Akramova Nozima Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aorta koronar shuntlash opersiyasidan keyingi og‘riqsizlantirishni optimallashtirish”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5678.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi,  DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Gul`chexra Shaxobovna, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmonov Abdusalom Abduagzamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Shimoliy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi  aorta-koronar shuntlashdan so‘ng bemorlarda ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida chuqur parasternal blokadadan foydalanish samaradorligi va xavfsizligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kardiojarrohlik operatsiyalaridan keyingi og‘riqsizlantirish algoritmiga ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida chuqur parasternal blokadasini kiritilishi samaradorligi gemodinamika parametrlarining ko‘rsatkichlari barqarorlanishi, og‘riq darajasi vizual-analog shkalasi bo‘yicha kamayishi va iste’mol qilinadigan narkotik anal`getiklarning umumiy miqdori sezilarli pasayishi hisobiga isbotlangan; 
ultratovush ma’lumotlari bo‘yicha mahalliy anestetiklarni tarqalish darajasi bilan qiyoslanganda aorta-koronar shuntlash operatsiyasidan keyin ultratovush navigatsiyasi ostida bajarilgan chuqur parasternal blokadasidan so‘ng og‘riq sezgisini chegarasining pasayishi o‘zaro aloqasi asoslangan;
sternotomiyali kardiojarrohlik operatsiyalaridan keyingi ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida chuqur parasternal blokadasi qo‘llash natijasida o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi davomiyligini qisqarishi va mukotsiliar klirens faoliyatini yaxshilanishi isbotlangan;
chuqur va presizion parasternal blokada operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirishni qo‘llanishi samaradorligi davolash natijalarini ishonchli darajada yaxshilanishi hisobiga isbotlangan va uni reanimatsion tadbirlari kompleksida qo‘llash ko‘rsatmalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil «12» yanvar` sanasidagi № 1/51-sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
birinchi ilmiy yangilik: kardiojarrohlik operatsiyalaridan keyingi og‘riqsizlantirish algoritmiga ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida chuqur parasternal blokadasini kiritilishi samaradorligi gemodinamika parametrlarining ko‘rsatkichlari barqarorlanishi, og‘riq darajasi vizual-analog shkalasi bo‘yicha kamayishi va iste’mol qilinadigan narkotik anal`getiklarning umumiy miqdori sezilarli pasayishi hisobiga isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali  anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 8 oktyabrdagi № 1A - raqamli buyruq), hamda kattalar Milliy tibbiyot markazida kardiojarrohlik operatsiyalarida anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 14 oktyabrdagi № 01-03/88-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sternotomik kirish yordamida amalga oshirilgan kardiojarrohlik operatsiyalaridan keyingi og‘riqsizlantirishning tavsiya etilgan samarali va xavfsiz usuli, operatsiyadan keyingi erta davrda ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali tibbiy yordam sifatini ijobiy klinik natijalar bilan yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: chuqur parasternal anesteziya yordamida operatsiyadan keyingi og‘riq sindromini multimodal opioid tejovchi texnologiyasi operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish sifatini yaxshilash, narkotik analgetiklarni iste’mol qilishni kamaytirish, ekstubatsiya vaqtini qisqartirish, operatsiyadan keyingi ichak parezlari va qorin dam bo‘lishi alomatlarini kamaytirish, ichak motorikasining tiklanish vaqtini tezlashtirish va natijada yotoq kunlari sonini 1,2 martaga kamaytirish hisobiga davolash xarajatlari 28,9% ga, kamayadi (1 bemorga 3076139 so‘m). Xulosa: UT navigatsiyasi ostida parasternal blokadadan foydalangan holda opioidtejovchi og‘riqsizlantirish texnologiyasi, sternotomik kirish orqali amalga oshirilgan aorta-koronar shuntlash operatsiyasidan keyin og‘riqsizlantirishning yuqori samarali usuli bo‘lib hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ultratovush ma’lumotlari bo‘yicha mahalliy anestetiklarni tarqalish darajasi bilan qiyoslanganda aorta-koronar shuntlash operatsiyasidan keyin ultratovush navigatsiyasi ostida bajarilgan chuqur parasternal blokadasidan so‘ng og‘riq sezgisini chegarasining pasayishi o‘zaro aloqasi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali   anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 8 oktyabrdagi № 1A - raqamli buyruq), hamda kattalar Milliy tibbiyot markazida kardiojarrohlik operatsiyalarida anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 14 oktyabrdagi № 01-03/88-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan og‘riqsizlantirish usuli sternotomiya bilan kardiojarrohlik qilingan bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq sindromini davolash natijalarini narkotik analgetiklar bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirish bilan yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning sun’iy o‘pka ventilyasiyasida qolish muddatlarining davomiyligini 37%ga qisqartirish, narkotik analgetiklarning nojo‘ya ta’sirini kamaytirish (qorin dam bo‘lishining 2,1 baravarga kamayishi,  operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qayt qilishning  43,4%ga kamayishi, ichak peristaltikasi boshlanish vaqtining 45,5%ga qisqarishi) bemorlarni reanimatsiya bo‘limida davolash xarajatlarini 3 baravarga kamaytirish imkonini berdi (1 bemorda tejalgan mablag‘ 2160326,159 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: aorta-koronar shuntlash bilan  bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirishning asosiy agenti sifatida chuqur parasternal blokadadan foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlarni minimallashtiradigan xavfsiz va samarali usul bo‘lib hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: sternotomiyali kardiojarrohlik operatsiyalaridan keyingi ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida chuqur parasternal blokadasi qo‘llash natijasida o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi davomiyligini qisqarishi va mukotsiliar klirens faoliyatini yaxshilanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali   anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 8  oktyabrdagi № 1A - raqamli buyruq) hamda kattalar Milliy tibbiyot markazida kardiojarrohlik operatsiyalarida anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 14 oktyabrdagi № 01-03/88-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bronx-o‘pka tizimi tomonidan asoratlarni kamaytirish va tashqi nafas funksiyasining 47% ga erta tiklanishi bilan izohlangan, qaysiki o‘z navbatida  bemorlarning erta tiklanishiga, bemorlarning intensiv terapiya bo‘limida qolish muddatini 57,1%ga, kasalxonada bo‘lishni 24,3%ga kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik davolash natijalarining yaxshilanishi va reanimatsiya bo‘limida qolish muddatining qisqarishi hisobiga 47,5%ni tashkil etdi (muddati 4,97 ± 1,97 dan 2,13 ± 0,68 sutkagacha; 1 bemorga jami tejamkorlik 2160326,159 so‘mni tashkil etdi) va kasalxonada (12,85 ± 4,48 dan 10,33 ± 1,68 sutkagacha; 1  bemorga jami tejamkorlik 3076139 so‘m). Xulosa: taklif etilayotgan usul og‘riqsizlantirish sifatini yaxshilash, operatsiyadan keyingi yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi asoratlar chastotasini kamaytirish, klinik davolash natijalarini yaxshilash imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chuqur va presizion parasternal blokada operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirishni qo‘llanishi samaradorligi davolash natijalarini ishonchli darajada yaxshilanishi hisobiga isbotlangan va uni reanimatsion tadbirlari kompleksida qo‘llash ko‘rsatmalari takomillashtirilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali   anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 8  oktyabrdagi № 1A - raqamli buyruq)  hamda kattalar Milliy tibbiyot markazida kardiojarrohlik operatsiyalarida anesteziologiya bo‘limi amaliyotiga (2025 yil 14 oktyabr`, № 01-03/88-raqamli buyruq) joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan multimodal yondashuv sternotomiya bilan kardiokhirurgiya o‘tkazilgan bemorlarda operatsiyadan keyingi o‘g‘riq sindromini samarali boshqarish, opioid bilan bog‘liq asoratlarni (ko‘ngil aynishi, qusish, ichak parezi) deyarli yo‘q qilish, nafas olish funksiyasi va umumiy tiklanish sifatini sezilarli darajada yaxshilash orqali yuqori malakali tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: multimodal chuqur parasternal blokada yordamida opioid iste’molini keskin kamaytirish, reanimatsiya bo‘limida qolish muddatini qo‘shimcha 30-40% ga qisqartirish, kasalxonada umumiy yotish kunlarini kamaytirish va opioid-free yoki minimal opioidli davolash hisobiga davolash xarajatlarini 1 bemorga o‘rtacha 35-45%ga (taxminan 3,5-4,5 mln so‘mgacha) tejash imkonini berdi. Xulosa: ultratovush nazorati ostidagi chuqur parasternal blokadani aorta-koronar shuntlash operatsiyasidan keyingi o‘g‘riqsizlantirishning eng samarali, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali usuli bo‘lib, opioidga bog‘liqlikni minimal darajaga tushirish, asoratlar chastotasini kamaytirish va bemorlarning tez va sifatli tiklanishini ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikning kengaytirilgan joriy qilinishi: “Aorta koronar shuntlash opersiyasidan keyingi og‘riqsizlantirishni optimallashtirish” dissertatsiyasi natijalarini boshqa tibbiyot muassasalarida keng miqyosda joriy etish uchun ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 24 dekabrdagi 01-02/3120-sonli xati yuborilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish