Musurmonqulov Adham Abdurashid o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar o‘quv lug‘atini tuzishning lingvistik asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil5997
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshmuminov Asqar Allamuradovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoliyorov O‘ral Menglievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi uyadosh so‘zlarning semantik xususiyati va uni leksikografik talqin qilish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligi doirasida uyadoshlik hodisasi mustaqil tizim sifatida leksik-semantik munosabatlar tarkibida paradigma ko‘rinishida o‘rganilib, ideografiya, sinonimiya, meronimiya kabi ma’noviy munosabatdosh birliklar bilan qiyosiy tahlil asosida tashkil topish mexanizmi, ierarxik tuzilish darajasi va mazmuniy chegaralanish omillariga ko‘ra farqlovchi hamda mavzuviy birlashtirish tamoyili, semantik uyg‘unlik va paradigmatik bog‘liqlikka ko‘ra o‘xshash jihatlari ochib berilgan;
uyadosh birliklar qatʼiy ierarxiyaga ega emasligi, balki mavzuviy va semantik bog‘liqlik asosida turlicha guruhlanishi aniqlanib, bu xususiyat ularni boshqa ma’no munosabat turlaridan farqlovchi yangi nazariy mezon sifatida asoslandi;
lug‘atchilik an’analarida uyadoshlik hodisasi tezaurus, ideografik leksika, tematik guruh, mazmuniy maydon tushunchalari bilan umumlashtirib berilgan bo‘lsa, birinchi marta bu shakllar uyadoshlikning to‘liq mazmunini ifodalay olmasligi ilmiy asoslandi hamda yangi nashrlarda aynan “uyadoshlik” tushunchasi mustaqil izoh sifatida berilishi zarurligi dalillandi;
uyadoshlik hodisasi asosida modellashtirilgan o‘quv lug‘at konsepsiyasining lingvodidaktik lug‘atchilik paradigmasida yangi tipologik yo‘nalish sifatida qaralishi va zamonaviy ta’limiy lug‘atlar tizimini boyituvchi konseptual-uslubiy asos ekani ilmiy-nazariy jihatdan dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar o‘quv lug‘atini tuzishning lingvistik asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligi doirasida uyadoshlik hodisasi mustaqil tizim sifatida leksik-semantik munosabatlar tarkibida paradigma ko‘rinishida o‘rganilib, ideografiya, sinonimiya, meronimiya kabi ma’noviy munosabatdosh birliklar bilan qiyosiy tahlil asosida tashkil topish mexanizmi, ierarxik tuzilish darajasi va mazmuniy chegaralanish omillariga ko‘ra farqlovchi hamda mavzuviy birlashtirish tamoyili, semantik uyg‘unlik va paradigmatik bog‘liqlikka ko‘ra o‘xshash jihatlari ochib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-fevral 04/1-593-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek tili uyadosh so‘zlarining elektron platformadagi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
uyadosh birliklar qatʼiy ierarxiyaga ega emasligi, balki mavzuviy va semantik bog‘liqlik asosida turlicha guruhlanishi aniqlanib, bu xususiyat ularni boshqa ma’no munosabat turlaridan farqlovchi yangi nazariy mezon sifatida asoslanganligi haqidagi xulosalaridan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-fevral 04/1-594-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida eʼtibordan chetda qolib ketgan uyadoshlik hodisasining elektron platformadagi miqdoriy jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
lug‘atchilik an’analarida uyadoshlik hodisasi tezaurus, ideografik leksika, tematik guruh, mazmuniy maydon tushunchalari bilan umumlashtirib berilgan bo‘lsa, birinchi marta bu shakllar uyadoshlikning to‘liq mazmunini ifodalay olmasligi ilmiy asoslandi hamda yangi nashrlarda aynan “uyadoshlik” tushunchasi mustaqil izoh sifatida berilishi zarurligi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 10-mart 01/901-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida uyadosh birliklarning elektron platformadagi o‘quv lug‘atini nazariy jihatdan shakllantirishga ijobiy samara bergan.