Omonova Nafisa Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati sharoitida tovuqlar ektoparazitlari va ularning bioekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1462.
Ilmiy rahbar: Bobonazarov Gappar Yadgarovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.22.01.
Rasmiy opponentlar: Saparov Qalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Adolat Usmonboevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati parrandachilik va shaxsiy xo‘jaliklardagi tovuq ektoparazitlarining zamonaviy holatini baholash, morfobiologiyk va ekologik xususiyatlarini asoslash hamda ularga qarshi istiqbolli kurash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati sharoitida ilk bor tovuqlar ektopazitlari faunasining taksonomik tarkibi tahlil qilinib 2 turkum, 4 oila va 12 tur iboratligi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati hududida 3 tur ektoparazitlar ya’ni Menopon gallinae, Dermanysus gallinae va Argas persicus tovuqlarda ektoparazit qilishi bo‘yicha dominant tur ekanligi aniqlangan;
Menopon gallinae, Dermanysus gallinae va Argas persicus turlarining morfo-biologik tavsifi ularning ekologik xususiyatlariga bog‘liqligi ochib berilgan;
Menopen gallinae, Dermanyssus gallinae, Argas persicus mazkur turlarning mDNK 16S rRNK sohasi nukleotidlar polimorfizm ko‘rsatkichlari o‘rganilib, o‘zgaruvchanlik sabablari asoslab berilgan;
Qashqadaryo viloyatida Menoponidae oilasiga mansub 1 ta tur va Menoponidae oilasiga mansub 8 tur patxo‘rlar uchrashi aniqlangan;
tovuqlarning ektoparazitlar bilan zararlanish darajasi yil fasllari bo‘yicha aniqlanib, invaziya ko‘rsatkichlarining mavsumiy o‘zgarishlari baholangan;
tovuqlar mahsuldorligiga ektoparazitlarning salbiy ta’siri kompleks baholanib, ulardagi mahsuldorlik pasayishi va iqtisodiy zarar ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sharoitida tovuqlar ektoparazitlari va ularning bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dermanissus gallinae kanalariga qarshi kurashda Ivermik-ON preparatining 1:100 eritmasi bilan ishlov berilganda va Argas persicus kanasiga qarshi kurashda “Achchiq bodom” spirtli ekstraktining 5% li eritmasi qo‘llanilganda 100 % biologik samaradorlikka erishilgan va qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Qarshi Parranda” MChJ parrandachilik xo‘jaligi hududlarida zararli kanalar tarqalishini oldini olish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 29 iyuldagi 03/23-2297-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hududda tovuqlar ektoparazit kanalariga qarshi yuqori samaradorlikga erishish imkonini bergan;
molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida, Qashqadaryo viloyati sharoitida keng tarqalgan tovuqlarda parazitlik qiluvchi dominant 3 tur ektoparazitlarni mDNK sining 16S rRNK sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan. (Biotexnologik axborotlar milliy markazining (NCBI) 2024 yil 24 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Menopen gallinae - (PQ516742), Argas persicus - (PQ520542), Dermanyssus gallinae - (PP345482) - turlarining tasdiqlovchi raqamlari olingan hamda ular xalqaro miqyosda turlarni identifikatsiyasini aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.