Zaripova Saragul Orifjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir respirator virusli infeksiyalar orasida TORCH-infeksiyasining klinik-diagnostik xususiyatlari” 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5147.
Ilmiy rahbar: Mirzoeva Mehriniso Rizoevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xikmatullaeva Aziza Saydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir respirator virusli infeksiyalar orasida TORSN-infeksiyasining klinik-diagnostik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomog‘i va burnidan olingan surtmada asosan respirator-sinsitial virus-infeksiyasi, paragripp va adenovirusli infeksiya, 1-3 yoshdagi bolalarda esa, paragripp, adenovirusli infeksiya, gripp, rinovirus, COVID-19 infeksiyasi ustunlik qilishi aniqlangan;
ilk marotaba 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda O‘RVIni TORCH-infeksiyasi bilan birga kechish ehtimolini yuqori bo‘lishi, ushbu yoshdagilarda immunitetning etarli shakllanmaganligi hamda infeksiyalarga ko‘proq moyilligi bilan bog‘liqligi asoslangan;
1–3 yoshli bolalarda immun tizimning etarlicha shakllanmaganligi natijasida respirator infeksiyalar sitomegalovirus va gerpes viruslari bilan birga uchrashi, 15–18 yoshli o‘smirlarda esa gormonal o‘zgarishlar, immunologik reaktivlikning qayta shakllanishi hamda infeksiya manbalari bilan kontaktning ortishi natijasida TORCH-infeksiyalar (sitomegalovirus va toksoplazmoz) uchrash chastotasining keskin oshishi aniqlangan;
O‘RVIga TORCH-infeksiyasining qo‘shilishi 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sitokinlar disbalansi va yallig‘lanish reaksiyalarining faollashishi fonida neytrofillar ulushining ortishi va limfotsitlar nisbatan kamayishi orqali neytrofil-limfotsit indeksi hamda tizimli yallig‘lanish indeksining ishonchli darajada oshishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir respirator virusli infeksiyalar va TORCH-infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda klinik-laborator o‘zgarishlarni tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomog‘i va burnidan olingan surtmada asosan respirator-sinsitial virus-infeksiyasi, paragripp va adenovirusli infeksiya, 1-3 yoshdagi bolalarda esa, paragripp, adenovirusli infeksiya, gripp, rinovirus, COVID-19 infeksiyasi ustunlik qilishi aniqlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi 2025 yil 20 avgustdagi 04/11053-sonli va Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025 yil 20 avguctdagi 04/11054 -son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: Bolalarda respirator virus infeksiyalarining etiologiyasi yoshga bog‘liq holda o‘zgaradi. 1 yoshgacha bo‘lganlarda respirator-sinsitial virus ustun bo‘lsa, 1–3 yoshda viruslar turi kengayadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda O‘RVIni TORCH-infeksiyasi bilan birga kechish ehtimolini yuqori bo‘lishi, ushbu yoshdagilarda immunitetning etarli shakllanmaganligi hamda infeksiyalarga ko‘proq moyilligi bilan bog‘liqligi asoslanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi 2025 yil 20 avgustdagi 04/11053-sonli va Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025 yil 20 avguctdagi 04/11054 -son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda O‘RVIning TORCH-infeksiyalar bilan birga kechish ehtimoli yuqori bo‘lib, bu immunitetning etarli shakllanmaganligi va infeksiyalarga moyillik bilan bog‘liqligi izohlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: 1–3 yoshli bolalarda immun tizimning etarlicha shakllanmaganligi natijasida respirator infeksiyalar sitomegalovirus va gerpes viruslari bilan birga uchrashi, 15–18 yoshli o‘smirlarda esa gormonal o‘zgarishlar, immunologik reaktivlikning qayta shakllanishi hamda infeksiya manbalari bilan kontaktning ortishi natijasida TORCH-infeksiyalar (sitomegalovirus va toksoplazmoz) uchrash chastotasining keskin oshishi aniqlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi 2025 yil 20 avgustdagi 04/11053-sonli va Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025 yil 20 avguctdagi 04/11054 -son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: 1–3 yoshdagi bolalarda respirator infeksiyalar tez-tez uchrab, ko‘pincha sitomegalovirus va gerpes bilan birga kechishi aniqlandi. 15–18 yoshdagilarda esa TORCH-infeksiyalar, ayniqsa sitomegalovirus va toksoplazmozning uchrash chastotasi keskin oshishi isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘RVIga TORCH-infeksiyasining qo‘shilishi 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sitokinlar disbalansi va yallig‘lanish reaksiyalarining faollashishi fonida neytrofillar ulushining ortishi va limfotsitlar nisbatan kamayishi orqali neytrofil-limfotsit indeksi hamda tizimli yallig‘lanish indeksining ishonchli darajada oshishiga olib kelishi isbotlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi 2025 yil 20 avgustdagi 04/11053-sonli va Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025 yil 20 avguctdagi 04/11054 -son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: bolalarda O‘RVIga TORCH-infeksiyasi qo‘shilish ehtimolini erta bashoratlash va tashxislashda bir bemor yoshi, klinik va gematologik ko‘rsatkichlar va xavf omillarini (hamrox kasalliklar, hayot anamnezidagi ma’lumotlar, intoksikatsiya indeksi qiymatlari) hisobga olish zarurligi bilan izohlangan.