Kutlimuratova Gulzar Atamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida to‘qay ekotizimlarining hozirgi holatini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1340.
Ilmiy rahbar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi sharoitida to‘qay ekotizimlarining hozirgi holatini (Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati misolida) ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi to‘qay ekotizimlarining iqlim o‘zgarishi va gidrologik sharoitlari ta’siri ostida to‘qay tipidagi o‘simliklari jamoasi o‘zgarishining asosiy tendensiyalari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yining o‘zgaruvchan iqlim va ekologik sharoitlarida degradatsiyaga uchragan sho‘rlangan avtomorf erlarda to‘qay ekotizimlarida asosan galofit variantlari shakllanishi isbotlangan;
to‘qay o‘simliklarining (Tamarix ramosissima, T.florida, T. elongata, T. meeri, T. laxd) o‘tuvchan ekotoniyali ekotizimlarda uzoq vaqt mavjud bo‘lishi uning floristik xilma-xilligi va tuproq sho‘rlanish jarayonining jadalligi, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liqligi aniqlangan;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida to‘qay tipidagi turli o‘simlik jamoalarini tiklash uchun tuproq sharoitining maqbul ko‘rsatkichlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi to‘qay ekotizimining hozirgi holatini ekologik baholash natijasida olingan natijalar:
to‘qay ekotizimi o‘simliklar jamoasining holati va ularning bioxilma-xilligini saqlashning ekologik monitoringini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va Atrof-muxitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2024 yil 9 sentyabr 01//18-2-2924-son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘qay oʻsimliklarning floristik xilma-xilligini kuzatish va antropogen omillar taʼsirida oʻsimliklarning oʻzgarishini bashorat qilish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston hududidagi to‘qay ekotizimlarining o‘simliklar jamoasining o‘sishi va rivojlanishiga antropogen omillarning ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga joriy etildi va qo‘llanildi (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabr 2-706-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekotizimlarining ekologik monitoringini olib borish maqsadida o‘simliklarning populyasiya xilma-xilligiga ta’sir etuvchi asosiy antropogen omillarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.