Muxidova Gulmira Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuterga yuqori darajada tobe bulgan bolalar va o‘smirlarning antropometrik kursatkichlarining morfofiziologik xususiyatlari”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD /Tib3111.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12. Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xamdamova Muxaye Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning antropometrik ko‘rsatkichlarining morfofiziologik xususiyatlarini o‘rganishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan bolalarda jinsiy dimorfizmni hisobga olgan holda kompyuterga tobe bo‘lmagan  bolalarga nisbatan bolalikning II–davrida 9-12 yosh o‘g‘il va qiz bolalarda, o‘smirlik davrida esa ikkala jinsda 15  yoshda jismoniy rivojlanishdan ortda qolganligi aniqlangan;
8 yoshdan 17 yoshgacha kompyuterga yuqori darajada tobe va tobe bo‘lmagan bolalarning yuqori va pastki muchalar antropometrik ko‘rsatkichlari  taxlil kilinib, kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan  bolalarda yuqori muchalar o‘rtacha uzunligi 1,2 marta va pastki muchalar esa 1,1 martaga  o‘sishdan orqada qolganligi isbotlangan;
 bolalikning II davri va o‘smirlik davridagi kompyuterga yuqori darajada tobe va tobe bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlili asosida ko‘zdagi morfofunksional o‘zgarishlar sababli kompyuterga yuqori darajada tobe qiz bolalarda ko‘rish o‘tkirligining progressiv pasayishi 12 yoshda, o‘gil bolalarda  esa 15 yoshda  kuzatilishi aniqlangan;
ilk bor bolalikning II davrida  va o‘smirlik davridagi kompyuterga yuqori darajada tobe  bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda  ko‘z namligini saqlab turuvchi ko‘z yoshi suyuqligining ishlab chiqarilish miqdorini morfometrik aniqlash usuli ( Shirmer testi) asosida quruq ko‘z sindromi kompyuterga yukori darajada tobe 11- 14 yoshdagi o‘gil bolalarda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kompyuterga yuqori darajada tobe bulgan bolalar va o‘smirlarning antropometrik ko‘rsatkichlarining morfofiziologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan bolalarda jinsiy dimorfizmni hisobga olgan holda kompyuterga tobe bo‘lmagan  bolalarga nisbatan bolalikning II –davrida 9-12 yosh o‘g‘il va qiz bolalarda, o‘smirlik davrida esa ikkala jinsda 15  yoshda jismoniy rivojlanishdan ortda qolganligi aniqlanganligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2024-yil  7 avgust 9-sonli va Buxoro viloyat Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 2024-yil 19 avgust  3278-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan va tobe bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarda tana turli qismlarining antropometrik o‘lchamlarini baholash samaradorligini oshirishga imkon bergan. Bu ko‘rsatgichlarni baholash o‘z navbatida, bolalar va o‘smirlarda yuzaga keladigan nogironliklar sonini qisqarishiga, bolalarda ruhiy va jismoniy kasalliklar rivojlanishini oldini olishga o‘z hissasini qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: kompyuterga yuqori darajada tobelik natijasida bolalar va o‘smirlardagi jismoniy rivojlanishidagi o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatlarni erta aniqlash davolash samaradorligini oshishiga va byudjet mablag‘lari xarajatlarini kamaytirishga hamda iqtisodiy tejamkorlikka erishish, 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 32000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga imkon beradi. Xulosa: Tibbiy amaliyotda kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan bolalarda jinsiy dimorfizmni hisobga olgan holda kompyuterga tobe bo‘lmagan  bolalarga nisbatan jismoniy rivojlanishdan ortda qolganligi aniklandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 8 yoshdan 17 yoshgacha kompyuterga yuqori darajada tobe va tobe bo‘lmagan bolalarning yuqori va pastki muchalar antropometrik ko‘rsatkichlari  taxlil kilinib, kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan  bolalarda yuqori muchalar o‘rtacha uzunligi 1,2 marta va pastki muchalar esa 1,1 martaga  o‘sishdan orqada qolganligi isbotlanganligi  Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2024-yil  7 avgust 9-sonli va Buxoro viloyat Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 2024-yil 19 avgust  3278-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 8 yoshdan 17 yoshgacha kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalarda yuqori muchalar va pastki muchalarning o‘rtacha uzunligi kompyuterga tobe bo‘lmagan o‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan o‘sishdan orqada qolganligi uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga va samarali davolash tizimini shakllantirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: antropometrik ko‘rsatgichlarni erta baholashning aniqligi dispanser byudjet xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Asoratlarni erta oldini olish va to‘g‘ri olib borilgan taktika xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 32000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: 8 yoshdan 17 yoshgacha kompyuterga yuqori darajada tobe bolalarning yuqori va pastki muchalar antropometrik ko‘rsatkichlari tobe bo‘lmagan bolalardan orqada qolganligi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalikning II davri va o‘smirlik davridagi kompyuterga yuqori darajada tobe va tobe bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlili asosida ko‘zdagi morfofunksional o‘zgarishlar sababli kompyuterga yuqori darajada tobe qiz bolalarda ko‘rish o‘tkirligining progressiv pasayishi 12 yoshda, o‘gil bolalarda  esa 15 yoshda  kuzatilishi aniqlanganligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2024-yil  7 avgust 9-sonli va Buxoro viloyat Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 2024-yil 19 avgust  3278-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 8 yoshdan 17 yoshgacha kompyuterga yuqori darajada tobe bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ko‘rish o‘tkirligini aniqlash bolalarda kasallikni erta tashxislash imkoni yaratildi, aniqlangan o‘zgarishlar klinik amaliyotda prognoz berishni engillashtirdi hamda shifokorlar uchun bemorlarni nazorat qilish algoritmlarini takomillashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu  taxlil natijalarida to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali asoratlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar kamaydi. kompyuterga yuqori darajada tobe bolalar va o‘smirlarning ko‘z ko‘rish o‘tkirligining pasayishini vaqtida aniqlab, kelajakda pediatr va oftal`molog shifokorlarning ularga individual yondashishi hamda maktab davridan boshlab alohida e’tibor qaratishga yo‘naltirilganligi orqali 1 nafar bemor uchun umumiy narx 32000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga imkon beradi. Xulosa: bolalikning II davri va o‘smirlik davridagi kompyuterga yuqori darajada tobe bolalar va o‘smirlarning ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichlari qiz bolalarda ko‘rish o‘tkirligining progressiv pasayishi 12 yoshda, o‘gil bolalarda  esa 15 yoshda  kuzatilganligi aniklandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalikning II davrida  va o‘smirlik davridagi kompyuterga yuqori darajada tobe  bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda  ko‘z namligini saqlab turuvchi ko‘z yoshi suyuqligining ishlab chiqarilish miqdorini morfometrik aniqlash usuli ( Shirmer testi) asosida quruq ko‘z sindromi kompyuterga yuqori darajada tobe 11- 14 yoshdagi o‘gil bolalarda aniqlanganligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2024-yil  7 avgust 9-sonli va Buxoro viloyat Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 2024-yil 19 avgust  3278-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: kompyuterdan haddan tashqari ko‘p foydalanish oqibatida  ko‘zda yuzaga keladigan qurish sindromini oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompyuterga yuqori darajada tobe bolalar va o‘smirlarning shifokorlar amaliyotida ushbu bolalar va o‘smirlarda kelib chiqadigan ko‘z kasalliklarni erta aniqlash va tashxislash hamda individual salomatlikning tarkibiy qismi sifatida tavsiflash yondashuvi amalga oshirilgani orqali 1 nafar bemor uchun umumiy narx 32000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga imkon beradi. Xulosa: olib borilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda kompyuterga haddan tashqari tobe bolalar va o‘smirlarda yuzaga kelgan quruq ko‘z sindromini erta bosqichda aniqlash, ushbu xastalikka xos bo‘lgan asoratlarning oldini olish hamda kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligining oshishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish