Rasulova Xamida Aybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shalot piyozi (Allium ascalonicum L.) nav namunaiarini tanlash va etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.06 – sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1473
Ilmiy rahbar: Akramov Umidilla Ikramdjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvositovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Salomov Bahodir Salomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartishkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitiga shalot piyozi nav namunalarini morfobiologik xususiyatlarini o‘rganish hamda etishtirishning ayrim elementlaridan maqbul ekish muddati va sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitiga 10 ta shalot piyozining nav namunalari introduksiya qilinib, yirik boshpiyozli (288,3-279,7 g) va 19,2-16,3 % yuqori hosilli “Uralskiy fioletoviy”, “Zvezdochka” va “Krepish” navlari ajratilgan;
Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida shalot piyozining “Sprint” va “Sibirskiy yantar” navlarida barrapiyoz hosildorligi 67,3-27,6 % yuqori bo‘lishi hamda uyada ko‘p sonli piyozchalar (9-8 dona) shakillanish qobiliyati aniqlangan;
shalot piyozini hosildorligiga ekish muddatining ta’siri bo‘yicha fevral oyining birinchi o‘n kunligi (hosildorlik 48,9 t/ga) maqbul muddat ekanligi aniqlangan;
shalot piyozi ko‘chatlarini eng maqbul ekish sxemalari boshpiyoz etishtirishda – uch qatorli lentasimon usulida o‘simliklar oralig‘i 10 sm (hosildorlik 105,0 t/ga), barra piyozchalar etishtirishda esa – to‘rt qatorli lentasimon usulida, o‘simliklar oralig‘i 5 sm (hosildorlik 82,5 t/ga) bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida shalot piyozining biologiyasi va etishtirish agrotexnikasini ayrim elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
“Shalot piyozi (Allium ascalonicum L.) nav namunalarini tanlash va etishtirish texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-394-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma sabzavot etishtiruvchi dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Andijon viloyati sharoitida shalot piyozi (Allium ascalonicum L.) nav namunalarini tanlash, maqbul ekish muddatlari va sxemalari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya Jalaquduq tumanidagi “Odiljonxoji” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, “Eldorbek Mexrimox” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-394-son ma’lumotnomasi). Natijada, shalot piyozi nav namunalarini etishtirish orqali gektaridan 30,5-128,4 mln so‘m daromad olishga erishilgan.
Shalot piyozi (Allium ascalonicum L.) nav namunalarini tanlash, maqbul ekish muddatlari va sxemalari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Gulsanam Ulug‘bek saodati” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar maydonida, Izboskan tumanidagi “Abduqodirjon asil merosi” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar, “Mehnatobod qut baraka” fermer xo‘jaligiining 3,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-394-son ma’lumotnomasi). Natijada, shalot piyozi nav namunalarini etishtirish orqali gektaridan 47,4-162,8 mln so‘m daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish