Djuraev Akbar Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2 .PhD/Ped227.
Ilmiy rahbar: Ismadiyarov Yashin Utkurovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh ilmiy metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini andragogik yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
andragogik ta’limning tayanch tushunchasi sifatida malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirish mazmuni akmeologik motivatsiyani tarkib toptirish va akmeologik muhitning yaxlitlik, integrallik, o‘z-o‘zini rivojlantirish tamoyillarini edukologik integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy malakasini rivojlantirish ijtimoiy-psixologik (liderlik, kommunikabellik) va intellektual (ijtimoiy, verbal, noverbal intellekt) xususiyatlari andragogik yondashuvning vitagen ta’limga qo‘yiladigan talablar bilan interaksiyasini jadallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning tizimli-funksional modeli «Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari»ni innovatsion faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va intensiv qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirish yo‘nalishlarining (o‘quv, ilmiy-innovatsion, ustoz-shogird) ustuvor jihatlari «Ekspert-omil» matrisasi asosida ishlab chiqilgan mualliflik ishlanmasining empirik darajasi va validligini isbotlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«kasbiy malaka» tushunchasining mazmuni hamda uni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslariga doir takliflardan «Ta’lim sifati menejmenti», «Ta’lim tizimi menejmenti» qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari mazmuni va metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-522-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning malaka talablari belgilanib, o‘quv dasturlari mazmuni boyitilgan;
malaka oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy malakasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik va intellektual xususiyatlari va modelini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflardan «Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari mazmuni, sifati va tinglovchilarning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-522-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishda ko‘chma mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish imkonini bergan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlanganligini «Ekspert-omil» matrisasi asosida baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar asosida YoA1‑20 raqamli «Ta’limda innovatsion menejmentni ng ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish» mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari uchun “Ta’limda innovatsion menejment” modulining o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-522-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning innovatsion yo‘nalishlarini malaka oshirish jarayoniga tatbiq etish samararadorligini oshirishga erishilgan.