichlarida ovoz funksiyasi buzilishlari to‘liq xarakterga ega ekanligi aniqlangan (100%). Bunda og‘ir darajadagi disfoniya shakllari (III daraja - 80%) o‘rta darajadagi shakllardan (II daraja - 20%) ustunlik qilishi kuzatilgan. Ushbu holat stroboskopiya va akustik tahlil natijalari bilan ob’ektiv tarzda tasdiqlangan. ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (2025 yil 12 maydagi 38-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (2025 yil 22 iyuldagi 45-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi; ijtimoiy samaradorligi: laringektomiya qilingan bemorlarda ularning ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab ovoz funksiyasini tiklash, ularning reabilitatsiya vaqtini qisqartiradi va hayot sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: O‘tkazilgan chora-tadbirlar maxsus gimnastikasiz ushbu kontingentda maksimal darajaga etishi mumkin bo‘lgan antibakterial terapiya va asoratlarni intensiv davolash xarajatlarini minimallashtirish imkonini berdi. Erta dekanulyatsiya va tashqi nafas olish funksiyasini barqarorlashtirish hisobiga bir holatni davolashning umumiy qiymatini pasaytirish, ob’ektiv akustik va stroboskopik ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanib, bir bemor uchun xarajatlarni 800000 ming so‘mga qisqartirishga olib keladi. XulosaHiqildoq saratonining keng tarqalgan bosqichlariga (III-IV bosqich) chalingan bemorlarda davolanish boshlanishidan oldin ovoz funksiyasining to‘liq etishmovchiligi (100%) kuzatilgan bo‘lib, bunda disfoniyaning og‘ir darajasi ustunlik qilgan (80% hollarda) va tashqi nafas olishning yuqori darajada buzilishi (74,28%) aniqlangan. Bu holat ikkala funksiyani bir vaqtning o‘zida tiklashga qaratilgan reabilitatsiyaga nisbatan kompleks yondashuvni zarur qiladi.     
 ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, hiqildoq raki kasalligiga chalingan bemorlarda nafas olish va ovqat hazm qilish yo‘llarini samarali tarzda ajratib, bir vaqtning o‘zida aspiratsion sindromning oldini oladigan xamda fonatsiya uchun havoning erkin o‘tishini ta’minlaydi "biologik klapan" vazifasini bajaruvchi traxeya-halqum shunti modifikatsiyasi orkali jarroxlik usuli takomilashtirilgan; ilmiy ahamiyati: Jarrohlik usulining yangi modifikatsiyasi - takomillashtirilgan traxeofaringeal shuntlash ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Uning asosiy farqi "biologik klapan" vazifasini bajaradigan tuzilmani yaratishdan iborat. Ushbu innovatsion echim birinchi marta nafas olish va ovqat hazm qilish yo‘llarini ishonchli ravishda ajratishga erishish imkonini berdi. Bu esa aspiratsion sindrom rivojlanishi xavfini bartaraf etgan holda, samarali fonatsiya uchun havoning erkin o‘tishini ta’minlaydi. ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (2025 yil 12 maydagi 38-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (2025 yil 22 iyuldagi 45-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi; ijtimoiy samaradorligi: bu usul operatsiyadan keyingi yaraning yuqumli va yallig‘lanish asoratlari chastotasini kamaytiradi va laringektomiyadan keyin bemorlarda faringeal va servikal qizilo‘ngach anastomozining o‘tkazuvchanligini tiklash samaradorligini oshiradi; iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi mustaqil, qimmatbaho sarf materiallarini talab qilmaydigan ovoz tiklash usulini ishlab chiqishdan iborat. Operatsiyadan keyingi birinchi yilda bir bemor uchun jami iqtisodiy samara ovoz protezlarini xarid qilishdan voz kechish va aspiratsion asoratlarning oldini olish hisobiga 4 500 000 ming so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish va nutq moslashuvini tezlashtirish onkologik statsionar faoliyatini takomillashtirish hamda yotoq aylanishini 12-15 %ga oshirish imkonini beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan usul hiqildoq saratoni bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilishni qimmatbaho va yuqori texnologiyali (protezlarga doimiy mablag‘ sarflashni talab etadigan) toifadan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan va iqtisodiy jihatdan samarali toifaga o‘tkazadi. Bu usul sog‘liqni saqlash byudjetiga minimal yuk yuklagan holda bemorlarning yuqori hayot sifatini ta’minlash imkonini beradi.
 uchinchi ilmiy yangilik: hiqildoq raki kasalligiga chalingan bemorlarda jarroxlik amalieti jaraenida halqum-qizilo‘ngach anastomozini shakllantirish an’anaviy laringoektomiya texnikasiga qaraganda tovush hosil bo‘lishi uchun qulay anatomik va fiziologik sharoitni yaratishi va  shakllanayotgan ovozning spektral va chastotaviy xususiyatlarining yaxshilanishi bilan takomillashtirilgan jarroxlik usuli samaradorligi isbotlangan; ilmiy ahamiyati: Halqum-qizilo‘ngach segmentining anatomik tuzilmalarini maqsadli o‘zgartirish orqali hosil qilinayotgan ovoz sifatini boshqarish imkoniyati tasdiqlandi. Anastomozni shakllantirish usuli bilan ovozning spektral tozaligi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik aniqlandi. Bu esa jarrohlik amaliyotini rejalashtirish bosqichidayoq reabilitatsiya natijalarini bashorat qilish imkonini beradi. ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (2025 yil 12 maydagi 38-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (2025 yil 22 iyuldagi 45-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi; ijtimoiy samaradorligi: bemorning o‘rinbosar ovoz sifatidan qoniqishi verbal muloqotga bo‘lgan ehtiyoj darajasiga bog‘liq bo‘lib, soxta ovozni shakllantirish usuliga bog‘liq emas; iqtisodiy samaradorligi: halqum-qizilo‘ngach anastomozini shakllantirishning takomillashtirilgan usulining iqtisodiy ahamiyati uzoq muddatli fonopedik yordamga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish va reabilitatsiya texnik vositalarini (elektr hiqildoq) sotib olish xarajatlarini bartaraf etishdan iboratdir. Tovush hosil qilishning anatomik sharoitlarini optimallashtirilishi operatsiyadan keyingi stenozlar xavfini 24,5 foizga pasaytiradi, bu esa takroriy jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni oldini oladi va natijada umumiy xarajatlarning qisqarishini ta’minlaydi. Xulosa. Ovozning akustik parametrlarini yaxshilash nutq tushunarliligini oshiradi, bu esa mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning mehnat faoliyatiga yanada muvaffaqiyatli qayta integratsiyasiga yordam beradi. Bu ijtimoiy fondlarga tushadigan iqtisodiy yukni kamaytiradi va malakali kadrlarning iqtisodiyotga qaytishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jarroxlik amaliyotidan keyin tashqi nafas funksiyasining obektiv ko‘rsatkichlari va bemorning o‘z ahvolini subektiv baholashini yaxlit hisobga olishga asoslangan fonatsion nafas olishni shakllantirishga karatilgan reabilitatsion nafas mashqlari takomillashtirilgan va ilmiy jihatdan asoslab berilgan;  ilmiy ahamiyati: Barqaror shunt osti bosimini yaratishda nafas olish mushaklarini maqsadli mashq qildirishning patogenetik roli isbotlangan. Ovozning chastota-spektral xususiyatlarini yaxshilashning asosiy omili nafas olish siklini halqum-qizilo‘ngach segmenti tutashgan vaqt bilan muvofiqlashtirish ekanligi aniqlangan.. ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (2025 yil 12 maydagi 38-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (2025 yil 22 iyuldagi 45-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi; ijtimoiy samaradorligi: Takomillashtirilgan jarrohlik usuli va ilmiy asoslangan mashqlardan foydalanish nogironlik darajasini pasaytiradi, bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi va ularning faol mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashadi. "Biologik" ovozning yuqori sifatiga erishish bemorlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va hayot sifatidan qoniqishini oshiradi, bu esa zamonaviy onkologiyaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. iqtisodiy samaradorligi: Modda almashinuvi va to‘qima nafas olishini yaxshilovchi dori vositalarini (antigipoksantlar) qo‘llash zarurati kamayadi, chunki bemor nafas olish mushaklarini mashq qildirish orqali etishmovchilikni o‘zi bartaraf etadi. Ikkilamchi o‘pka asoratlarini (bronxit, pnevmoniya) davolashga sarflanadigan bevosita tibbiy xarajatlar kamayadi va bemorning ahvolini erta barqarorlashtirish hamda ambulator kuzatuv muddatini qisqartirish tufayli bilvosita xarajatlar (kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lovlar) ham minimallashtiradi.. 
Xulosa: protezlash bilan traxeya-qizilo‘ngach shuntlashdan keyin bemorlarda ishlab chiqilgan nafas olish mashqlari majmuasi yordamida o‘tkazilgan reabilitatsiya tadbirlari majmuasi 86,4% hollarda nutqni tiklash natijalariga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish