Ochilboeva Iroda Alisher qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odob-axloqqa doir leksemalarning kognitiv va lingvokulturologik tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3546
Ilmiy rahbar: Oblokulova Mastura Mizrobovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Jalgasov Nurjan Maratovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarda mavjud odob-axloq leksemalarining lingvokulturologik va kognitiv elementlarini o‘rganish hamda sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odob-axloqqa oid mehmondo‘stlik, hurmat, hayo va insof kabi leksik birliklarning milliy stereotiplar va turmush tarzi bilan bog‘liq kognitiv kategorial xususiyatlari, ularning badiiy matnda faollashuvini ta’minlovchi lingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida shakllanishi leksik, frazeologik birliklar va kontekstlar misolida asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida odob-axloq mavzusiga oid odob, hurmat, axloq va insof kabi leksemalarning lisoniy-madaniy, kognitiv mazmunining qiyosiy-chog‘ishtirma aspekti doirasida umuminsoniy madaniyatga tayangan izomorf hamda milliy urf-odatlar bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy-madaniy jihatlari aniqlangan;
tahlil qilinayotgan tillarda xushmuomalalik, mehmondo‘stlik va halollik kabi leksemalarning badiiy matnlarda voqealanishi jarayonida inson xulq-atvorini bayon etishning badiiy uslublari, leksik-stilistik vositalari, odob-axloqqa doir leksemalarning milliylik, madaniyat bilan bog‘liqligi, ularning semantik ma’nosida ingliz hamda o‘zbek xalqining dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy an’analari, milliy stereotiplari yoritilishining o‘ziga xos etnomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda inson ichki ma’naviy olami, odobi, tarbiyasi, aql-zakovat darajasining axloqiy fazilatlarini tavsiflovchi salomlashmoq, uzr so‘ramoq, rahmat aytmoq va izn so‘ramoq kabi leksik vositalarning pragmatik va lingvomadaniy mazmuni, ularning badiiy matnlarda muayyan zamon va makonga mos keluvchi nutqiy etiket va xulq-atvor modellarining qo‘llanilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida odob-axloqqa doir leksemalarning madaniy va kognitiv mazmunini qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan tahlil qilish asosida:
odob-axloqqa oid mehmondo‘stlik, hurmat, hayo va insof kabi leksik vositalarning milliy stereotiplar bilan bog‘liq kognitiv kategorial xususiyatlari, ularning matnda faollashuvini ta’minlovchi leksik-semantik omillar lingvistik va ekstralingvistik vositalar ta’sirida shakllanishini asoslab berishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasidan foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 30-iyundagi 04-04-1/3143-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida etnik an’analar doirasidagi “odob” tushunchasining leksik-semantik chegaralarini, jumladan, muloqotda ularning lingvokulturologik va kognitiv xususiyatlarni yoritishga ko‘maklashadigan til birliklarining faollashuvini ta’minlovchi omillarni aniqlash muhimligi belgilangan;
ingliz va o‘zbek tillarida odob-axloq doirasida faollashadigan odob, hurmat, axloq va insof kabi leksemalarning lisoniy-madaniy, kognitiv mazmunining qiyosiy-chog‘ishtirma aspekti, ularning umuminsoniy madaniyatga tayangan izomorf hamda o‘ziga xos milliy-madaniy jihatlari isbotlanganligi yuzasidan olingan xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-fevral kunidagi 01-07/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ilmiy qarashlar bilan boyitilgan;
tahlil qilinayotgan tillarda xushmuomalalik, mehmondo‘stlik va halollik kabi leksemalarning badiiy matnlarda voqealanishi, inson xulq-atvorini matnda bayon etishning badiiy uslublari, leksik-stilistik vositalari, odob-axloqqa doir leksemalarning milliylik, madaniyat bilan bog‘liqligi, ularning semantik ma’nosida ingliz hamda o‘zbek xalqining dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy an’analari, milliy stereotiplari yoritilishining o‘ziga xos etnomadaniy xususiyatlari ochib berilishiga oid xulosalardan SUZ-800-21GR-381 raqamli Qarshi davlat universiteti tomonidan amalga oshirilgan “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasidan foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 8-fevraldagi 04/490-son ma’lumotnomasi). Natijada, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish jarayonida aniqlangan ingliz va o‘zbek xalqiga xos odob-axloqqa oid birliklar tadqiqi asosida to‘plangan materiallar bilan lingvokulturologiya, pragmalingvistika hamda kognitiv lingvistika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda amaliy jihatdan yordam berdi;
chog‘ishtirilayotgan tillarda inson ichki ma’naviy olami, odobi, tarbiyasi, aql-zakovat darajasining axloqiy fazilatlarini tavsiflovchi salomlashmoq, uzr so‘ramoq, rahmat aytmoq va izn so‘ramoq kabi leksik vositalarning lingvokognitiv hamda lingvokulturologik mazmuni, ularning badiiy matnlarda muayyan zamon va makonga mos keluvchi xulq-atvor modellarining qo‘llanilishini dalillashga doir xulosalardan 2/24-4/7-690-sonli Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 31-yanvardagi 306/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy madaniyatga oid bilimlar, milliy mentalitetga xos tushunchalar loyiha platformasidagi modullarni mazmunan va mundarijaviy boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish