Xodjaeva Zilolaxon Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyada bemorlarning farmakogenetik davosini klinik-iqtisodiy samaradorligi» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3330.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bikbulatova Aygul` Axtyamovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Zakirxodjaev Rustam Asralovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan bemorlarda anti-VEGF terapiyasi qo‘llanilganda farmakogenetik yondashuv asosida davolashning klinik, bashorat qilish va farmako-genetik iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan va VEGF-A geni ekspressiya yuqori bo‘lgan bemorlarda  neovaskulyar jarayon faolligining kuchayishi, intraretinal va subretinal suyuqlik miqdorining ortishi va, natijada, shishi  kuzatilib, bu to‘r pardaning funksional va morfometrik ko‘rsatkichlarining susayishiga olib kelishi aniqlangan;
neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan C va A allellarining uchrashish chastotasi mos ravishda 1,6 va 1,7 marta yuqori, rs2010963 va rs2146323 polimorfizmlarining CG va CA genotiplarining uchrashish chastotasi esa mos ravishda 3,8 va 1,4 marta yuqori ekani aniqlangan;
VEGF-A geni polimorfizmlariga ega bo‘lmagan neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyali bemorlarda anti-VEGF terapiyasining klinik-funksional, morfofunksional va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish asosida uning yuqori samaradorligi aniqlangan;
Anti-VEGF terapiyasini farmakogenetik tahlil asosida qo‘llash neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan bemorlarda yuqori klinik va iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligi, uni personallashtirilgan oftal`mologik amaliyotga joriy etishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyada bemorlarning farmakogenetik davosini klinik-iqtisodiy samaradorligi mavjud bemorlarni tashxislash hamda davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/78-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan va VEGF-A geni ekspressiya yuqori bo‘lgan bemorlarda  neovaskulyar jarayon faolligining kuchayishi, intraretinal va subretinal suyuqlik miqdorining ortishi va, natijada, shishi  kuzatilib, bu to‘r pardaning funksional va morfometrik ko‘rsatkichlarining susayishiga olib kelishi aniqlangan Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Neovaskulyar yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasini davolashda monoklonal antitana fragmentidan (brolusizumab) foydalanish samaradorligini baholash” hamda “Molekulyar genetik jihatlarni hisobga olgan holda yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani rivojlanish xavfini tashxislash va bashorat qilish mezonlarini tahlil qilish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi, 2-son, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali (2025-yil 20-apreldagi №12/1 va 2025-yil 29-apreldagi №52-u buyruqlari) hamda Buxoro filiali (2025-yil 24-apreldagi №122 buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: davoni to‘g‘ri tanlash orqali ko‘rish funksiyasini saqlab qolish, kasallik asoratlarini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: samarasiz davo takrorlanishini kamaytirish hisobiga sarf-xarajatlarni optimallashtirish va INMB, CER, ICER ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy foydani oshirish imkonini bergan. Xulosa: farmakogenetik tahlilga asoslangan yondashuv anti-VEGF terapiyasining klinik, funksinal va iqtiodiy natijadorligini ishonchli baholash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan C va A allellarining uchrashish chastotasi mos ravishda 1,6 va 1,7 marta yuqori, rs2010963 va rs2146323 polimorfizmlarining CG va CA genotiplarining uchrashish chastotasi esa mos ravishda 3,8 va 1,4 marta yuqori ekani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Neovaskulyar yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasini davolashda monoklonal antitana fragmentidan (brolusizumab) foydalanish samaradorligini baholash” hamda “Molekulyar genetik jihatlarni hisobga olgan holda yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani rivojlanish xavfini tashxislash va bashorat qilish mezonlarini tahlil qilish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi, 2-son, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali (2025-yil 20-apreldagi №12/1 va 2025-yil 29-apreldagi №52-u buyruqlari) hamda Buxoro filiali (2025-yil 24-apreldagi №122 buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: eng yuqori javob beruvchi bemorlarni barvaqt ajratish orqali ko‘rish qobiliyatini saqlash, reabilitatsiya davomiyligini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: samarasi past bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlarda davo taktikasi optimallashtirilib, resurslar ratsional taqsimlanishi imkonini bergan. Xulosa: VEGF-A polimorfizmi aniqlanmagan n-YoMD bemorlarida anti-VEGF terapiyasi natijalari ishonchli ravishda ustun ko‘rsatkichlar bo‘lishi imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: VEGF-A geni polimorfizmlariga ega bo‘lmagan neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyali bemorlarda anti-VEGF terapiyasining klinik-funksional, morfofunksional va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish asosida uning yuqori samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Neovaskulyar yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasini davolashda monoklonal antitana fragmentidan (brolusizumab) foydalanish samaradorligini baholash” hamda “Molekulyar genetik jihatlarni hisobga olgan holda yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani rivojlanish xavfini tashxislash va bashorat qilish mezonlarini tahlil qilish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi, 2-son, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali (2025-yil 20-apreldagi №12/1 va 2025-yil 29-apreldagi №52-u buyruqlari) hamda Buxoro filiali (2025-yil 24-apreldagi №122 buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavfli shaxslarni barvaqt aniqlash orqali profilaktik nazorat va o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta diagnostika va maqsadli kuzatuv orqali kech bosqichdagi asoratlar hamda qimmat davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: VEGF-A genining rs2010963 va rs2146323 polimorfizmlari bo‘yicha CA va CG genotiplari n-YoMD xavfi bilan ishonchli bog‘liqligini imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: anti-VEGF terapiyasini farmakogenetik tahlil asosida qo‘llash neovaskulyar yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya bilan og‘rigan bemorlarda yuqori klinik va iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligi, uni personallashtirilgan oftal`mologik amaliyotga joriy etishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Neovaskulyar yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasini davolashda monoklonal antitana fragmentidan (brolusizumab) foydalanish samaradorligini baholash” hamda “Molekulyar genetik jihatlarni hisobga olgan holda yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani rivojlanish xavfini tashxislash va bashorat qilish mezonlarini tahlil qilish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi, 2-son, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali (2025-yil 20-apreldagi №12/1 va 2025-yil 29-apreldagi №52-u buyruqlari) hamda Buxoro filiali (2025-yil 24-apreldagi №122 buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: samaradorligi yuqori bo‘lgan davo strategiyasi bemorlarda ko‘rish funksiyasini uzoq muddat saqlash, ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash va hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: terapiyani maqsadli tanlash orqali davolash kursida ortiqcha xarajatlar kamayib, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (INMB, CER, ICER) yaxshilanishi imkonini bergan. Xulosa: farmakogenetik yondashuv asosidagi anti-VEGF terapiyasi n-YoMDda shaxsiylashtirilgan davolashni joriy etish uchun klinik va iqtisodiy jihatdan maqbul strategiya asoslanishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish